Taqdimoti mustaqillikdan keyingi davrda O'zbekistondagi etnogenezisini organilishini yangi bosqichga kotarilishi



Yüklə 22,4 Kb.
səhifə4/6
tarix27.12.2023
ölçüsü22,4 Kb.
#163554
1   2   3   4   5   6
Mustaqillikdan keyingi davrda O\'zbekistondagi etnogenezisini organilishini yangi bosqichga kotarilishi

Arab istilosi davrida tarixiy asarlar va ularning mualliflari vahshiylarcha yo’q qilib tashlanganligi haqida Beruniy xabar qiladi. Arab istilosi arafasiga oid bo’lgan yodgorliklar (Tuproqqal’a, Bolalitepa, Varaxsha, Panjakent) dan topilgan boy, devorga ishlangan rasmlar, har xil haykal va o’ymakor bezaklar ajoyib san’at durdonalari bo’libgina qolmay, o’sha davrda yashagan xalqning xo’jalik faoliyati, etnik tuzilishi, moddiy va maishiy turmushi, urf-odatlarini o’rganishda muhim va birinchi darajali tarixiy etnografik manba bo’lib xizmat qiladi.

  • Arab istilosi davrida tarixiy asarlar va ularning mualliflari vahshiylarcha yo’q qilib tashlanganligi haqida Beruniy xabar qiladi. Arab istilosi arafasiga oid bo’lgan yodgorliklar (Tuproqqal’a, Bolalitepa, Varaxsha, Panjakent) dan topilgan boy, devorga ishlangan rasmlar, har xil haykal va o’ymakor bezaklar ajoyib san’at durdonalari bo’libgina qolmay, o’sha davrda yashagan xalqning xo’jalik faoliyati, etnik tuzilishi, moddiy va maishiy turmushi, urf-odatlarini o’rganishda muhim va birinchi darajali tarixiy etnografik manba bo’lib xizmat qiladi.
  • O’rta Osiyoda o’zbek xonliklari paydo bo’lganidan keyin markazlashgan rus davlati bilan ular orasida muntazam ravishda savdo va diplomatik munosabatlar o’rnatila boshlanadi. XVI asrning faqatgina ikkinchi yarmidayoq O’rta Osiyodan Rusiyaga 8 marta elchilar yuborilgan bo’lsa, XVII asrda Xiva xonligidan 12 marta, Buxorodan esa 13 marta elchilar jo’natilgan. Bunga javoban rus davlati ham o’z elchilarini o’zbek xonliklariga yuboradi va ularga diplomatik vazifalardan tashqari, mazkur o’lkalar to’g’risida har xil ma’lumotlar to’plash ham topshiriladi. Rus elchilarining to’plagan ma’lumotlari hozir ham ilmiy jihatdan o’z qimmatini yo’qotmadi.
  • O’zbek xalq etnografiyasiga oid ma’lumotlar to’plash XIX asrning birinchi yarmida N. N. Murav’ev, A. F. Negri, N. V. Xanikov G. I. Danilevskiylar olib borgan kuzatishlar O’rta Osiyo xalqlari, shu jumladan, o’zbeklarning etnografiyasini o’rganishdagi dastlabki ilmiy qadamlar bo’ldi.
  • 1819–1820 yillarda Xiva xonligiga sayohat qilgan kapitan N. N. Murav’ev o’z taassurotlarini asar tarziga keltirib katta ish qildi. N. N. Murav’ev asarining ba’zi boblarida bevosita o’zbeklarning tabiati, diniy e’tiqodlari, urf-odatlari, ma’rifati, kiyim-kechagi, uy-ro’zg’ori, urug’-aymog’i kabi etnografiyaga oid sof ma’lumotlar keltirilgan. Uning aytishicha, Buxoro tomondan kelgan o’zbeklar asosan to’rt toifadan – qiyot-qo’ng’irot, uyg’ur-ayman, qang’li-qipchoq, po’kis-mang’itdan iborat; har bitta toifa mustaqil hokim – inoqga ega, ammo ularning eng kattasi qiyot-qo’ng’irot inoqidir. Uning ko’rsatishicha, Xiva xonligidagi qabilaviy o’zbeklar ko’chmanchi bo’lgan.

Yüklə 22,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə