Etuklik davri psixologiyasi



Yüklə 207,51 Kb.
səhifə1/12
tarix04.05.2023
ölçüsü207,51 Kb.
#108281
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
BEGZOD


ETUKLIK DAVRI PSIXOLOGIYASI



  1. Mutaxassislikning moxiyatiga, ishlab chiqarish shart-sharoitiga, mehnat jamoasi a’zolarining xususiyatiga moslashish (ko‘nikma)- mexnat faoliyatining dastlabki yillari (ta’minan1 yildan 3 yilgacha) jamoada o‘z o‘rnini topish va qadr qimmatga erishish;


  2. Mutaxassis sifatida o‘zini takomilashtirish uchun ijodiy izlanishni amalga oshirish yoki kasb-korlik maxoratini egallash;


  3. Maxorat sirlaridan foydalanish, tashabbus ko‘rsatish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda ijtimoiy etuklikni namoyish qilish yoki ijod faoliyatidagi barqaror ijod bosqichida bir tekis 10 yillab ishlab sifatli maxsulot yaratish namunasini ko‘rsatish.


YUqoridagi bosqichlar barcha kasbkor egalariga xos bo‘lsa-da, lekin ishlab chiqarishga ertaroq va kechroq kirib kelgan odamlar o‘rtasida Yosh jixatdan tafovut mavjud bo‘ladi. Masalan, kasb-xunar kollejlarini tamomlagan yigit-qizlar o‘z mexnat faoliyatini oliy ma’lumotli yoshlardan oldin boshlaydilar, biroq ular ham mazkur bosqichlarni bosib o‘tishlari shart.


Xozirgi mutaxassislarning ko‘pchiligi o‘quv yurtlaridagi nazariy bilimlar bilan amaliy ko‘nikmalar o‘rtasida uzilish mavjudligi sababli mustaqil faoliyatning dastlabki kunlaridan boshalab qator qiyinchiliklarga duch keladilar. Bu qiyinchiliklar o‘z moxiyatiga ko‘ra 3 xildir:
a) ijtimoiy qiyinchiliklar: notanish muhitni shart-sharoitlari, shaxslararo munosabatlarlar, mexnat jamoasining saviyasi, undagi kishilarning xarakter xislatlari, ishlab chiqarish jamoasining qadriyatlari, ma’naviyati, anxanalari va xakazo;
b)bilim va bilimga oid qiyinchiliklar: maxsus o‘quv yurtida olgan bilimlaridagi uzilishlar, saviyaning cheklanganligi, ijodiy izlanish faoliyatining zaifligi, tashabbuskorlikning etishmasligi va boshqalar;
v) mutaxassislik bilan bog‘liq o‘ziga xos qiyinchiliklar, ishlab chiqarishning moxiyati, xususiyati, texnologiya, qurilmalar, asboblar, amaliy ko‘nikmaning bo‘shligi yoki ular bilan etarli darajada tanishmaganlik, kasbning iqtisodiy negizini to‘la anglab etmaslik, xavfsizlik texnikasi muammolari oldida lol qolish.
Bu qiyinchiliklarni engish davridagi insonniing ruxiy xolatlari, jarayonlari, va xususiyatlarida miqdor hamda sifat o‘zgarishlari ro‘y beradi.
Psixofiziolog P.P.Lazarevning fikricha, eshitish, ko‘rish, periferik va kinesttetik sezgirlikningo‘zgarishi 20 yoshdan boshlanadi. Bu ma’lumotni chet el psixologlari Ful’ds, Raven, Pako kabilar yanada rivojlantirib aqliy va mantiqiy qobiliyatning mezoni 20 Yosh deb xisobladilar. B.G.Anan’ev o‘zining ilmiy tadqiqotlarida yoshlik davrida yigit va qizlardagi o‘zgarishlarni murakkab shaxs jixatlaridan umumiy ruxiy xolat, verbal va noverbal aqliy (mantiqiy funksiyalar) sodda jarayonlargacha (organizmdan issiqlik paydo bo‘lishdan metobolizm-modda almashinuvigacha), xatto shaxsning xususiyatigacha bo‘lgan xolatlarni o‘z ichiga qamrab olishini matematik usullarga aoslangan ilmiy ma’lumotlar va ularning chuqur sifat tahlili orqali ko‘rsatib o‘tadi. Ko‘zlarning farqlashdagi sezgirligi inson yoshiga qarab o‘zgarishini tadqiq qilgan S.V.Kravkov ko‘rish sezgirligining ortishi 25 yoshgacha davom etishini, barqarorlashuvi esa 25 yoshdan keyin ham davom qilishini ta’kidlaydi. B.G.Anan’ev labaratoriyasidan olingan natijalar inson funksional darajasining 23-27 yoshlaridagi yigit-qizlarda 44%, funksional xolatning barqarorlashuvi 19,8%, funksional darajasining pasayishi 36,2% tengdir. Bu ma’lumotlar kamolot bosqichining turli mikrodavrlarida o‘sish jihatlarining o‘zaro munosabati xar-xil kechishini ko‘rsatib turibdi. YU.N.Kulyutkin katta kishilarning diqqat, xotira, tafakkur, bilish jarayonlarini birgalikda oraliqni tekshirib, 22-25 yoshlarda diqqat va xotira 100,5% tafakkur 102,5%(xotira 97,0 ballga tengligini 26-29 yoshlarda esa diqqat 102,8 xotira 97,0 tafakkur 95,0 ball ekanligini isbotlab berdi. Amerikalik olim V.SHevchuk voyaga etgan odamlarda ijodiy faoliyatning boshlanish nuqtasini tadqiq qilib, 11-20 yoshlar oralig‘ida 12,5%, 21-30 yoshlarda esa 66% ekanini aniqladi. Ziyolilarning ilmiy maxsuli dinamikasini o‘rgangan Z.F.Esarova uning boshlanishi matematiklarda 18-23, fiziklarda 24-27, biologlarda 25-31, psixologlarda 27-30, tarixchilarda 27-32, filologlarda 28-33 yoshlarni tashkil qilishni ko‘rsatib o‘tadi. YOshlarning ijtimoiy hayotda qatnashuvini o‘rgangan V.SHevchuk ijtimoiy faoliyatga kirishni eng yuqori cho‘qqisi 25 Yosh ekanini aniqlab, bu xol odamlarning 45,4% bo‘lishini ma’lum qiladi. Uning fikricha, qolgan Yosh davrlarida insonning jamoatchilik faoliyati nisbatan juda kichik birlikni tashkil qiladi, xatto u 45 yoshda 3% teng bo‘ladi.
Kishilarda ko‘rish maydoni chegarasi xususiyatini o‘rgangan L.N.Kuleshova va M.D. Aleksandrovalar 18-35 yoshlardagi xaydovchilarda uning uch xil: normadan ortiq 11%, normada 47%, qolgalarida etalon bo‘yicha normadan kam bo‘lishini ta’kidlaydilar. 23-28 yoshgacha davrda qator funksiyalar darajasining o‘zgarishi, takomilashuvi: ko‘rish maydonining ko‘lami, ko‘z bilan masofani chamalash, fazoviy tasavvur, bilish darajalari; anglash, diqqat va idrokning yaxlitligi hamda o‘zgarmaslikning o‘sishi boshqa faoliyat va ko‘rish ta’sirchanligi, qisqa muddatli ko‘rish xotirasi yoki mustaxkamlanishi namayon bo‘ladi: 22-25 yoshlarda 2 xil omillar doirasi vujudga keladi va ular mnemologik va attensional majmuasidan iborat bo‘ladi.
YOshlik davrida yigit-qizlar kamolotiga 3 ta muhim psixologik mexanizm; mehnat jamoasi, oila mikro muhiti va norasmiy ulfatlar ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, mexnat jamoasidagi psixologik iqlim, ma’naviyat olami, berqarorlik, ijtimoiy ong, ijtimoiy qadriyatlar, muayyan an’analar va odatlar yangi a’zoning xarakterida ijobiy yoki salbiy o‘zgarishni vujudga keltirish mumkin. Mazkur ta’sir natijasida asta-sekin umuminsoniy fazilatlar tarkib topishi yoki muayyan shaxsiy nuqtai-nazar yo‘qolishi mumkin. Mexnat jamoasiga yangi quyilgan a’zo unda o‘z o‘rni va qadr-qimmatini qaror toptirish uchun bir qator yon berishga, o‘z maslagidan sal bo‘lsa-da chetlashishga majbur bo‘ladi. Bu yo‘l jamoasidagi psixologik iqlimga moslashish maqsadida ichki ruxiy ziddiyatlarga, murakab kechinmalarga, unsiz tug‘yonga qarshi qo‘yilgan qadam xisoblanadi. SHuning uchun yakka shaxs xarakterini shakllantiruvchi yoki uning mustaqil ichki rishtalarini emiruvchi omil mexnat jamoasidagi ijtimoiy fikrdir. Jamoaga bo‘ysunish xar bir a’zoning burchidir. Ayrim xollarda ko‘pchilikning tazyiqiga uchragan shaxsda prinsipiallik, adolatlilik singari xislar, shaxsiy nuqtai-nazar bo‘shashib qoladi., natijada unda ikkilanish tuyg‘usi paydo bo‘ladi. YOshlik gashtini surayotgan yigit va qizlar ota-onasiga, buva-buvisiga, opa-singillariga, aka-ukalariga, turmush o‘rtog‘iga farzandlariga oqilona munosabatda, oila a’zolarining har biri bilan to‘g‘ri muloqotda bo‘lishi, muayyan qoidaga asoslangan muomala qilish shart. Oiladagi shaxslararo munosabatlar ko‘lami kengligi sababli bir nechta bosqichli muloqotga asoslanishi shart. Lekin oila tinchligi, totuvligi va axilligiga xalal bermaslik niyatida Yosh yigit va qizlar vijdon amriga qarshi xatti-xarakat qilishga ham majbur bo‘ladilar. O‘z maslaklari, fikrlari, shaxsiy qarashlariga xilof yo‘l tutadilar. Dilkashlik uchun har bir oila a’zosi bilan umumiy «til» topishga intiladilar. SHunga ko‘ra oila muhiti ham yigit qizlarning ruxiyati hamda ma’naviyatini o‘zgartiradigan omil vazifasini o‘taydi.
Inson uchun psixologik mexanizm rolini bajaruvchi yana bir omil ulfatlar davrasidir. Ulfatlar odatda shaxsiy mayli, qiziqishi, intilishi, orzu-istagi, maqsadi, qarashalri, yoshi va xulqi bir-biriga mos tengdoshlardan iboratdir. Ko‘ngilchanlik, do‘stlar ra’yiga qarshi bormaslik tufayli yoshlar xarakterida xislar, barqaror e’tiqod, ilmiy dunyoqarash, ichki kechinmalar, mustaqillik va tashabbuskorlik tuyg‘ulari namayon bo‘ladi, ya’ni «Do‘sting uchun zaxar yut» qabilida ish tutiladi. Natijada maxsuliyatsizlik, loqaydlik, ikkiyuzlamachilik, bevafolik singari illatlar tarkib topa boshlaydi. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, ulfatlar davrasida yangi fazilatlarni ishbilarmonlikni, amaliy ko‘nikmalarni egallash imkoniyati ham yuzaga keladi.
SHu boisdan ulfatchilikka faqat maishat nuqtai-nazaridan yondoshmay, uning mazkur imkoniyatlaridan foydalnish ayni muddaodir.
YOshlik davri insonning kuch-quvvatga orzu havasga, ijodiy rejalariga, izlash va izlanishlariga, imkoniyatlarga boy davridir. Kelajak taqdiri, mo‘lko‘lchilik, farovonlik, madaniyat yoshlarga bog‘liq, shuning uchun ularning istiqbol rejalari, yaratgan loyixalari, shakllanayotgan ma’naviy va ruxiy olami xech kimni befarq qoldirmasligi kerak.


Yüklə 207,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə