Sharq adabiyotshunosligi, adabiy aloqalar va millatlararo


“Sharq tillarini o‘qitishning dolzarb



Yüklə 382,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix28.11.2023
ölçüsü382,4 Kb.
#134825
1   2   3   4   5   6   7   8   9
sharq-adabiyotshunosligi-adabiy-aloqalar-va-millatlararo

“Sharq tillarini o‘qitishning dolzarb 
masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy 
konferensiya 
 
VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 24 
ISSN 2181-1784 
SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7
 
230 
w
www.oriens.uz
June 
2022
 
asarlarni jamlagan boʻlsa, gʻarbda hayotga muhabbat, insonlarni sevish, umrdan zavq 
olish kabi gʻoyalar ilgari suriladi. Qiyosiy olib qaraganda, Osiyoning axloqini 
tarbiyalagan Navoiy, Lutfiy, Bobur, Konfutsiy kabi ijodkorlar Sharq olamiga nasr va 
nazmning bir necha ming yillik tamal toshini qoʻyib ketdi. Ularning davomi sifatida 
bugun ham jamiyatga xos boʻlgan qarashlarni, muammolarni olib chiqadigan 
ijodkorlar tugʻilmoqda. Kitobxonga oʻz ruhiyatini singdirayotgan, axloqan tuzatish va 
tarbiyalashga hissa qoʻshayotgan, millatning yaqqol fikrini ochiqlayotgan qalam 
sohiblari qatlami oʻz tasavvuri orqali davlat va jamiyat manfaatlariga xizmat 
qilmoqda. Bundan tashqari adabiyotning bir necha yoʻllarida ham Osiyo davlatlari 
odimlamoqda. Misol uchun buyuk yapon muallifi Yasunari Kavabata 1968-yilda 
adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan. 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA NATIJALAR 
Sharq mamlakatlari adabiyoti xususida ko’plab ilmiy ishlar amalga oshirilyapti. 
Xususan forsiy, o’zbek va arab tillardagi adabiy manabalardan ham keng 
foydalanilgan. Navoiyning Xamsasi tarkibiga kiruvchi “Hayrat-ulm Abror”asarida 
kupgina ma’lumotlardan foydalanish mumkin. Bundan tashqari Konfutsiy 
hikmatlarining yoritilib berilganligini ko’rishimiz mumkin. 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Oʻzbekiston va arab adabiyotining oʻziga xosligi, yangi zamon arab adabiyoti. 
Oʻrta Osiyo adabiyoti, uning istiqboli va taraqqiyotiga Yaqin va Uzoq Osiyo 
soʻz sanʼati bevosita oʻz taʼsirini koʻrsatgan. Islom dini Movarounnahrga kirib 
kelgach, koʻplab sohalar singari badiiy soʻz qudratida ham oʻzini namoyon qila 
boshladi. Aruz vazni va uning keng imkoniyatlari xalq lirikasiga singib, ijodkor bilan 
simfonik uygʻunlikni hosil qildi. Didaktik ruhdagi taʼlim asarlarga singdirildi. Ushbu 
davrda yaratilgan asarlar xalq maʼnaviyatining koʻzgusi boʻlib xizmat qildi. Arab 
adabiyotiga xos uslublarga yaqinlashish avvaldan mavjud boʻlgan qarashlarni yanada 
mukammallashtirdi. Ilohiylikka urgʻu berish orqali xalq shuurida tasavvuf va 
soʻfiylik darslari ildiz ota boshladi. Ushbu davrda adabiyotga oddiy soʻz sanʼati emas, 
balki millatni tarbiya etadigan vosita sifatida eʼtirof etishdi. Qadimgi arab 
adabiyotining uslubiy taraqqiyoti shu jihati bilan Markaziy Osiyo madaniyati va 
maʼnaviyatiga bebaho xazina boʻlib qoʻshildi.
Biroq, qadimgi va o‘rta asrlarda gullab-yashnagan arab adabiyoti yangi
davr bo‘sag‘asida qoloq, susaygan taraqqiyot bosqichini boshdan kechirib, ilgarilab 
ketgan Yevropa adabiyotining ketidan quvishga majbur bo‘ldi. O‘rta asrlarda
vujudga kelgan madaniy, adabiy umumiylikning parchalanishi va milliy 
adabiyotlarning shakllantirish jarayoni arab Sharqida, bir tomondan, qudratli,



Yüklə 382,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə