Sharq adabiyotshunosligi, adabiy aloqalar va millatlararo


“Sharq tillarini o‘qitishning dolzarb



Yüklə 382,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix28.11.2023
ölçüsü382,4 Kb.
#134825
1   2   3   4   5   6   7   8   9
sharq-adabiyotshunosligi-adabiy-aloqalar-va-millatlararo

“Sharq tillarini o‘qitishning dolzarb 
masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy 
konferensiya 
 
VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 24 
ISSN 2181-1784 
SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7
 
233 
w
www.oriens.uz
June 
2022
 
dostonlari materiallari asosida o‘zbek va koreys qahramonlik eposlari qiyosiy 
tahliliga bag‘ishlangan doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. (manba:“12news.uz”) 
Xususan, ikki doston quyidagi xususiyatlari bilan bir-biriga oʻxshaydi. 
Alpomish va Jumong juda koʻp noyob qobiliyatlarga ega. Masalan, ikki qahramon 
ham kamondan bexato oʻq uza olishi bilan mashhur. Alpomish oʻzining mardligi va 
jasorati tufayli Barchinni qutqarib, el-yurti, yori va xalqining oriyatini, manfaatini 
himoya qiladi. Jumong ham barcha qiyinchiliklarni yengib, oʻzi orzu qilgan saltanatni 
bunyod etadi.Jumong obrazida ham koʻpgina ijobiy xususiyatlar mavjud. Ularning 
aksari ilohiylik vositasida aks ettirilgan. Alpomishning fazilatlari esa tabiiy va 
ishonarli. Shuning uchun bugungacha uning sifatlari oʻzbek oʻgʻlonlariga ibrat boʻlib 
keladi. Birgina misol: Alpomish Qalmoq eli zindonida edi. Doʻsti Qorajon daragini 
topib keladi va chohga arqon tashlaydi. Chirmoviqqa osilib chiqayotgan alp negadir 
yarim yoʻlda arqonni kesib, zindonga qaytadi. Alpning ori keladi, ertaga yuzimga 
solmasin deydi. Mana sizga haqiqiy yigitning or-nomusi. Qadimgi turkiylar 
an‘anasiga koʻra, kishining jamiyatda tutgan mavqeyi va koʻrsatgan jasoratlariga 
qarab ism ham oʻzgartirilgan. Har ikki dostonda ham qahramonlarga ism qoʻyish 
jarayoni alohida ahamiyatga ega. Ular qaysidir jasorati tufayli ikkinchi bir ulugʻ 
nomga sazovor boʻladi. 
XULOSA VA TAKLIFLAR 
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, jamiyatda inson kamolotining shakllanishi 
badiiy soʻz va uning qudratiga bevosita bogʻliq. Bir mamlakat adabiyoti ikkinchi 
mamlakat adabiyotiga taʼsir etmasdan qolmaydi. Sharqning oʻziga xosligi ham 
shundadir. Millatlararo totuvlik va hamjihatlikni ham adabiyot taʼminlaydi desam 
adashmagan boʻlaman. Sharq adabiyotshunosligini oʻrganish inson boʻlish demakdir. 
Zero bir necha ming yillik tarixga ega boʻlgan buyuk xazina hamisha ruhiyatni 
oziqlantiradi. Yana eʼtiborli jihati Sharq adabiyoti bir-biriga chambarchas bogʻliq, 
birini birisiz tasavvur qila olmaymiz. Har biri oʻzgasiga taʼsir oʻtkazmasdan qolmaydi.
Ularni bir-biridan ajratib boʻlmaydi. Sharq adabiyotshunosligining ushbu uygʻunligi 
xalqlarning maʼnaviy qiyofasi birligidan dalolat beradi, uni oʻrganish orqali esa hayot 
mohiyatini anglash mumkin. Tarjima asarlarning koʻpayishi, ular bilan tanishishdagi 
eng oson yoʻldir. Shuning uchun ham bugun Sharq tillarini oʻrganish va oʻrgatish 
davlat ahamiyatiga molik masaladir. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 
Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy 
salohiyatni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori nafaqat zamon ehtiyoji, balki 
ayni damda ruhiyatning ehtiyojidir. Zeroki, qaysi mamlakat insonlarini koʻnglini 



Yüklə 382,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə