Taqdimoti mustaqillikdan keyingi davrda O'zbekistondagi etnogenezisini organilishini yangi bosqichga kotarilishi


O’zbek xalqi to’g’risidagi etnografiyaga oid dastlabki ma’lumotlar



Yüklə 22,4 Kb.
səhifə3/6
tarix27.12.2023
ölçüsü22,4 Kb.
#163554
1   2   3   4   5   6
Mustaqillikdan keyingi davrda O\'zbekistondagi etnogenezisini organilishini yangi bosqichga kotarilishi

O’zbek xalqi to’g’risidagi etnografiyaga oid dastlabki ma’lumotlar

  • O’zbek xalqi to’g’risidagi etnografiyaga oid dastlabki ma’lumotlar
  • Etnograf olimlar oldida turgan muhim vazifalardan biri – xalqlarning kelib chiqishini, ular haqidagi etnografiyaga oid ma’lumotlarni to’plash, yig’ish, umumlashtirish va tadqiq qilish hamda shular asosida ilmiy xulosa chiqarishdan iboratdir. Masalan, o’zbek xalqining kelib chiqishi va xalq bo’lib shakllanishi juda ham murakkab jarayonni boshidan kechirgan. Ko’p vaqtlardan beri tadqiqotchilar orasida o’zbek xalqining kelib chiqishi to’g’risida har xil, ayrim hollarda chalkash fikrlar hukm surib kelmoqda. Ko’plab tadqiqotchilar bu murakkab va chalkash masalani echib berish ustida ish olib bormoqdalar.
  • Ma’lumki, «o’zbek» etnik nomining kelib chiqishi Dashti qipchoqda tashkil topgan Oq O’rda va Shaybon ulusida, ya’ni Sirdaryo, Orol dengizi va Volga bo’ylari oralig’idagi keng hududda ko’chib yurgan, XIV asrdan boshlab o’zbeklar deb yuritilgan turk-mo’g’ul qabilalari bilan bog’liqdir.
  • Bu qabilalar XV asr davomida nihoyatda zo’r harbiy-siyosiy kuchga ega bo’lgan davlat tashkil qilib, XVI asrning boshlaridan Muhammad Shayboniyxon boshchiligida O’rta Osiyoga, shu jumladan, hozirgi O’zbekiston hududiga bostirib kiradi va o’rnasha boshlaydi.

Ayrim tadqiqotchilar o’zbek xalqining kelib chiqishi tarixini mazkur istilo davri bilan bog’lab, o’zbek xalqining shakllanishi XV-XVI asrlardan boshlanadi, degan mutlaqo noto’g’ri fikr yuritib kelgan edilar. Yirik olimlar, chunonchi, S. P. Tolstov, A. YU. YAkubovskiy, YA. G’. G’ulomov, A. Asqarov, B. Ahmedov, I. Jabborov va boshqalar o’zbek xalqining boshlang’ich yadrosi O’rta Osiyoda quldorlik davrida yashagan qadimgi so’g’diylar, xorazmiylar, sak qabilalari va urug’-aymoqchilikni unutgan, keyinroq ko’chmanchilikdan o’troq dehqonchilikka o’tib sart nomini olgan, turkiy tilda so’zlashuvchi chigil, qorluq, yag’mo, tuxsi, arg’u kabi qavmlardan iborat ekanligini, o’zbek elatining shakllanishi asosan XI-XII asrlarda tugaganligini va XVI asr boshlarida paydo bo’lgan ko’chmanchi Shayboniy o’zbeklarning o’zbek xalqining qadimgi yadrosiga aralashib ketib, unga faqat o’z nominigina berganligini asosli dalillar bilan isbotlab berganlar.

  • Ayrim tadqiqotchilar o’zbek xalqining kelib chiqishi tarixini mazkur istilo davri bilan bog’lab, o’zbek xalqining shakllanishi XV-XVI asrlardan boshlanadi, degan mutlaqo noto’g’ri fikr yuritib kelgan edilar. Yirik olimlar, chunonchi, S. P. Tolstov, A. YU. YAkubovskiy, YA. G’. G’ulomov, A. Asqarov, B. Ahmedov, I. Jabborov va boshqalar o’zbek xalqining boshlang’ich yadrosi O’rta Osiyoda quldorlik davrida yashagan qadimgi so’g’diylar, xorazmiylar, sak qabilalari va urug’-aymoqchilikni unutgan, keyinroq ko’chmanchilikdan o’troq dehqonchilikka o’tib sart nomini olgan, turkiy tilda so’zlashuvchi chigil, qorluq, yag’mo, tuxsi, arg’u kabi qavmlardan iborat ekanligini, o’zbek elatining shakllanishi asosan XI-XII asrlarda tugaganligini va XVI asr boshlarida paydo bo’lgan ko’chmanchi Shayboniy o’zbeklarning o’zbek xalqining qadimgi yadrosiga aralashib ketib, unga faqat o’z nominigina berganligini asosli dalillar bilan isbotlab berganlar.
  • Keyinchalik keng miqyosda o’tkazilgan arxeologiyaga oid va antropologiyaga oid tadqiqotlar, bizgacha etib kelgan yunon, arab, fors va xitoy mualliflarining va boshqa sayyohlarning juda ham noyob axborotlari o’zbeklarning Farg’ona, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo vodiylarida, Xorazm va Toshkent vohalarida yashagan qadimiy avlod-ajdodlarining etnografiyaga oid qiyofasini to’liq bo’lmasa ham ko’z oldimizga keltirishga imkon beradi.
  • Milodimizdan oldingi II asrdagi Xitoy elchisi va sayyohi CHjan TSyanning Davan (qadimgi Farg’ona) va Kangyuy (Xorazm) davlatlari haqida qoldirgan ba’zi ma’lumotlari ham etnografiya jihatidan diqqatga sazovordir. Afsuski, islom dini tarqalguncha, ya’ni VII-VIII asrlargacha bo’lgan davrni yoritish uchun mahalliy yozma manbalar yo’q.

Yüklə 22,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə