Shaxs iqtidori ko'rinishlari



Yüklə 4,46 Mb.
səhifə1/8
tarix23.12.2023
ölçüsü4,46 Mb.
#156674
  1   2   3   4   5   6   7   8
SHAXS IQTIDORI KO\'RINISHLARI


SHAXS IQTIDORI KO'RINISHLARI

Reja:
1.Individual -tipologik xususiyatlar klassifikatsiyasi.


2. Shaxs iqtidori va qobiliyatlar diagnostikasi.
3. Temperament va faoliyatning individual xususiyatlari.

1.Individual -tipologik xususiyatlar klassifikatsiyasi.

Shaxs - qaytarilmas, u o‘zsifatlari va borligi bilan noyobdir. Ana shu qaytarilmaslik va noyoblikning asosida uning individual-psixologik xususiyatlari majmui yotadi. Shu o‘rinda biz yuqorida ta’rif bergan shaxs tushunchasi bilan yonma-yon ishlatiladigan yana ikki tushunchaga izox berish o‘rinli deb hisoblaymiz. Bu - «individ» va «individuallik» tushunchalaridir. «Individ» tushunchasi umuman «odam» degan tushunchani to‘ldirib, uning ijtimoiy va biologik mavjudot sifatida mavjudligini tasdiqlaydi va uni bir tomondan, boshqa odamlardan farqlovchi belgi va xususiyatlarini o‘z ichiga oladi, ikkinchi tomondan, o‘ziga va o‘ziga o‘xshashlarga xos bo‘lgan umumiy va xarakterli xususiyatlarni qamrab oladi. Demak, individ - insonga aloqadorlik faktini tasdiqlovchi ilmiy kategoriyadir.


«Individuallik» - yuqoridagi ikkala tushunchaga nisbatan torroq tushuncha bo‘lib, u konkret odamni boshqa bir konkret odamdan farqlovchi barcha o‘ziga xos xususiyatlar majmuini o‘z ichiga oladi.

Egizaklar metodilarinin eksperement natijalari


Qobiliyatlar- shaxsdagi shunday individual, turg‘un sifatlarki, ular odamning turli xil faoliyatdagi ko‘rsatgichlari, yutuqlari va qiyinchiliklari sabablarini tushuntirib beradi.
Temperament- insonning turli vaziyatlarda narsa, hodisa, holatlar va insonlarning xatti-harakatlariga nisbatan reaksiyasini tushuntirib beruvchi xususiyatlari majmuidir.
Xolerik toifasiga xos sifatlar
“xole” “safro, zahar” ma’nosini bildirib, kishining xarakatchanligini ifodalaydi.
Jahldor, qat’iyatli, mas’uliyatli, harakatchan, ularning e’tiborini jalb qilish mushkuldir.
1) sabrsiz, hovliqma;
2) serjahl;
3) betoqat;
4) odamlar bilan munosabatda keskin va rostgo‘y;
5) qat’iyatli va tashabbuskor;
6) qaysar;
7) tortishuvda topqir;
8) tirishqoqlik bilan ishlaydigan;
9) tavakkal qilishga moyil;
10) arazlamaydigan;
11) tez, ehtirosli, poyma-poy nutqqa ega;
12) qiziqqonlikka moyil;
13) tajavvuzkor, urishqoq;
14) kamchiliklarga toqatsiz;
15) ifodali imo-ishoralarga ega;


Yüklə 4,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə