1-laboratoriya mashg’uloti. Ildiz tizimi hajmini aniqlash D. A. Sabinin va I. I. Kolosov usuli bo’yicha



Yüklə 14,11 Kb.
tarix14.10.2023
ölçüsü14,11 Kb.
#127809
Ildiz tizimi hajmini aniqlash


1-LABORATORIYA MASHG’ULOTI.
Ildiz tizimi hajmini aniqlash (D.A. Sabinin va I.I. Kolosov usuli bo’yicha).
O’simlik ildizining hajmi oddiy silindr idishdan yasalgan moslama yordamida aniqlanadi. Bu moslamani hajm o’lchagich deb ataladi. O’lchagich tubandagi ko’rinishda bo’ladi. Moslama tsilindrdan iborat bo’lib uning pastki qismi ingichkalashgan bo’ladi. Ingichkalashgan qismiga rezina shlanka kiyg’izdirib ingichka uchiga esa 1ml li pipetka o’rnatiladi. Sungra tsilindr va rezina banka ustidagi pipetka gorizontal ravishda shtativga mahkamlanadi. Keyin shtativga mahkamlanadi. Keyin tsilindrning A balandlikkacha qaynatib, sovitilgan suv quyiladi.
Silidrning A balandlikkacha ko’yilgan suv, rezina uchidagi pipetka holatda bo’ladi. Avvalo rezina shlanka va pipetka orkali bo’ladigan harakati tekshirib ko’riladi, ya’ni ulardagi havo pufakchalari yuqligiga ishonch hosil qilingandagina moslama tajriba o’tkazishga tayyor deb hisoblanadi. Mabodo, u erdagi suv harakati ko’ngildagidek bo’lmasa, tsilindr, rezina shlanka va uning uchidagi pipetka qaytadan xrompik bilan yuviladi. So’ngra moslama qaynatilib, sovitilgan suv bilan yaxshilab yuviladi va qayta tekshirib ko’riladi. Shu tadbirlar o’tkazilgandan keyingina ishni boshlash mumkin.
Dars maqsadi: Talabalarda ildizni hajmini aniqlash bo’yicha tajribalarni o’tkazish olingan natijalarni tahlil etishdan iborat.
Kerakli reaktiv va asboblar: G’o’za, arpa iddizlari, hajm o’lchagich, byuretka, shisha naycha, qaynatilgan suv, xromning sulfat kislotadagi eritmasi, shtativ, filtr qog’ozi, ip, paxta, qaychi, pipitka, tiqin.
Ishning borishi. Eng avvalo silindrga suv quyib, undagi va unga ulangan pipetkadagi (naycha) suv balandligi belgilab olinadi. So’ngra ilgaridan suv yoki qum sharoitida o’stirilgan g’o’za, bug’doy, arpa o’simliklaridan olib, ularning poyasi ma’lum balandlikda kesib tashlanadi. Ildizlari esa suvda yaxshilab yuviladi va ulardagi ortiqcha suv tomchilari ehtayotkorlik bilan filtr kog’ozi yordamida so’rib olinadi.
Agar tajribaga donli o’simliklarning maysalari ishlatilsa, 5-6 tadan, g’o’za o’simtalari ishlatilsa sa 3-4 tadan o’simta ildizi olinadi. Ildizlarni tsilindrdagi suvga tushirishdan oldin, uniig shikastlanmasligi uchun ildiz bo’yniga ozgina paxta, 2 yarimtaga bo’lingan tiqinning birinchi yarmidagi teshikka qo’yiladi va ikkinchi yarmi bilan berkitiladi.Tiqindagi ildizlarning bir xil balandlikda qimirlamasdan turishligi uchun ip bilan bog’lanadi.
Shu usulda tayyorlangan ildizlar dastasi, tsilindrdagi suvga tushiriladi. Ammo, ildiz eritmalardan olinayotgan bo’lsa, undagi ortiqcha suv tomchilarini fil’tr qog’ozi bilan so’rib olishni unutmaslik kerak. Tsilindrga ildiz tushirilishi bilan, pipetkadagi (naycha.) suv V, Holatdan V2 holatga ko’tariladi. Suv balandligining o’zgarish nuktasi elgilanib olingach, ildiz tsilindrdan olinadi va undagi ortiqcha suv idarining tsilindrga oqib tushishligi uchun ma’lum vaqg uning ustida qoldiriladi ular ildizni tsilindrdan olgandan keyin, suv balandligi V1 olib TGE kelmasa byuretkadagi suvdan ozroq quyib V nuqgaga keltirib holati undan so’ng byuretka orqali pipetkadagi suv balandligi V2 Vz xolatga kelgunicha tsilindrga suv quyiladi. Pipetkadagi suvning V holatga kelishi uchun qo’yilgan suv, tsilindrga tushirilgan ildiz eradi. Shu usuldagi ish 2-3 marta takrorlanadi va olingan natijalar tubandagi jadvalga yozib olinadi. Olingan ma’lumotlar asosida xulosa qilinadi.
22 –jadval
Ildiz sistemasining hajmini aniqlash.

O’simlik turi

Aniqlash soni

Pipetka bo’yicha olingan ma’lumot, ml hisobida

Byuretkadan quyilgan suv, ml hisobida

Ildiz siste-masining hajmi, sm

В1

В2

G’o’za

1
















2
















3













Agar o’simtalar har xil tuzli eritmalarda o’stirilgan bo’lsa, bu eritmalarning o’simlik ildizi rivojlanishiga bo’lgan ta’siri haqida ham fikr yuritish mumkin.
Yüklə 14,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə