Taqdimoti mustaqillikdan keyingi davrda O'zbekistondagi etnogenezisini organilishini yangi bosqichga kotarilishi


Etnografiyaga oid muhim ma’lumotlar 1843 yilda Xiva xonligiga diplomatik missiya a’zolari bilan kelgan polkovnik G. I. Danilevskiy, F. N. Baziner asarlarida ham keltirilgan



Yüklə 22,4 Kb.
səhifə6/6
tarix27.12.2023
ölçüsü22,4 Kb.
#163554
1   2   3   4   5   6
Mustaqillikdan keyingi davrda O\'zbekistondagi etnogenezisini organilishini yangi bosqichga kotarilishi

Etnografiyaga oid muhim ma’lumotlar 1843 yilda Xiva xonligiga diplomatik missiya a’zolari bilan kelgan polkovnik G. I. Danilevskiy, F. N. Baziner asarlarida ham keltirilgan.

  • Etnografiyaga oid muhim ma’lumotlar 1843 yilda Xiva xonligiga diplomatik missiya a’zolari bilan kelgan polkovnik G. I. Danilevskiy, F. N. Baziner asarlarida ham keltirilgan.
  • O’sha davrlarda atoqli sharqshunos olim V. V. Grigor’ev Orenburgda istiqomat qilgan va u Rossiyada birinchi bo’lib Sharq xalqlari tarixi kursini o’qita boshladi. Uning 200 dan ortiq ilmiy ishlari orasida O’rta Osiyo xalqlariga, jumladan, o’zbeklarga tegishlilari ham mavjud.
  • 1851 yilda Orenburgga kelib sayohat qilgan V. V. Vel’yaminov-Zernov ham o’zbek xalqiga oid bir qancha qiziqarli tarixiy asarlar yaratgan.
  • 1858 yilda polkovnik N. P.Ignat’ev boshchiligidagi Xiva va Buxoroga yuborilgan yirik diplomatik missiya ham ancha samarali ish olib borgan.
  • Turk tillarini yaxshi bilgan mashhur vengr sharqshunos olim Arminiy Vamberi 1863 yili darvesh libosini kiyib, savdo karvoni bilan Xiva, Buxoro, Samarqand va boshqa O’rta Osiyo shaharlariga sayohat qiladi. Sayyoh olimning O’rta Osiyo haqida yozgan asarlarida mahalliy aholi, shu jumladan, o’zbek xalqi etnografiyasiga oid qiziqarli ma’lumotlar bor. U o’zbek urug’lari haqida gapirib, birinchi bo’lib «o’zbek» so’zining kelib chiqishi to’g’risida mulohaza yuritadi. A. Vamberi 32 o’zbek qabilalarining ro’yxatini beradi va ularning kiyim-kechaklari, taomlari, o’yin va musiqa asboblari, urf-odatlari va diniy marosimlari to’g’risida hikoya qiladi. Asar muallifi ayrim bo’rttirish, xatolarga yo’l qo’yganligi uchun uni sharqshunos olimlar, jumladan, V. V. Bartol’d ancha tanqid qilgan.

O’zbek etnografiyasi

  • O’zbek etnografiyasi
  • O’z ilmiy faoliyatini juda yoshligidan boshlagan va 1920 yilda tashkil etilgan O’rta Osiyo Davlat universitetiga kelib ishlagan etnograf professor N. G. Mallitskiy, mashhur olimlar M. S. Andreev, A. A. Semyonov, A. A. Dinaevlar keyingi yillarda ham ilmiy ishlarini davom ettirdilar va O’rta Osiyo xalqlari haqida ko’pgina tarixiy-etnografik asarlar yaratdilar. O’lar o’z bilimlarini xalq xizmatiga bag’ishlagan bo’lsalar-da, dastlabki yillarda ularning dunyoqarashi va metodologiyasida burjua faniga xos ba’zi xatolar ma’lum darajada saqlanib qoldi. Bu hol o’sha davrda yosh mutaxassislarni tayyorlashda o’z aksini topdi. eski olimlarning oliy o’quv yurtlarida ta’lim berishi tufayli 20-yillarda, hatto 30-yillar boshida etnografiya fanining vazifalari haqida mujmal, noaniq tushunchalar ma’lum darajada tarqalgan bo’lib, tadqiqotchilarning diqqat markazida deyarli o’tmishga oid masalalarni o’rganish turgan edi. Avvalgidek, turar joy va uy-ro’zg’or, kiyim-kechak va taomlar, oilaviy va ijtimoiy turmush diniy e’tiqodlar va etnografiyaga oid boshqa masalalarni bir-biridan ajratilgan holda o’rganish va ularni ijtimoiy turmush hamda ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan bevosita bog’liq ekanligini ko’rsatmaslik o’sha davrda paydo bo’lgan ilmiy ishlarning asosiy kamchiligidir. Ijtimoiy voqelik har bir tadqiqotchi etnograf oldiga mutlaqo yangi, rivojlanish davriga xos vazifalarni, chunonchi, har bir xalqning xo’jaligi, ijtimoiy tuzumi va madaniyatidagi xususiyatlarni o’sha davrning nuqtai nazaridan ning nuqtai nazaridan qarab o’rganish vazifasini qo’ygan edi.
  • Asrimizning dastlabki yillaridayoq fan va ma’rifat organlari Turkiston respublikasi hududida etnografiyaga oid tadqiqotlarni o’tkazishga katta e’tibor berdi. 1918 yilda ochilgan Turkiston xalq dorilfununida o’zbek etnografiyasidan maxsus kurs o’qitila boshlashi va bu kurs bo’yicha dasturning bosilib chiqishi mazkur fikrimizga dalil bo’la oladi.
  • O’rta Osiyoda 1920-1924 yillarda o’tkazilgan aholi ro’yxatining tashkilotchisi va faol qatnashchisi I. P. Magidovich diqqatga sazovor ish qildi. U o’zining aholi o’rtasida to’plagan tarixiy etnografiyaga oid ma’lumotlariga asoslanib, o’zbek xalqi qabilalarining ro’yxati hamda ularning qisqacha etnografiyaga oid tavsifini berdi. Mamlakatimiz aholisining qabilaviy tarkibini o’rganish komissiyasining a’zosi I. I. Zarubin ham o’zbek etnografiyasi haqida materiallar to’plab, ba’zi maqolalar chop etgan edi. SHu yillari ajoyib geograf va etnograf professor N. G. Mallitskiy o’zining ma’ruzalari va ilmiy geografik asarlarida o’zbeklarning urug’-aymog’i va ularning etnografiyaga oid tavsifini berdi. Butun umrini O’rta Osiyoda o’tkazgan, mahalliy tillarni to’liq egallagan va nihoyatda ko’p asarlar yaratgan iste’dodli tadqiqotchilar M. S. Andreev va A. A. Semyonovlar ham o’zbek etnografiyasini o’rganishda muhim hissa qo’shdilar. 1920 va 1921 yillarda M. S. Andreev boshchiligida shimoliy Farg’ona va Samarqand viloyatida o’tkazilgan etnografiyaga oid ilmiy safar nihoyatda boy ma’lumotlar to’plagan edi.
  • E'TIBORINGIZ UCHUN
  • TASHAKKUR

Yüklə 22,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə