Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy siyosiy fanlar fakulteti psixologiya kafedrasi «eksperimental psixologiya» fanidan



Yüklə 406,93 Kb.
səhifə3/7
tarix08.06.2023
ölçüsü406,93 Kb.
#116129
1   2   3   4   5   6   7
Toshboyeva Iroda kurs ishi eksperimental psixologiya

Kurs ishning maqsadi:


Kichik maktab yoshi o`quvchilarida ixtiyoriy diqqatni rivojlantirishning psixologik xususiyatlarini o`rganish.

Kurs ishining vazifalari:


  • Tanlangan mavzuga oid adabiyotlarni o`rganish, tahlil qilish psixologik ta'limotlarni umumlashtirish:

  • o`quvchilarining diqqatni rivojlantirishning ahamiyatini psixologik tahlil qilish.

  • o`quvchilarining diqqatni rivojlantirishning psixologik xususiyatlarini aniqlash;

  • o`quvchilarining diqqatni rivojlantirishning samarali mеtod va vositalarini aniqlash;

Kurs ishning obyekti: Boshlang`ich sinf o`quvchilari.
Kurs ishning predmeti: Kichik maktab yoshi o`quvchilarining diqqatni rivojlantirish bosqichlarini aqliy rivojlanishiga ta`sir etuvchi omillar, bilish jarayonlarini rivojlantirish usullari.

Kurs ishning amaliy ahamiyati:


  • Boshlang`ich ta`lim tizimida o`quvchilar diqqat ini rivojlantirishda yuzaga keladigan muammolarning yechishda psixologiya yo`ndashuvlarining nazariy va amaliy tomonlaridan foydalanish mumkin.

  • Yosh va pedagogik psixologiya fanini o`tishda foydalanish mumkin.



Kurs ishining tuzilisi. Kirish, asosiy qism boblari, I-bob nazariy qism bo`lib, 2 paragrafdan iborat, II-bob amaliy qism ham 2 paragrafdan iborat, III-bob xulosa va tavsiyalar , foydalanilgan adabiyotlar ro`yxari, ilovalardan iborat.


DIQQAT HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Diqqat psixik faoliyatning yo`naltirilishi va shaxs uchun ma`lum ahamiyatga ega bo`lgan ob`ekt ustida to`planishidan iborat bilish jarayonidir. Yo`naltirilish deganda, psixik faoliyatning tanlovchilik tabiati, ob`ektni ixtiyoriy va beixtiyoriy tanlash tushuniladi. O`quvchi maktabda o`qituvchi gapirayotgan gaplarni eshitib o`tirganda, u mana shu eshitib o`tirish faoliyatini ongli ravishda tanlab olgan, uning diqqati ongli ravishda qo`zg`algan, shu maqsadga bo`ysundirilgan bo`ladi. O`quvchining biron boshqa narsaga chalg`imasdan o`quv materialining mazmuniga zehn qo`yib o`tirishida uning psixik faoliyatining yo`nalishi ifodalanadi.
Psixik faoliyatning yo`naltirilishi deganda ana shu faoliyatning tanlashgina tushunilib kelmay, balki ana shu tanlanganni saqlab va qo`llab-quvvatlash tushuniladi. O`quvchilar diqqatini jalb qilish qiyinligini har qanday pedagog biladi. Buning uchun maxsus pedagogik usullardan foydalanish zarur bo`ladi. Diqqatda psixik faoliyatning yo`naltirilishi bilan birga uning to`planishi mazkur faoliyatga hech qanday aloqasi bo`lmagan boshqa narsalardek, hamma faoliyatdan diqqatni chalg`itish demakdir. Diqqatning bir joyga to`planishi deganda mazkur faoliyatga butunlay berilish, unga ozmi - ko`pmi chuqur e`tibor berish tushuniladi. Qandaydir bir suratli kitobni tez ko`rib chiqish maqsadida uni varaqlab chiqish mumkin. Bunday holda diqqatning to`planishi kuchli bo`lmaydi. Birorta qiyinroq kitobni undagi har bir bayon qilingan fikrni tushunib olishga intilib va undagi murakkab masalani boshidan oxirigacha tushunib olish har tomonlama o`zaro munosabatlarni qarab chiqish maqsadida uqish mumkin. Bu holatdagi diqqatning to`planishi juda kuchli bo`ladi. Masalan: Uyga topshiriq berilgan inshoni yozib o`tirgan o`quvchi ba`zan uyda boshqalarning gapini, radioning ovozini eshitmaydi. Unda diqqatniing to`planishi kuchli bo`ladi.
Maktabda ta’lim tarbiya ishlarini tashkil qilishda boshlang`ich sinf o’quvchilrning anamotik fiziologik xususiyatlari jismoniy kamolot darajasini xisobga olish muvaffaqiyat qarovidir.

Mazkur yoshdagi o’quvchining idroki o’zining xatti harakati o’yin va mehnat faoliyati bilan bevosita bog’liqdir. Qandaydir narsani idrok etish o’sha narsa bilan mashg’ul bo’lishini. Anglatib keladi. O’quvchi o’zining ehtiyoji mayli qiziqish intilishi va turmush faoliyatiga mos, shuningdek, o’qituvchi tavsiya etgan. Savollar tug’iladi. O’quvchilarning vaqti idrok qilish ham tor ma’nodagi tushunchalardan iborat bo’ladi va ular asr eramizdan avvalgi davr kabi atamalarni nimaligini tushunmaydilar.


Harakat deganda o’quvchi ko’pincha jismoniy mexanik harakatini nazarda tutadi, lekin uning biologik ijtimoiy kimyoviy xarakatlarni bilishi to’g’risida gap ham bo’lishi mumkin emas.
O’quvchi hatto samolyot qush, reketa va o’qing tezligini ham noto’g’ri idrok qiladi. Masalan u – doirasida qirilib bitgan bayahbat kaltakesaklar haqidagi ma’lumiotni eshitgan bo’lsa, uyda kelib buvisidan uni ko’rgan yoki ko’rsatmaganligi so’raydi. Ta’lim jarayonida va kattalarning yordami bilan turmush tajribasining o’rtishi tufayli o’quvchilarda jazo vaqt va harakatni idrok qilish ko’lami kengayadi. Ular vujudga kelgan savollarga javob to’pa beradilar. Bundan tashqari ularning nazariy bilimlari amaliy faoliyatda sinab ko’rish orqali ham boyib boradi.




    1. Yüklə 406,93 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə