atvorini
tabiatini chuqurroq tushunish uchun farosat ilmining, ya’ni ilmiy
man
tiqni bilishga da’vat qiladi.
CHunki ilmiy-
mantiq shaxs didini o‘stiradi, fikr
doirasini kengaytiradi. U bu haqda shunday deydi: “Farosat ilmi foydasi naqd
ilmlardandir. Bu ilmni
bilib olsang, u senga kishilarning pinhoniy fe’l
-atvorini
bildiradi. Farosat
ilmidan bahramand bo‘lsang, juda o‘tkir bo‘lib
ketasan”.
SHuning uchun ibn Sino ta’lim
-tarbiyaning maqsadlari, mazmuni, shakllari va
metodlariga juda diqqat va e’tibor,
mas’uliyat bilan qarash
kerakligini
ta’kidlaydi. Olimning e’tirof etishicha, ko‘rsatmalilik ta’limni aniq,
yorqin va qiziqarli qiladi, kuzatuvchanlik va fikrlash, mushohada yuritishni
o‘stiradi. Uningcha, inson narsa va hodisaning tashqi jihatlarini, ko‘rinishlarini
o‘rganib, uni yanada chuqurroq bilishga intiladi. Narsalarning aslini y
oki ularning
suratini ko‘rish orqali bolalarda ular haqida ma’lum bir tasavvur hosil bo‘ladi.
Ibn Sino ko‘rsatmalilikni ko‘rish, eshitish singari sezgi organlari orqali bog‘laydi.
Olim o‘qitishning oddiydan murakkablikka tomon yo‘naltirishdan
kelib
chiqqan
holda mashqlar qildirish,
o‘qitishni esa faqat chuqurlashtirish asosida, ya’ni sinf tarzida o‘tkazish zarur,
deb hisoblaydi.
YUqorida ibn Sino muntazamlilik va uzviylik prinsipiga amal qilish zarurligini
ta’kidlagi haqida aytilgan edi. O‘quvchilar kuzat
ish va tarjribalarini muntazam va
uzviy jarayonga aylantirish orqali esa o‘quvchilarda mantiqiy mushohada
yuritish qobiliyati
rivojlanadi. Ibn Sinoning ta’kidlashicha, o‘quv va
jismoniy mashqlarni bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda
suhb
atlar, tushuntirishlar bilan birga qo‘shib olib borish kerak. YAkka tarzda
o‘qitgandan ko‘ra guruhlarda (sinfda) o‘qitish ko‘proq
samara beradi, chunki
guruhlarda o‘quv
-
chilar o‘rtasida o‘z
-
o‘zidan musobaqa paydo bo‘ladi, deydi:
“Bola
-
larni guruh qilib o‘q
itish tashkil qilinsa, juda yaxshi samara beradi. CHunki
bu jarayonda ular bir-birlaridan ibrat oladilar..
Guruh qilib o‘qitish jamiyatga katta foyda keltiradi. CHunki bunda o‘quvchilar
bir-
birlari bilan do‘stlashadilar, ular o‘rtasida o‘zaro hurmat paydo
bo‘ladi, o‘zaro
fikrlashib bahslashadilar, huquq va burchlari xususida muhokama yuritadilar,
musobaqalashadilar”.
Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarining birinchi kitobida o‘rin olgan “Ro‘zg‘or
yuritish haqida risola”sida bola
tarbiyasiga oid juda ko‘p pe
dagogik va fiziologik
tavsiyalar bayon etilgan. Tarbiyadan maqsad,
–
deydi olim, bolaning aqliy va
jisomniy quvvatlarini o‘stirishdir. CHunki bola yaxshi yoki yomon, yovuz yoki
olijanob bo‘lib dunyoga kelmaydi. U bu
xususiyatlarga tarbiya, atrofdagilar
ta
’siri tufayli erishadi. Ibn Sinoning fikricha, bola qalbi, misoli “Pokiza oyna”.
Unga istalgan shaklni chizish mumkin. Bolada olijanob ma’naviy –
axloqiy
xususiyatlarni shakllantirish uchun mashq uslubidan foydalanish, ya’ni uni
hayotda qo‘llashga o‘rgatis
h kerak.
Ibn Sino ta’lim
-tarbiyaning alohida guruhlar bilan suhbat uslubini
tavsiya
qiladi.
Eng muhimi bolaning shaxsini hurmat qilishdan boshlash kerak: “bolaga
zug‘um qilib, unga xurmat
-
sizlarcha munosabatda bo‘lmaslik, aksincha,
tengdosh o‘rtoqlarday gaplashish lozim”.
25
Olim suhbat, tushuntirish, misol
keltirish
singari uslublarning imkoniyatlari haqida so‘z yuritadi. “Salbiy
xislatlarni tuzatish, shaxsni qayta tarbiyalash muammosi haqida ham mulohaza
bildiradi. Buning uchun avvalo bolani har
tomonlama o‘rganish va shu asosda
undagi salbiy qiliqlarni bartaraf etish, ijodbiy fazilatlarni
shakllantirishga
kirishish mumkin.
Olim ayniqsa, jismoniy mashqlarga katta e’tibor beradi. Tug‘ilgan kunidan
boshlab bolaning jismoniy rivojlanishi xususida qay
g‘urish kerak, deydi. Buyuk
tabib bola jismidagi
har bir a’zoning salomatligini
ta’minlash uchun lozim
bo‘lgan maxsus mashq usullari ishlab chiqqan. Bu mashqlarni
tananing holatiga
muvofiq bajarish,
kamquvvat, zaif a’zolarni
og‘ir jismoniy mashqlar
bilan toliqtirmaslikni
ta’kidlaydi.U ishlab chiqqan mashqlar kichik va katta, juda
kuchli va zaif, tez va sekin, keskin va tez xarakatni
taqazo etadigan
harakatlarga bo‘linadi. Olim usullarni ham bayon qiladi.
Ibn Sino ta’lim
-
tarbiya jarayonida o‘qituvchining roliga katta e’tibor bilan
qaragan, yosh avlodni o‘qitadigan
tarbiyachi quyidagi talablarga muvofiq
faoliyat olib borishi lozimligini uqtiradi:
•
o‘quvchi
-
talabalar bilan munosabatni tashkil etishda mo‘‘tadil
(o‘rtacha) bo‘lish;
•
o‘quvchi
-talabalarning bilim va mahoratlaridan hayotda foydalana
olishlariga etibor berish;
•
o‘quvchi
-
talabalar bilan ishlashda turli usullarni qo‘llay olish;
•
o‘quvchi
-talabalarda bilim olishga nisbatan qiziqishni kuchaytirish;
•
o‘qituvchining gaplari va fikri o‘quvchi
-talabalarga tushu-
narli bo‘lishi
uchun har bir so‘zini imo
-ishoralar bilan bajarishi (binobarin, bu uslub
bolalarda his-hayajonni uygatadi);
•
tarbiyalanuvchilar ongiga kuyidagi yuksak axloqiy tamoyilni singdirishi
“faqat o‘zi uchun emas boshqalar uchun ham yashash kerak”.
Alloma asarlarida quyidagi pedagogik va didaktik tamo-
yillar, o‘quv
-tarbiya
shakl va usullari xususida so‘z yuritiladi.
•
tajriba;
•
sabablarning o‘zaro bog‘liqligi
tamoyili, analiz, sintez, umumlashtirish;
•
bolani darhol kitob o‘qish bilan bog‘lab qo‘ymaslik;
•
jamoa bo‘lib o‘qish;
•
mashqlar (ularning me’yorlanganligi, imkoniyat borligi, jamoatchilik,
o‘quvchi
-talabalarning qobiliyati va imkoniyatlarini hisobga olish);