Mavzu : Musiqa o‘qitish texnologiyalari kursi. Maqsad



Yüklə 151,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix21.10.2023
ölçüsü151,8 Kb.
#129481
  1   2
1-Amaliy mashg\'ulot



Mavzu

Musiqa o‘qitish texnologiyalari kursi. 
Maqsad:
Musiqa o‘qitishni tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari haqida 
bilimlarni egallash va to`liq tasavvurni shakllantirish.

Mashg`ulоt turi: 
amaliy 
Mashg`ulоt mеtоdi:
«
Kеys, insеrt, klastеr»
Mashg`ulоt jiхоzi: 
markеrlar. 
 
Ajratilgan vaqt: 
80 
REJA: 
1.
Musiqa o‘qitish texnologiyalari kursi maqsadi va vazifalari bilan tanishish. 
2. Musiqa o‘qitishni tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari 
3. Musiqa asari bilan tanishish jarayonini tashkil etish. 
4. 
Musiqa madaniyati darsida o‘quvchilarning musiqiy qobiliyatlarini 
rivojlantiruvchi ko‘rgazmali vositalardan foydalanishi. 
Mashg`ulоtning bоrishi: 
I. Tashkiliy qism -
3 daqiqa: Talabalarning amaliy mashg`ulоtga
tayyorgarligini aniqlash, mashg`ulоt mavzusi, maqsadi va kutilayotgan
natijalar bilan tanishtirish. 
II.O`quvchilarga bеrilgan uy ishlarining bajarilishini tеkshirish, o`rganilgan 
matеrial yuzasidan o`quvchilardan so`rash
- «Musiqa o`qitish nazariyasi, 
mеtоdikasi va maktab rеpеrtuari»fanidan o`tgan mavzularni takrоrlash 7 daqiqa) 
III. Musiqa madaniyati o‘quv predmeti o‘quvchilarning ma’naviy, badiiy, axloqiy 
madaniyatini shakllantirishga, milliy g‘urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga 
oshirishga mahorat, nafosat, badiiy didni o‘stirishga, fikr doirasini kengaytirishga, 
mustaqillik hamda tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi. Musiqa 
madaniyati o‘quv predmeti o‘rta umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan barcha 
o‘quv predmetlari, jumladan, adabiyot, tasviriy san’at, jismoniy tarbiya, mehnat va 
boshqa fanlar bilan bog‘lanadi. Barcha o‘quv fanlari qatori musiqiy ta’limda ham 
davlat ta’lim standartining joriy etilishi milliy musiqiy meroslardan to‘laqonli 
foydalanish imkonini beradi. Bular ommaviy xalq kuy va qo‘shiqlarida, xonanda 
va sozandalarning ijodiy faoliyatlari, maqom, shashmaqom, dostonlar hamda 
bugungi zamonaviy musiqiy faoliyatda o‘z aksini topadi. Musiqa san’atining bu 
kabi imkoniyatlari yangi avlodni tarbiyalashda, ularning barkamol bo‘lib 
yetishishlarida o‘ziga xos takrorlanmas manba bo‘lib xizmat qiladi. Musiqa 
ta’limidan davlat ta’lim standartlari asosida yangi ta’lim mazmuni o‘quvchilarning 
musiqiy bilim va malakalari bilan birga ularda kuzatuvchanlik, xotirani 
mustahkamlash, obrazli tasavvur qilish, ijodkorlik, mustaqillik, tashabbuskorlik, 
badiiy va musiqiy did kabi hislatlarni rivojlantirishni ta’minlaydi.
O‘quvchilarning musiqiy-estetik rivojlanishlari uchun o‘qituvchi o‘zining 
ish faoliyatida sidqidildan tayyorlanib, darslarni yuksak metodik darajada 
o‘tilishini ta’minlashi lozim. Zero, dars o‘qituvchidan katta irodaviy kuch, izlanish, 
hozirjavoblik hamda turli pedagogik vaziyatlarga tezda munosabat bildirishni talab 
etadi. Samarasiz dars kamchiliklari uzoq vaqt o‘qituvchiga orom, halovat 
bermaydi, ortga nazar solib uning sabablarini qidirishga ehtiyoj sezadi. 


Musiqa madaniyati darsi – maktabda musiqa tarbiyasini tashkil etishning asosiy 
shaklidir. Musiqa to‘garaklari, fakultativ mashg‘ulotlar ham amaliyotda bo‘lsa-da, 
dars hech qachon o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi, chunki musiqa madaniyati darsi 
musiqiy faoliyatning turli shakllarini o‘z ichiga oladi. Bular jamoaviy qo‘shiq 
kuylash, musiqiy ritmik harakatlarni bajarish, musiqa tinglash, musiqiy 
savodxonlik, musiqa ijodkorligi, o‘quvchilar cholg‘u asboblarida chalish va 
hokazo.
Dars musiqa tarbiyasi tizimida yetakchi omil hisoblanadi, chunki bunda 
barcha o‘quvchilar qamrab olinadi. Musiqa darsining muxim xususiyatlaridan biri 
shundaki, u ko‘proq ijodiy zavq, xissiy tuyg‘ular va obrazli kechinmalar uyg‘otishi 
bilan ajralib turadi. Musiqa, ayniqsa, o‘quvchilarning aqliy va axloqiy estetik 
jixatdan kamol topishiga rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Musiqa darsi o‘zining ajoyib xususiyatlari bilan boshqa fanlardan farq qiladi:
Birinchidan, musiqa darsi, musiqa tarixi, nazariyasi, cholg‘u ijrochiligiga doir turli 
namunalar, xor mashg‘ulotlari, musiqa savodi, musiqa tinglash, musiqa asarlari 
tahlili, o‘quvchilar cholg‘u asboblarida ijro etish, ritmik harakatlar bajarish kabi 
elementlaridan iboratdir. Shuning uchun musiqa darsi aralash dars tipiga kiradi.
Ikkinchidan, musiqa boshqa san’at turlaridan o‘zining ifoda vositalari bilan farq 
qiladi. Agar badiiy adabiyot badiiy so‘z bilan, tasviriy san’at ranglar va grafik 
chiziqlar bilan, raqs badiiy harakatlar bilan ifodalansa, musiqa musiqiy tovushlarda 
vujudga kelgan ohang vositasida ifodalanadi. Agar tasviriy san’at va 
haykaltaroshlik asarlarini ko‘rish orqali, badiiy adabiyotni o‘qish va eshitish 
vositasida, kino va teatrni ko‘rish va eshitish orqali idrok etsak, musiqani faqatgina 
diqqat bilan tinglabgina idrok eta olamiz.
Musiqa aniq vaqt o‘lchovi bilan bog‘langan san’atdir. Ijro etilayotgan 
musiqa tempi (sur’ati)ga sozlanib, uning har bir elementini diqqat bilan 
tinglanmasa, asar mukammal idrok etilmaydi. Shuning uchun klassik asarlarni biz 
qayta-qayta tinglash bilan uning yangi badiiy qirralarini his etamiz.
Musiqa vositasida ifodalanadigan his-tuyg‘ularni so‘z bilan ifodalash qiyin. 
“Qachonki so‘z ojizlik qilsa, musiqa yordamga keladi”.
Uchinchidan, musiqa o‘quvchilarga faol emotsional ta’sir ko‘rsatadi, 
quvontiradi, ijobiy kechinmalar uyg‘otadi. Yaxshi, mazmunli, qiziqarli musiqa 
darsidan o‘quvchilar quvnoq, xursand bo‘lib, hordiq chiqaradi.
Agar musiqa darsi oxirgi darsda qo‘yilgan bo‘lganda ham, o‘quvchilar hordiq 
chiqarib, charchoqlari tarqaladi.
Bugungi kunda musiqa fanining yangi sohasi-funktsional musiqa orqali 
musiqaning inson psixikasiga hamda fiziologiyasiga ta’sirini o‘rganish ham buning 
boisidir. Musiqa darsi o‘zining aralash dars tipi (tuzilmasi)ga ifoda vositasi (tili) va 
faol psixologik ta’siri bilan boshqa fanlardan farq qiladi. Demak, musiqa darsi 
o‘quvchilarning shaxsiyati va dunyoqarashining shakllanishida muhim rol 
o‘ynaydi. Musiqiy dars uchun alohida emotsional muhit xarakterlidir. Bu tabiiy 
hol, albatta, chunki musiqa hissiyotlar tili. Musiqa to‘lqinlantiradi, 
o‘quvchilarning ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, muayyan kayfiyat uyg‘otadi. 
Shakllangan badiiy taassurotlar o‘qituvchi ta’sirida nafaqat ifodali ijro, balki 
“so‘z” san’ati, yuz ifodasi, turli harakatlar yordamida yanada kuchaytiriladi. 


O‘quvchilar diqqati yangrayotgan musiqaga jalb etilib, ularning hissiyoti 
rivojlantiriladi. O‘quvchilarning musiqiy obrazlar olamiga kirishishlari, ifodalilikni 
aniq his etishlariga erishiladi. Umumiy jihatlariga qaramay har bir dars o‘ziga xos 
va takrorlanmasligi bilan farq qiladi.
Ma’lumki, xoxlagan ishning yaxshi tashkil etilishi uning yarim yutug‘i va bu 
to‘liq ma’noda musiqa madaniyati darsiga ham taaluqlidir. Darsda maqsad va 
vazifalar, mazmun, tuzilma, vosita hamda metodlar puxta o‘ylangan bo‘lishi kerak. 
Aks holda musiqa darsida hech qanday ijobiy natijalarga erishib bo‘lmaydi. Darsga 
tayyorgarlik o‘qituvchining pedagogik malakasi, mahoratiga bog‘liq. Bu esa, 
musiqa materialining tarbiyaviy, ta’limiy va rivojlantiruvchi imkoniyatlarini, 
shuningdek ularni tadbiq etish yo‘llarini ta’minlaydi. Darhaqiqat, musiqiy tarbiya 
vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun asarni chuqur o‘ganishni talab 
etadi. Asarni tanlab olish esa o‘quvchilar musiqiy tayyorgarligi hamda yosh 
xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.
Dars mazmuni talqinida turli xil musiqa asarlari bo‘ladi. Ularning 
yaxlitligini ta’minlash uchun dars tuzilmasini aniqlab olish juda muhim. Chunki, 
bunda turli musiqiy faoliyatlarning birin-ketinligiga e’tibor berish muhim ahamiyat 
kasb etadi. Darsning musiqiy badiiy tuzilmasini o‘ylab o‘qituvchi bir asardan 
boshqasiga o‘tish jarayoniga o‘quvchilardagi muhim hissiy holatni saqlab qolishi 
va ularning diqqatini jalb etish usullarini tadbiq etishi lozim. Shuningdek, dars 
ishlanmasini tuzishda o‘quvchilarning jismoniy, aqliy va emotsional holatlarni
sinfning o‘ziga xosligini inobatga olish zarur. Masalan, boshlang‘ich sinflarda 
kichik yoshdagi o‘quvchilar diqqatini uzoq vaqt barqaror saqlay olmaydi. Shu bois 
ularning faoliyatini o‘z vaqtida almashtirib turish maqsadga muvofiq bo‘lib, 
o‘quvchilarning qiziqishlarini so‘nishidan saqlaydi. Murakkab qo‘shiqni, raqsni bir 
necha dars davomida o‘rgatish samarali kechadi. Murakkab musiqiy –ritmik 
harakatlar o‘rganilgandan so‘ng qo‘shiq kuylashga o‘tish maqsadga muvofiq emas. 
Shuningdek, jadvalda musiqa darsining o‘rnini ham, ya’ni o‘sha kunda bu 
mashg‘ulot nechanchi soatda o‘tilishini ham hisobga olish lozim. Qaysi darsdan 
so‘ng musiqa madaniyati mashg‘uloti bo‘lishi ham ahamiyat kasb etadi. Musiqa 
madaniyati mashg‘ulotlari mehnat ta’limi va ayniqsa, jismoniy tarbiya darsidan 
keyin o‘tiladigan bo‘lsa, o‘quvchilarni fikrlashga, idrok etishga undovchi 
faoliyatlardan boshlash lozim. Har bir muayyan holatda o‘qituvchi sinfning o‘ziga 
xoslik jihatlarini, o‘quvchilarning u yoki bu musiqiy faoliyatga qiziqishlarini, 
ularning tayyorgarlik darajalarini hisobga olishi juda muhimdir.
Shunday qilib, to‘liq shart-sharoitlar hisobga olingan xolda dars tuzilmasini ishlab 
chiqish va uni amalga oshirish uchun o‘qituvchining ijodiy yondashuvi talab 
etiladi. Bu esa, har bir dars tuzilmasini takrorlanmas bo‘lishiga yordam beradi. 
Axir bir mashg‘ulotdan ikkinchisigacha bo‘lgan davrda boshqa fanlar o‘tilib, 
taassurotlar sayozlashishi mumkin. O‘qituvchi shularni egallab olish hafta 
davomida musiqa darsida yaxlit taassurotlar va qiziqishlarni saqlab qolishlariga 
erishmog‘i kerak.
Musiqa darsi mazmuni oldindan rejalashtirilsa, o‘ylab qo‘yilgan usul va 
vositalar o‘z ifodasni topib, o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro hamkorlik 
faoliyati doimo qiziqarli jarayon asosida amalga oshirilishi lozim. Biroq ayrim 


kutilmagan holatlar bo‘lishi mumkin va muayyan har bir holatga maslahat berib 
bo‘lmaydi. Ba’zan ko‘zda tutilmagan holatlar yo‘l-yo‘lakay dars jarayonida ham 
amalga oshirishga to‘g‘ri kelib qoladi. O‘qituvchining kasb mahorati, o‘zini 
yo‘qotmasdan har bir holatga tegishli xulosa chiqarishni taqozo etadi. Natijada dars 
maqsadiga erishilib, belgilangan tuzilmada amalga oshiriladi. Tajribali 
o‘qituvchilar yaxlit dars tuzilmasiga alohida ahamiyat berishadi. Zero darsning 
turli elementlari, bosqichlari o‘zaro uygun va bir-biri bilan bog‘liq bo‘ladi. Turli 
metodlar (asarni taqqoslash (T-sxemasi), muammoli vaziyat, aqliy hujum
skarabey) asosida o‘qituvchi o‘quvchilarni ijodiy topshiriqlar orqali faolligini 
oshiradi va istagan natijalarga erishishlariga harakat qiladi.
Ma’lumki, zamonaviy musiqa darsining sifati o‘quvchilar faolligi bilan 
belgilanadi. Faollik muammosi nafaqat darsning qiziqarli tuzilmasi, o‘quvchilarga 
qiziqishni shakllantiruvchi metodlarni qo‘llash orqali hal etiladi. Ko‘pincha 
o‘qituvchining har bir o‘quvchiga yakkaindividual yondashuviga ham bog‘liq 
bo‘ladi. Bu esa bugunki kun zamonaviy o‘qituvchi oldiga qo‘yilgan muhim 
vazifalardan biridir.
Musiqa fani o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan haftasida bir marotaba 
uchrashadi. Musiqa darsi sinf o‘quvchilari bilan keng ko‘lamli ishlarni amalga 
oshirishni talab etadi. Shu bois, o‘qituvchi o‘z o‘quvchilarini yaxshi bilmog‘i, 
ularning kuchli va zaif tomonlarini, qiziqishlarini to‘g‘ri anglab, ular dunyosiga 
kirishib har bir o‘quvchi imkoniyatlarini baholashi kerak bo‘ladi. Darsda bevosita 
muloqot o‘rnatishga harakat qilish, turli xil savollarga undovchi, so‘rovli nigoh, 
yuz ifodasida bayon etish vosita va usullaridan keng foydalanish maqsadga 
muvofiq. Har bir musiqiy faoliyat o‘quvchilarga individual yondashish imkonini 
beradi. Ayniqsa, ikki va uch ovozli asarlarni o‘rganishda o‘quvchilar musiqa 
cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lishda, o‘quvchilar imkoniyatiga ko‘ra ijodiy 
xarakterdagi topshiriqlar berishda va h.k.larda buni yaqqol kuzatish mumkin. 
Differentsial topshiriqlar o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otadi. O‘quvchilar berilgan 
topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajarishi esa ularning musiqiy rivojlanishlarini 
faollashtiradi. Zamonaviy musiqa darsini maxsus jihozlanmagan sharoitda amalga 
oshirish murakkab. Musiqa xonasining estetik jihozlanishi o‘quvchilarga zavq 
bag‘ishlab, darsda o‘ziga xos kayfiyat uyg‘otishi lozim. Darsda o‘qituvchi musiqa 
cholg‘u asboblari, texnik vositalar, ko‘rgazmali qurollardan foydalanishi juda ham 
muhim. Ularning sifatliligidan, o‘z vaqtida tayyorlanganligidan va unumli tadbiq 
etilishidan darsning muvaffaqiyatli o‘tishi ta’minlanadi.
Bugungi kunda o‘qituvchi darslarda musiqa asarlarining turli ijrolarini 
(orkestr, ansambl ijrosida) sadolanishini texnik vosita yozuvlarsiz tasavvur qilish 
qiyin. Bu vositalar o‘quvchilarning har bir musiqa cholg‘ularining jaranglashini va 
ovozning ifodaliligini idrok etish tasavvurlarini kengaytiradi, Fonoxrestomatiya 
(elektron resurs) esa o‘qituvchida qo‘shiq o‘rgatish jarayoni yanada qiziqarli, 
sermazmun o‘tishiga yordam beradi. O‘qituvchi dars davomida o‘quvchilarning 
qo‘shiq ijrosini yozib olib, ularning o‘ziga qaytib eshitirishi va ijroga nisbatan 
o‘quvchilarning munosabati hamda ijroga baholarini berishni taklif etadi. Keyingi 
paytlarda musiqa darsida turli xil ko‘rgazmali vositalardan keng foydalanilmoqda. 


Bular illyustratsiya, turli tasviriy manzaralar va boshqalar. Bu esa, darsda tasviriy 
san’at, so‘z san’ati namunalaridan ham unumli foydalanishni nazarda tutadi.
Musiqa madaniyati darsida o‘quvchilarning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantiruvchi 
ko‘rgazmali vositalardan foydalanishi muhim. Nota yozuvlari vositasida 
ko‘rgazmalar o‘quvchilarda nota asosida kuylash malakalari shakllanib borishi, 
qo‘shiq kuylashni tezroq o‘zlashtirilishiga erishiladi. Tovushlarni to‘g‘ri, sof va 
toza intonatsyada kuylash esa, qo‘shiq matnini yaxshi eslab qolishlariga yordam 
beradi.
Shunday qilib, umumta’lim maktabida musiqa madaniyati darsiga puhta 
tayyorgarlik ko‘rish va uni samarali o‘tkazish o‘qituvchidan doimo ijodiy 
yondashuvni, kasbiy tajribalarni, bilim, malaka hamda ko‘nikmalarni faol tadbiq 
etishni taqozo etadi. O‘qituvchi ijodining natijasi bo‘lgan dars g‘oyaviy-emotsional 
ta’sir kuchiga ega bo‘lib, o‘quvchi ichki dunyosini zabt etib, musiqa san’atiga 
qiziqish va ehtiyojni tarbiyalaydi. Musiqa darsining muvaffaqiyati savodxon, 
chuqur bilimli, o‘z kasbiga fidoiy bo‘lgan o‘qituvchi shaxsiga bog‘liq. Shu bois, 
musiqadan bilim va malakalari yetarli bo‘lmagan o‘qituvchilarga musiqa darsini 
o‘tishda mutaxassis mualliflardan zaruriy saboqlar olib turish MP3 yozuvlardan 
keng foydalanib, musiqa o‘qitish jarayonida yangi pedagogik texnologiya 
usullaridan unumli foydalangan holda dars o‘tishlariga maslahat beriladi. Aks 
holda, 
o‘quvchilarning 
belgilangan 
dastur 
talablarini 
o‘zlashtirishlari 
mushkullashib, musiqa madaniyati darsi oldiga qo‘yiladigan talablarga erishilmay 
qoladi. 

Yüklə 151,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə