Tasdiqlandi



Yüklə 13,8 Mb.
səhifə172/175
tarix23.05.2023
ölçüsü13,8 Mb.
#112270
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   175
Tasdiqlandi

(A1+)
Bo’yashlar, qoplash, qirqishlar, o’qqa nisbatan simmetriya va burish simmetriyasiga doir sodda geometrik masalalarni еcha oladi;
(A2) – yassi (aylana va doira, uchburchak, trapetsiya, to’g’ri to’rtburchak va kvadrat, romb, parallelogramm, ko’pburchaklar (jumladan besh-, olti-, sakkiz va o’nburchak) geometrik figuralar haqidagi tizimga solingan ma’lumotga ega bo’lishini amaliy va o’quv masalalar еchishda namoyish qila oladi;

  • asosiy fazoviy (prizma, piramida, parallelepiped, kub, shar, konus, tsilindr) figuralarni va ularning elementlarini tasavvur qila oladi, taniy oladi va nomlay oladi hamda o’lchamlari yoki yoyilmasi berilgan asosiy fazoviy geometrik figuralarni (parallelepiped (kub), prizma, piramida, shar, konus, tsilindr) qog’oz, sim, plastilin va h.k. lar yordamida modellashtira oladi;

- tekislik va fazoda geometrik almashtirishlar (harakat, o’qqa nisbatan simmetriya, markaziy simmetriya, parallel ko’chirish, burish, gomotetiya) hossalaridan foydalanib yassi va geometrik figuralarni sharhlay oladi va figuralarni bir-biri bilan solishtira oladi;

  • tekislikda geometrik almashtirishlar, vektor va koordinatalar usullaridan, asosiy trigonometrik funktsiyalardan foydalanib, murakkab bo’lmagan geometrik masalalarni еcha oladi;

    • o’zaro teng bo’lgan uchburchaklar va to’rtburchaklarni, o’hshash ko’pburchaklarni aniqlay oladi, ularning mos

geometrik kattaliklar orasidagi munosabatlarni o’rnata oladi;

    • fazoviy figuralarni ularning tekislikdagi ko’rinishlari bilan bog’lay oladi;

  • berilgan burchak kattaligini, kesma va siniq chiziq uzo`nligini o’lchay oladi va chamalab baholay oladi; berilgan yassi figuraning yuzini va fazoviy figuraning hajmni chamalab baholay oladi;

  • perimetr, ichki va tashqi chizilgan aylana radiusi, yassi figuralarning yuzlari, sodda fazoviy figuralar sirtlarining yuzlari va hajmlarining formulalaridan foydalanib hisoblay oladi; bir nechta yassi figuralardan tuzilgan yassi figuraning yuzini topa oladi.

(A2+)

  • tekislikda geometrik almashtirishlar, vaznlar geometriyasi, vektor va koordinatalar usullaridan, asosiy trigonometrik funktsiyalardan foydalanib, murakkab

bo’lmagan geometrik masalalarni еcha oladi;

    • uchburchaklar haqidagi klassik teoremalari (CHeva, Menelay, Styuart, Eyler to’g’ri chizig’i haqida h.k.), uchburchak-aylana va to’rtburchak-aylana

konstruktsiyalari geometrik hossalarini qo’llab geometrik masalalarni еcha oladi.
(V1)

— yassi geometrik figuralar va geometrik munosabatlar haqidagi tartibga solingan ma’lumotga ega ekanligini namoyon qila oladi; tekislikda geometrik masalalarni еcha oladi;



    • fazoda analitik geometriya, aksiomatik, vektorlar va koordinatalar metodlarining mohiyatini tushuna oladi va ularni murakkab bo’lmagan geometrik masalalarni еchishda qo’llay oladi;

- fazoviy figuralar (ikki yoqli burchak, tekisliklar orasidagi burchak, uchyoqli burchaklar, ko’pyoq va uning elementlari, ko’pyoqning yoyilmasi, parallelepiped, prizma va piramida, kesik piramida, aylanish jismlari) hossalarini masalalar еchishda qo’llay oladi, prizma va piramidaning yon va to’la sirtlari, aylanish jismlari yon va to’la sirtlarining yuzlari, to’g’ri burchakli parallelepiped, prizma va piramidalarning hajmlari, tsilindr, konus va sharning hajmlari uchun formulalarni keltirib chiqara oladi.

    • o’rganilgan geometrik figuralarning hossalari va formulalar asosida murakkab bo’lmagan amaliy holatlarni tahlil qila oladi;

    • tadbiqiy masalalarni еchishda real geometrik figuralarni va geometrik kattaliklarini (zarur bo’lsa tavsiya etilgan manbaalardan, hisoblash vositalardan va tayyor kompьyuter dasturlardan foydalangan holda) hisoblay oladi va tasvirlay oladi.

(V1+)

  • tekislikda geometrik almashtirishlar, kompleks sonlar, vaznlar geometriyasi, vektor va koordinatalar usullaridan, asosiy trigonometrik funktsiyalardan foydalanib, geometrik masalalarni еcha oladi;

    • fazoviy jismlarning kombinatsiyalariga oid masalalar еcha oladi.

    • uchburchaklar haqidagi klassik teoremalari (CHeva, Menelay, Styuart, Eyler to’g’ri chizig’i haqida h.k.), uchburchak-aylana va to’rtburchak-aylana

konstruktsiyalari geometrik hossalarini qo’llab geometrik masalalarni еcha oladi.

    • murakkab bo’lmagan geometrik tengsizliklarni isbotlay oladi.


Yüklə 13,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə