Shaxs iqtidori ko'rinishlari


Shaxs iqtidori va qobiliyatlar diagnostikasi



Yüklə 4,46 Mb.
səhifə7/8
tarix23.12.2023
ölçüsü4,46 Mb.
#156674
1   2   3   4   5   6   7   8
SHAXS IQTIDORI KO\'RINISHLARI

2. Shaxs iqtidori va qobiliyatlar diagnostikasi.
Qobiliyat – shaxs faoliyatining muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan va buning uchun zarur bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo‘ladigan individual psixologik xususiyatdir. Qobiliyatlar tabiiy va maxsus qobiliyatlarga ajratiladi.
Tabiiiy qobiliyatlar – bu idrok, xotira, tafakkur va boshqa psixik jarayonlarda namoyon bo‘lish qobiliyatdir. Umumiy qobiliyatlar insonni turli faoliyat yo‘nalishida muvaffaqiyatini ta’minlaydi.
Maxsus qobiliyatlar insonni biror-bir maxsus faoliyat yo‘nalishidagi muvaffaqiyatini ta’minlaydi va uning namoyon bo‘lishi uchun maxsus layoqat lozim (musiqiy, matematik, texnik).
Qobiliyatlar taraqqiyotining yuksak boqichi iste’dod deyiladi. Iste’dod – bu kishiga qandaydir murakkab mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli, mustaqil va orginal tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar majmuidir.



. Maxsus qobiliyatning paydo bo‘lishi

Pedagogik qobiliyatlar: a) didaktik qobiliyatlar; b) akademik qobiliyatlar; v) perseptiv qobiliyatlar (ichki dunyosiga kirish); g) nutq qobiliyati; d) tashkilotchilik qobiliyati; e) avtoritar qobiliyatlar; j) kommunikativ qobiliyatlar; z) pedagogik xayol; i) diqqatni taqsimlay olish qobiliyati; k) texnik qobiliyatlar. Insonlar asosan turli tiplardan tashkil topgan aralash tiplardan iboratdir. Lekin har bir shaxsda ma’lum bir tip ko‘rinishi ustunlik qilishi mumkin. Shunga ko‘ra qaysi bir tip ustunlik qilsa, shaxs shu tip bilan belgilanadi.


Ta’lim-tarbiya jarayonida harakterning shakllanishi shaxsning rivojlanish darajasiga ko‘ra xilma-xil guruhlarga mansub turli xildagi sharoitlar bilan qo‘shilgan holda yuz beradi. Rivojlanish darajasi yuksak bo‘lgan guruhdagi kabi jamoada harakterning eng yaxshi xislatlarini rivojlantirish va mustahkamlash uchuk qulay imkoniyatlar yaratiladi. Jumladan o‘quvchilarga jamoat topshiriqlarini taqsimlayotib, ularning nafaqat bilimlari va malakalarini balki, harakterini ham hisobga olish lozim. Masalan, biri sabr-toqatli, mehnatsevar, lekin biroz sustkash, haddan tashqari ehtiyotkor va h. O‘quvchining harakterini bilish pedagogning ta’lim-tarbiya jarayonidagi individual yondoshuvning muhim shartlaridan biridir.
A.Adlerning Individual psixologiyasi
• Alfred Adler (1870-1937) individual psixologiyaning asoschisi hisoblanadi.
• Uning asosiy asarlari: «Nerv xarakteri haqida» (1912), «Individual psixologiyaning nazariyasi va amaliyoti» (1920), « Insonshunoslik» (1927), «Hayotning mazmuni» (1933).
Inson tabiati
• Inson-yagona va o‘zini o‘zi muvofiqlashtiruvchi organizm; individuum (lat.) — bo‘linmas. Inson hayotiy faolligining hech bir namoyon bo‘lishini izolyasiyada ko‘rib bo‘lmaydi, lekin faqat shaxsga munosabatda to‘liq ko‘rib chiqish mumkin.
• Inson hayoti — shaxs uchun ahamiyatli maqsadlar yo‘nalishidagi o‘sish va rivojlanishga uzluksiz harakat hayot maqsadlari insonning taqdirini belgilaydi.
• Inson xulq-atvori-irsiyat va muhit ta’siri natijasigina emas, balki insonning o‘z hayotining arxitektori sanalgan ijod kuchidan ham iborat
• Individ jamiyatdan tashqari ko‘rib bo‘lmaydi, uning xulq-atvori esa sotsial kontekstdan tashqarida. Har bir insonda umumiylik va sotsial qiziqishning tabiiy tuyg‘usi mavjud, ya’ni hamkorlikning sotsial munosabatlariga tug‘ma ravishda intilish mavjud.
• Inson xulq-avtori o‘zi va atrof olam haqidagi tasavvurlari bilan belgilanadi «appersepsiya sxemasi».
• Erishilmagan maqsad yoki vazifalar inson xulq-atvorini yo‘naltirib, harakatlantirib turadi.
• Insonga yagona, yaxlit, unsurlari bir-biri bilan o‘zaro muvofiq keluvchi mavjudod sifatida qaraydi.
Individuum miya va tana, onglilik bilan ongsizlik, tafakkur, tuyg‘u, harakat, shaxsda namoyon bo‘luvchilar yagonadir.
• Shaxsning strukturasini hayot uslubi bilan aniqlash mumkinligini tavsiya etadi. Shaxsiy ahamiyatga ega maqsadlarga talpinish, kamolotga intilish, individuum organik jihatdan yaxlitlikni ifodalaydi va o‘zining hayotini boshqaradi, ijodiy kuchini va erkinlikni tanlashini namoyon qiladi.
Individum jamiyatdan, boshqa insonlardan xoli holda bo‘lmaydi, insonning xulq-atvori sotsial determinantlar bilan aniqlangan sotsial mazmunda sodir bo‘ladi, oqibatda insonda boshqa insonlar bilan hamkorlikda sotsial o‘zaro munosabatlarda ishtirok etishga intilishni ifodalovchi sotsial qiziqishlar shakllanadi.
• Nomukammallik kopleksi atamasini A.Adler fanga olib kirib, ushbu tuyg‘uni barcha bolalar jismoniy o‘lchamlari, kam kuchligi va imkoniyatlarining pastligi oqibatida boshdan kechiradilar.
• Kelajakda juda kuchli, kompleksga aylantirish, ijobiy o‘sish va rivojlanishni qiyinlashtirishi mumkin. Biroq o‘rtacha darajali nomukamallik bolada “kuchli bo‘lish yoki boshqalardan kuchli bo‘lish”ga, kamolotga, ustunlikka, o‘zining qobiliyatlarigi rivojlantirishga undash mumkin
• Kamolotga intilish tug‘ma bo‘lib, bu hayotning bir bo‘lagi, hayotga intilishning bo‘lmasligi ma’nosiz, deydi A.Adler.1
• Mukammalik masqad ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin.
• Agar u ijtimoiy manfaatga va boshqalarning foydasiga yo‘naltirilgan bo‘lsa, rivojlanish konstruktiv va sog‘lom yo‘nalishga ega bo‘ladi. Bu rivojlanish, ko‘nikma va malakalarning kamol toptirish, mukammal hayot uslubiga ega bo‘lish uchun ishlashga intilish. Biroq ayrimlar mukammallikka boshqlar ustidan humkronlik qilish orqali erishishga urinadi. Bu hokimiyat va agressiyada namoyon bo‘ladi.
• Har bir inson intilish va erishishiga mujassamlashuvchi o‘zining hayot uslubini ishlab chiqadi. Ularning shakllanishi bolalikdan boshlanib, nomukammallik, ishonchsizlik, kattalar olamida bo‘lishga ojizlik kompleksi sifatida shakllanib boshlaydi. Hayot maqsadi bundan himoyalanish, qondirilmagan bugungi hayot bilan yorqin, mukammal kelajak o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini bajaradi.



Yüklə 4,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə