Sharq adabiyotshunosligi, adabiy aloqalar va millatlararo


“Sharq tillarini o‘qitishning dolzarb



Yüklə 382,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix28.11.2023
ölçüsü382,4 Kb.
#134825
1   2   3   4   5   6   7   8   9
sharq-adabiyotshunosligi-adabiy-aloqalar-va-millatlararo

“Sharq tillarini o‘qitishning dolzarb 
masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy 
konferensiya 
 
VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 24 
ISSN 2181-1784 
SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7
 
231 
w
www.oriens.uz
June 
2022
 
barqaror o‘rta asr madaniy an’analarining mavjudligi, boshqa tomondan esa
ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning tezlashuvi va jahon madaniyati bilan bo‘lgan
aloqalarning kengayishi singari omillar ta’siri ostida sodir bo‘ldi. Bugungi arab 
adabiyoti bir mamlakat emas, balki Misr, Suriya, Iroq, Tunis, Marokash, Saudiya 
Arabistoni kabi xalqlarning maʼnaviy boyliklarini oʻz ichiga oladi. Bu degani birgina 
arab tili orqali ushbu davlatlar hayoti va madaniyatini anglash mumkin. Yangi arab 
adabiyotining o‘ziga xos ahamiyatini to‘g‘ri baholab, muntazam o‘rganish, uning 
milliy merosini toʻgʻri tatbiq etish, boshqa Sharq mamlakatlaridagi adabiy 
jarayonlarni o‘rganishda poydevor vazifasini o‘taydi. Zeroki u butun Osiyoga oʻz 
taʼsirini oʻtkazgan.
Oʻzbekiston va Xitoy adabiyoti oʻziga xosligi, yangi zamon Xitoy adabiyoti. 
Xitoy adabiyoti Ibroniy va hind tillari bilan bir qatorda tug'ilishidan buyon 
uzluksiz davom etayotgan eng qadimiy adabiy an'ana va jarayonlardan biridir. Agar 
Xitoy sivilizatsiyaning dastlabki elementlarini rivojlantirgan joylardan biri deb 
hisoblasak, bu qarash boshqacha bo'lishi mumkin ham emas. Bevosita Xitoy 
adabiyoti deganimizda koʻz oldimizda eng birinchi Konfutsiy gavdalanadi. Konfutsiy 
(xitoycha 
孔子
, mil. avv. 551-479 yil) — Xitoy faylasufi, konfutsiychilik asoschisi va 
siyosiy arbob boʻlgan. Uning saboqlari va faylasufligi Xitoy, Koreya, Yaponiya va 
Vetnam xalqlarining oʻy-fikri va hayotiga chuqur taʼsir koʻrsatgan.(Wikipedia) 
Konfutsiy hikmatlari Sharq adabiyotining pand-nasihat yoʻnalishida yozilgan yirik 
maʼnaviy merosdir. Ushbu jihati bilan Xitoyning qadimgi adabiyoti Movarounnahr 
va Xurosonda mavjud boʻlgan adabiy qarashlarga oʻxshaydi. Misol uchun buyuk 
maʼrifatparvar shoir Alisher Navoiy ham oʻz ijodini, eng avvalo, insonni komil 
boʻlishiga bagʻishlagan, shuningdek asarlariga didaktik ahamiyat va eʼtibor qaratgan. 
Konfutsiy hikmatlarini Alisher Navoiyning birgina "Xamsa" asari tarkibiga kiruvchi 
"Hayrat ul-abror"ga qiyoslashimiz mumkin. Konfutsiyning "Jarohat uchun adolatni, 
ezgulik uchun faqatgina ezgulikni qalqon biling"(Sevara Alijonova tarjimasi) hikmati 
"Hayrat ul-abror"ning uchinchi maqolati-Salotin bobiga toʻgʻri keladi. Yoxud 
Xitoyga boʻlgan munosabatni Alisher Navoiy "Farhod va Shirin" asarida Farhodning 
tugʻilishida ifoda etadi, yani uning mamlakatini Chin deb ataydi. Ushbu jihatlar har 
ikkala millatning bir-biriga azaldan yaqinligiga dalolat beradi. Yangi zamon Xitoy 
adabiyoti bir necha xususiyatlari bilan bugun farq qiladi. 20-asr davomida xitoy 
adabiyoti zamonaviylikka qo'shila boshladi, ammo bu jarayon 1949 yildagi inqilob 
bilan to'xtatildi. 70-yillarning oxiriga qadar adabiyot "sotsialistik realizm" bilan 
ajralib turardi va eng zamonaviy tendentsiyalarga ega bo'lmagan edi. Bu holat so'nggi 
o'n yilliklarda o'zgarib, Xitoy adabiyoti Osiyo ichida va tashqarisida katta erkinlik 



Yüklə 382,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə