Shaxs iqtidori ko'rinishlari


- m u v o z a n a t l a sh g a n l i k



Yüklə 4,46 Mb.
səhifə4/8
tarix23.12.2023
ölçüsü4,46 Mb.
#156674
1   2   3   4   5   6   7   8
SHAXS IQTIDORI KO\'RINISHLARI

- m u v o z a n a t l a sh g a n l i k, ya’ni asabdagi tormozlanish va ko‘zgalish jarayonlarining o‘zaro mutonosibligi, shunga ko‘ra, o‘zini tuta olish, bosiqlik kabi sifatlar va ularga teskari sifatlarning namoyon bo‘lishi;
- h a r a k a t ch a n l i k, ya’ni ko‘zgalish va tormozlanish jarayonlaridagi o‘zaro almashinish jarayonining tezligi va harakatchanligi ma’nosida.
Xarakter - shaxsdagi shunday psixologik, sub’ektiv munosabatlar majmuiki, ular uning borlikka, odamlarga, predmetli faoliyatga hamda o‘z- o‘ziga munosabatini ifodalaydi.
Mashxur rus olimi, psixologiya fanining metodologiyasini yaratgan S.L. Rubinshteyn shaxsning o‘ziga xosligi va xarakterologik tizimda uchta asosiy tuzilmalarni ajratgan edi;
Munosabatlar va yo‘nalish shaxdagi asosiy ko‘rinishlar sifatida - bu shaxsning hayotdan nimani kutishi va nimani xohlashi.
Qobiliyatlar ana shu tilak-istaklarni amalga oshirish imkoniyati sifatida - bu odamning nimalarga qodir ekanligi.
Xarakter imkoniyatlardan foydalanish, ularni kengaytirishga qaratilgan turg‘un, barqaror tendensiyalar, ya’ni bu odamning k i m ekanligi.
Xarakter – shaxsning barqaror individual xususiyatlari yig‘indisi bo‘lib, u faoliyat va muloqotda yuzaga keladi hamda shaxsga xos xulq-atvor usullarini namoyon qiladi. Xarakter so‘zi yunoncha – charakter – xususiyat, belgi, sifat ma’nosini bildiradi. Xarakter termini fanga ilk bora qadimiy yunon olimi va faylasufi Tefrast tomonidan kiritilgan (eramizdan oldingi 372-287 yillar). Hayotiy tajriba asosida harakter tushunchasini ikki mazmunda tushunish mumkin: keng yoki umumiy hamda maxsus, o‘ziga xos ma’noda. Keng yoki umumiy ma’noda inson harakteri deganda uning xatti-harakati va xulq-atvoriga ta’sir etuvchi individual yaqqol namoyon bo‘lgan va sifat jihatidan turlicha bo‘lgan belgilari tushuniladi. Tor yoki maxsus ma’noda olingan harakter deganda shaxsning psixik tuzilishi nazarda tutilib, u insonning irodasi va yo‘nalganligida namoyon bo‘ladi.
Xarakter yo‘nalganligani quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: a) jamiyatga bo‘lgan munosabat; b) mehnatga munosabat; v) boshqa odamlarga munosabat; g) o‘z-o‘ziga munosabat.

Yüklə 4,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə