Sharq Uyg`onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlanishi


Muallimi soniy (Ikkinchi muallim) Abu



Yüklə 153,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix07.10.2023
ölçüsü153,67 Kb.
#126032
1   2   3
1-ma\'ruza pdf

Muallimi soniy (Ikkinchi muallim) Abu
Nasr Forobiy 
(873-
950) ta’lim
-
tarbiyaga bag‘ishlangan
“Fozil odamlar shahri”, 
“Ilmlarning kelib chiqishi”
asarlarida barkamol shaxsni tarbiyalashda nimalarga 
e’tibor berish zarurligi, ta’lim bilan
tarbiya birligi haqida qimmatli fikrlar 
bildiradi. 
Forobiy 
“Baxt
-saodatga 
erishuv to‘g‘risida”
nomli risolasida ta’lim
-tarbiya birligi 
haqida fikr yuritar ekan, unda ta’lim berish oddiydan murakkabga, quyidan 
yuqoriga borishi lozimligini ko‘rsatadi. Forobiy insonning ma’naviy olamida, 
uning ikki tomoniga: aqli va axloqini tarbiy
alashga asosiy e’tiborni qaratadi. 
Ta’lim va tarbiya Forobiy fikricha, insonni
aqlan va axloqan komil shaxs qilib 
shakllantirishga qaratilmog‘i kerak. Xuddi shuning uchun ham, ta’lim
-
tarbiyaning asosiy vazifasi olam va insonlar haqida mustaqil fikrlash 
ma
daniyatiga ega bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalab voyaga etkazishdir.
SHarq pedagogikasida Forobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan 
allomadir: 
«Ta’lim degan so‘z insonga o‘qitish, tushuntirish asosida, 
nazariy bilim berish, tarbiya berish degani esa insoniy fazilatlarni, 
ma’lum xunarni eki kasbni egallash uchun zarur bo‘lgan xulq
-atvor-
normalarini o‘rgatishdir»

Maqsadga muvofiq amalga oshirilgan ta’lim
-tarbiya insonni ham aqliy, ham 
axloqiy jihatdan kamolga etkazadi, xususan, inson tabiat va jamiyat 
qonunqoidalarini to‘g‘ri anglab oladi, umr kechirish jarayonida to‘g‘ri yo‘l tutadi, 
boshqalar bilan halol, adolatli munosabatda bo‘ladi. Jamiyatda o‘rnatilgan 
oqilona tartib va qoidalarga rioya etadi. 
Forobiy ta’lim va tarbiya ishini bos
hlashdan oldin tarbiyalanuvchilarning shaxsiy 
xislatlarini bilish va ta’lim
-tarbiya berish jarayonida murabbiyning barkamolligini 
nazarda tutish zarurligini ko‘rsatadi. CHunonchi, uning fikricha, murabbiy 
xohish-ixtiyor, iroda, qobiliyat, yaxshilik va yomonlik nima ekanligini yaxshi 
bilgan odam bo‘lishi zarur. CHunki, inson ruhiga xos bo‘lgan xohishirodani, 
uning qobiliyatini aniqlamasdan turib, tarbiya ishiga kirishish kutilgan natijani 
bermaydi, deydi alloma. 
Forobiyning ta’lim
-
tarbiya yo‘llari, usullari,
vositalari haqidagi fikrlari ham g‘oyat 
qimmatlidir. U insonda go‘zal fazilatlar ikki yo‘l bilan: ta’lim va tarbiya yo‘li bilan 
hosil qilinadi, deb ta’kidlaydi. Allomaning fikricha, ta’lim nazariy va amaliy 
bilimlarni shakllantirsa, tarbiya esa insoniy fazilat, amaliy kasb-hunar, xulq-
odob malakalarini rivojlantirib boradi, ta’lim so‘z o‘rganish bilan, tarbiya esa 
amaliy ish, tajriba bilan amalga oshirib boriladi. Har ikkalasi birlashsa etuklik 
namoyon bo‘ladi. SHuningdek, Forobiy ta’limda barcha fanlarnin
g nazariy 


asoslari o‘rganilsa, tarbiyada ma’naviy
-
axloqiy qoidalar, dob me’yorlari 
o‘rganiladi, kasbhunarga oid malakalar hosil qilinadi deb ko‘rsatadi.
Abu Nasr Forobiy 
«Baxt
-
saodatga erishuv to‘g‘risida»
risolasida ta’limtarbiyani 
ikki yo‘l bilan amalga 
oshirishni nazarda tutadi. Bulardan birinchisi 

qanoatbaxsh so‘zlar, ilhomlantiruvchi so‘zlar yordamida odat hosil qilinadi, 
malakalar vujudga keltiriladi va shaxsdagi g‘ayrat
-intilish harakatga 
aylantiriladi. Ikkinchi usul 

majbur etish yo‘li. Bu usul gapga ko‘nmaydigan 
qaysar shaxslarga nisbatan ko‘llaniladi.
21
Demak, Forobiy ta’lim
-tarbiyada 
rag‘batlantirish, odatlantirish,
majbur etish 
usullarini
ko‘rsatgan. Bu har ikkala usul ham insonni har tomonlama kamolga 
etkazish maqsadida qo‘llanilgandir.
SHaxs 
kamolotida ta’lim va tarbiya birligini ta’minlashda ustoz va shogird 
munosabatlari hal qiluvchi omildir. Bu masalaga, ayniqsa, SHarkda juda katta 
e’tibor berilgan. Musulmon olamida mavjud an’anaga ko‘ra, ustoz shogirdni 
qabul qilgan birinchi kundan boshla
b, uning ma’naviy javobgarligini o‘z bo‘yniga 
olgan. 
Tarbiyalanuvchining ota-
onasi o‘z bolasini ustozga: “
Eti sizniki, suyagi 
bizniki”
deb topshirgan. Ustoz shogirdga faqat bilim berish bilan cheklanib 
qolmay, balki u shogirdiga keng ma’nodagi tarbiyani ha
m beradi. 
Ustoz shogirdning ham axloqiy, ham kasbiy qiyofasini shakllantiradi. “
Ustoz 
otangdan ulug‘”
, degan maqolning hikmati shunda. Qadimda shogirdlar ustozni 
benihoya hurmat qilganlar. 
SHu munosabat bilan Forobiy o‘qituvchining ijtimoiy hayotda o‘rni va uning 
o‘ziga xos xususiyatlari
to‘g‘risida ibratli g‘oyalarni ilgari surgan. Uning fikricha, 
o‘qituvchi o‘quvchiga bilim beraman desa, o‘quvchi oldida
haqiqatgo‘y bo‘lishni, 
yolg‘onni va yolg‘on aytganni
yomon ko‘rishi, o‘zi fahm
-
farosatli bo‘l
ishi va 
ornomusini qadrlashi, shogirdlariga nisbatan adolatli bo‘lishi, ko‘zlangan 
maqsadga erishishda qat’iylik ko‘rsata bilishi
va o‘rnak bo‘lmog‘i lozim.
Forobiy “
Falsafani o‘rganishdan oldin nimani bilish kerakligi haqida
” risolasida 
muallim shogirdig
a nisbatan o‘ta hokimlikka ham, o‘ta bo‘shanglikka ham yo‘l 
qo‘ymasligi kerak, chunki o‘ta hokimlik shogirdda “muallimga nisbatan nafrat 
uyg‘otsa, o‘ta bo‘shanglik esa shogirdning muallimga va uning o‘qitayotgan 
faniga nisbatan mensimaslik xislatini paydo 
qiladi”, deb ta’kidlaydi.
Bu fikrlari bilan u ustozlik ta’lim va tarbiyada nihoyatda katta ahamiyatga ega 
ekanligini yana bir karra uqtiradi. SHunday qilib, mutafakkir ta’lim va 
tarbiyaning asosiy vazifasi adolatli jamiyat talablariga javob bera oladigan va 
shu jamiyat, elyurt uchun xizmat qiladigan etuk insonni tarbiyalashdan iborat 
deb bilgan. Forobiy pedagogik ta’limotining asosida axloqiy go‘zal, mustaqil 
fikrlovchi, barkamol insonni shakllantirish masalasi yotadi. 


Insonning kamolga etishida ham aqliy, 
ham axloqiy tarbiyaning o‘zaro aloqasi 
muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda Forobiy orzu qilgan ta’lim va tarbiya birligi 
hozirgi davrimizda ham yoshlarni tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. 
Forobiy tomonidan asoslangan pedagogik ta’minot o‘zida quyidagi as
osiy 
g‘oyalarni ifodalaydi:

ma’naviy tarbiyani tashkil etish va shaxsda aqliy sifatlarni tarbiyalash 
uning kamolotga erishishini kafolatlaydi

odob tarbiyalanuvchi qiyofasida
namoyon bo‘luvchi axloqiy 
xislatlarning eng asosiysi bo‘lib, insonda 
olijanob 
sifatlarni
tarbiyalashda asos bo‘lib xizmat qiladi. SHaxsda odob 
ko‘nikmalarini shakllantirishda ularga inson xulqi va odobini muhim 
ma’naviy –
axloqiy sifatlar ekanligini hayotiy misollar 
yordamida yoritib berish muhim ahamiyatga ega; 
tarbiyal
anuvchida irodaning hosil bo‘lishi atrof
-muhit hamda tarbiyaviy faoliyat 
mazmuniga ko‘p jihatdan bog‘liq.
Abu Nasr Forobiy
ta’lim
-tarbiya samaradorligini yuqori baholagan pedagogik, 
didaktik tamoyillar, ta’lim –
tarbiya shakllari va usullari quyidagilar: 

ta’limning ilmiyligi va amaliy ahamiyatga eagligi;

tizimliligi, mantiqiyligi va ketma-ketligi; 

hayot bilan bog‘liqligi;

tushunarli bo‘lishi;

kuzatish va tajribalar; 

dialektik, isbotli, tortishuvli, ritorik va she’riy mulohaza yuritish
usullari; 

induksiya va deduksiya usuli; 

mashqlarni bajarish, takrorlash va h.k. 
SHunday qilib, Forobiyning ta’lim
-tarbiya
to‘g‘risidagi teran fikrlari, ibratli 
mulohazalari hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotgan emas.
SHarqning ulkan qomusiy olimi, jahon ilmi va pedagogik fikrlarining eng 
mashhur namoyondalaridan 

Yüklə 153,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə