1
BERUNIYNING "QADIMGI XALQLARDAN QOLGAN YODGORLIKLAR"
ASARINING ADABIYOTIMIZDAGI OʻRNI
Rasulova Rayxon Baxritdinovna, Toshkent viloyati
Сhirchiq davlat pedagogika instituti oʻqituvchisi
Jumanazarova Umidaxon Rustambekovna, Toshkent
Viloyati Сhirchiq davlat pedagogika instituti talabasi
Bugungi kunda buyuk allomalarimizning juda koʻplab buyuk asarlari, jumladan,
badiiy, tarixiy, falsafiy, didaktik asarlari oʻzbek olimlarimiz tomonidan barmoq bilan
sanarli darajada oʻrganilyapti. Bu esa juda achinarli holat desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Negaki bunday asarlarimizda biz uchun kerak boʻlgan maʼlumot va isbotlangan
faktlar talaygina. Ushbu asarlar nainki oʻzbek adabiyoti, balki tarix uchun ham
bebaho xazina desam adashmayman. Mana shunday asarlar qatoriga Ibn Sinoning "
Hay Ibn Yaqzon", Rashididdin Hamadoniyning "Jome ut-tavorix", Beruniyning
"Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" va boshqa koʻplab asarlarni misol qilib
keltirish mumkin. Bular toʻgʻrisida yetarlicha maʼlumotlarga ega boʻlmas ekanmiz
yosh avlodga yetkazishda turli qiyinchiliklarga duch kelaveramiz. Toʻgʻri izlanishlar
yetarlicha dermiz, ammo eng xorijlik olimlar tomonidan oʻrganilgan. Oliy taʼlim
dasturlariga kiritilganligi bois juda koʻp talabalarda asarlarni oʻrganishda
muammolarga duch kelganliklarini kuzatdim. Ushbu muammolarni bartaraf etish
uchun bunday ilmiy izlanishlarni koʻpaytirishimiz lozim. Shunga koʻra Abu Rayxon
Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asari haqida oʻz
izlanishlarimni bayon qilaman.Sharqda ilk Uyg’onish davrining qomusiy olimlaridan
biri Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al-Beruniy (973, 4-sentyabr — 1048, 11-
dekabr) umumjahon tabiiy-ilmiy va ijtimoiy fanlar rivojiga katta ta’sir ko’rsatgan
buyuk aql-zakovat sohibidir. Uning dunyoqarashi X asrning ikkinchi yarmi va XI
asrning boshida Markaziy Osiyoda rivojlangan feodalizm qaror topayotgan g’oyat
murakkab, jo’shqin voqealarga boy tarixiy vaziyatda shakllandi. Birinchi ustozi
bo’lmish Abu Nasr Mansur ibn Ali ibn Iroq uni Evklid geometriyasi va Ptolemey
asarlari bilan tanishtiradi. Ibn Iroq unga Xorazmning turli shaharlaridagi madrasalarda
va mashhur ustozlaridan ta’lim olishga yaqindan yordam bergan. Shuningdek, Abu
Rayhon Beruniyning tabiiy-ilmiy va ma’rifiy-pedagogik hamda psixologik
qarashlarining shakllanishida qomusiy olimlardan Muhammad al-Xorazmiy (780-
850), Abu Abbos Ahmad Farg’oniy (IX asr), Marvoziy (IX asr), Javhariy (IX asr),
Abu Nasr Forobiy (870-950), Abul Vafo Buzxoniy (840-938), Abu Said as-Sijiy
(951-1024) hamda yunon olimlaridan Fales, Pifagor, Arximed, Galen, Gippokrat,
Evklid, Ptolemey, Platon, Aristotel`, hind olimi Bramagupta va boshqalarning asarlari
ta’lim va tarbiya maktabi vazifasini o’tadi. Beruniy bu olimlarning asarlarini o’qib
bilish uchun yoshligidanoq arab, fors, yunon, sanskrit, yahudiy tillarini puxta o’rgandi.
Astronomiya, astrologiya, falsafa, matematika, fizika, geodeziya, geologiya,
2
farmakognoziya, mineralogiya, tarix, adabiyotshunoslik, tarjimonlik, lug’atshunoslik
kabi sohalarda juda koʻp tadqiqotlar olib borib, badiiy asarlar yaratib buyuk
samaralarga erishdi.Mahmud G’aznaviyning o’g’li Mas’ud davrida Beruniy o’zining
falakiyot va fizikaga oid mashhur “Qonuni Mas’ud” asarini yozib, uni Mas’ud
nomiga bag’ishlaydi. Shuningdek, olim ana shu davrda yaratilgan “Joylar
chegaralarini aniqlash uchun turar joylarning masofalarini belgilash” (“Geodeziya”)
asarida Quyosh va Oyning tutilish sabablarini, joylarning jo’g’rofik kengliklarini
aniqlash yo’llarini tushuntirib beradi. “Javohirlarni bilish va umumiy kitob”
(“Mineralogiya”) asarida qimmatbaho tosh va minerallarni, ularning xossa va
xususiyatlarini, solishtirma og’irligi, qattiqlik darajasi, rangi, tiniqligi va boshqa fizik
xossalarni bayon qilgan. “Saydana” (“Farmakognoziya”) asarida Beruniy qadimgi
yunon va o’rta asr Sharqi, Markaziy Osiyo, Eron, Hindiston va arab mamlakatlarining
madaniyat tarixini tadqiq qilish ishiga ham ulkan hissa qo’shdi. Olimning eng
mashhur asarlaridan biri «Osor ul-boqiya»« (Qadimgi xalqlardan qolgan
yodgorliklar»)dir. Beruniy 150 dan ziyod bebaho asarlar yozib qoldirdi. Ulardan
bizgacha 30 dan ortiq asar yetib kelgan, xolos.Abu Rayhon Beruniyning birinchi yirik
asari “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” hisoblanadi. Asarning arabcha nomi
“Al osor al-boqiya an al-qurun al-xoliya” bo‘lib, Yevropada “Xronologiya”, o‘zbek
sharqshunosligida “Osor al-boqiya” nomi bilan mashhurdir. Maʼlumotlarga
qaraganda Beruniy bu kitobni Jurjonda muhojirlik davrida yoza boshlagan va oʻsha
yerda tamomlagan. Bu vaqtda olim endigina 27 yoshga kirgan edi.“Qadimgi
xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida Beruniy fanning hamma sohalariga
qiziquvchi buyuk olim ekanligini yana bir bor ko‘rsatdi va unga bu asari juda katta
shuhrat keltirdi. Hatto bugungi kunga kelib ham, ushbu kitob O‘rta Osiy xalqlari,
ularning madaniyati va tarixini o‘rganishda juda muhim ahamiyatga egadir. Beruniy
turli xalqlarning kelib chiqishi, yaʼni etnogenezi va etnik tarixiga oid ham diqqatga
sazovor fikr-mulohazalar bildirgan. Shuningdek, asarda qadim xalqlarning taqvim
tizimi hamda alohida kunlari haqida ham juda qiziqarli ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.
Beruniy o‘z asarida xalqlar etnografiyasi, yil taqvimlari haqida yozar ekan, har bir oy
va unda nishonlanadigan Hayit, Navroʻz hamda turli bayram kunlari to‘g‘risida
to‘xtalib o‘tadi. Jumladan, olim xalqlarning bayramlari sabablarini turli vaqtlarda
kelib chiqqan afsona va rivoyatlari orqali misollar keltirish yo‘li bilan tushuntirishga
harakat qiladi. Uning yozishicha yilning birinchi oyi farvardin moh hisoblanib, ushbu
oyning birinchi kuni Navro'z bayrami nishonlanadi. Olim Navro'z haqida yozar ekan
eronliklar orasida ushbu kun bilan bog‘liq turli afsonalar mavjudligini, u o‘z asarida
faqat haqiqatga yaqin deb bilganlari keltirib o‘tayotganini ta’kidlaydi. “Aytishlaricha,”
– yozadi olim,- “shu kuni Xudo quyi olamni yaratib, unga yaratilgan ilk odam –
Qayumarsni podshoh qilgan” Ba’zi afsonalarga qaraganda esa Navro'z Xudo
maxluqotni yaratgan 6 kunning birinchisidir. Hashviyaliklar afsonalariga ko‘ra
Sulaymon ibn Dovud uzugini yo‘qotib shoxligi qo‘lidan ketdi. 40 kundan o‘tgandan
keyingina uzugi o‘z qo‘liga qaytib keladi. Bu bilan birga unga ravnaqi, sehri ham
3
qaytadi. Butun odamzod yig‘ilib, uni qutlab “Navro'z muborak” – “Yangi kun keldi”,
- deganlar. Va shundan boshlab bu kun Navro'z deb ataldi. Sulaymon shamolga
buyurdi, shamol uni ko‘tarib osmonga uchdi. Qarshisidan qaldirg‘och chiqib uyamni
bosib o‘tma, ichida tuxumlarim bor bor,dedi. Sulaymon Qaldirg‘ochga rahmi kelib
uning uyasini aylanib o‘tdi. Shamol uni yerga qo‘ygach, qaldirg‘och minnatdorchilik
sifatida tumshug‘ida suv keltirib unga suv sepdi hamda chigirtkaning bir oyog‘ini
hadya qildi. Olim fikricha eronliklar Navro'zda arg‘imchoqlar uchishgani, havoga
varraklar uchirishgani, bir birlariga shakar hadya qilishlarining sababi mana shu
afsona bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin.“Afsungarlar”-davom etadi Beruniy -
“Navro'z kuni tong otganda birov gap gapirishdan oldin 3 qoshiq asal yalab, uch
bo‘lak (xushbo‘y) mum tutatsa, bu ko‘p kasalliklarga shifo bo‘ladi”,- degan fikrlarni
bildiradi. Bayram va marosimlar to‘g‘risida yozar ekan, Xorazmliklarning hayitlari
ikki xil bo‘lganligini, ya’ni birinchisi, tabiat voqea hodisalari bilan bog‘liqlari: yil
boshi bayrami, gulxanda isinish bayrami, yog‘liq non yeyish kuni, Mina kechasi
kabilar, ikkinchisi esa Islom dini kirib kelgunga qadar o‘tkazilgan diniy marosimlar:
arvohlar uchun qabrlarga ovqat qo‘yish marosimi va shu kabilar to‘g‘risida
ma’lumotlar bergan. Beruniyning shaxsan o‘zi ham hayitlarni ikki guruhga bo‘lish
lozimligini yozib o‘tgan: bular diniy va dunyoviy hayitlar. Olim dunyoviy hayitlarni
mukarram hayitlar deb ataydi. Manbalarga ko‘ra ushbu hayit kunlari podshoh va
raislar o‘zlari uchun marosimlar o‘tkazganlar hamda ular orqali nafslarini
sevintirishga, ruhlarini shodlantirishga erishganlar, maqtov va madhga sazovor
bo‘lganlar, o‘z xalqlarining muhabbatini jalb qilganlar, duolar olganlar. Bu kunlarni
nishonlash oddiy xalq uchun ham bir marosimga aylangan. Ana shu hayitlar faqir va
kambag‘allar fikricha hayotlarining torligini kenglikka aylantiruvchi, umid va
orzularini yuzaga chiqaruvchi, halokatga yaqinlashganlarida ularni xatar va balodan
qutqaruvchi sabablarning biri bo‘lgan. Diniy hayitlarga kelganda, ularni davlatning
shariat arboblari, imomlari, faqihlari va dindorlari keltirib chiqarganlar, deydi Beruniy.
Bunday bayramlarni ijro etishdan maqsad yuqorida sanab o‘tilgan sabablarga
o‘xshash, lekin bu asosan oxirat kuni uchun o‘tkazilgan.Beruniy shu kabi hikoyalarda
turli urf-odat va marosimlarning kelib chiqish negizini koʻrsatib bergan. Hikoyalarni
saralashda
qayd
etganimizdek
eng
ishonchli
va
tarixiy
manbalarda
isbotlanganlarinigina asarda kiritgan. Yaʼni har bir hikoyani ham diniy, ham ilmiy
jihatdan taqqoslab oʻrganib chiqqan desak mubolagʻa boʻlmaydi. Asarda urf- odat va
anʼanalardan tashqari didaktik ruhdagi rivoyatlarni ham uchratishimiz mumkin.
Bunga misol qilib "Ochni toʻygʻaz", "Yomonning kasofati" va boshqa hikoyalarni
misol qila olamiz."Ochni to’yg’az" hikoyasi quyidagicha:"Xalifa Umar ibn Abdulaziz
o’g’li Abdullohning ming dirhamga bir qimmatbaho toshni sotib olganini eshitib,
o’g’liga xat yozibdi: “Menga yetib kelgan xabarga qaraganda, bir uzuk olibsan. Senga
nasihatim shu, darhol o’shani sotib, uning qiymatiga mingta ochning qornini to’yg’az.
O’zingga bo’lsa kumushdan uzuk qildir, uning ko’zi ham o’zidan bo’lsin”. Abdulloh
otasi aytganday qilibdi."Bu hikoya mazmunida eng qimmatbaho mol-dunyo ham bir
4
miskin odamning koʻnglini koʻtargandagi va unga gʻamxoʻrlik qilgandagi savobni
bermaydi deyilmoqda. Yaʼni yuqorida taʼkidlaganimizdek Beruniy diniy jihatdan ham
rivoyatlarni oʻrganib asarga kiritgan. Yaʼni islomda erkaklar kumush uzuk taqadilar.
Xalqimizda "Kim bir bechoraga bir yaxshilik qilsa, Olloh unga oʻn chandon ortiq
qilib qaytarar." degan gap bor. Ochlarga taom bermoqlik ham juda katta savob
boʻlishini juda yaxshi bilamiz. Yana bu hikoyada Xalifa Umarning xalqini oʻylashi,
hatto eng qimmatbaho boʻlgan narsalardan ham koʻra xalqining gʻami bilan yashashi
hikoyaning asosini tashkil etadi. Yana shunday bir ibratli hikoyalardan biri bu
"Yomonning kasofati" hikoyatidir. Bu hikoya ham didaktik, yaʼni tarbiyaviy ruh bilan
sugʻorilgan. "Yomonning kasofati" hikoyati quyidagicha: Bir kishi, ittifoqo, o’zi
tanimagan bir guruh bilan hamroh bo’lib qoldi. Bu kimsalar qaroqchilar bo’lib, bir
qishloqni bosib, xarob qilib qaytayotgan edilar. U kishi o’g’rilar bilan birga biroz yo’l
bosgach, qasoskorlar yetib kelib, ularni qo’lga oldi. Bu kishi garchi o’g’rilarga sherik
bo’lmasa ham, ularga qo’shilgani uchun azobga duchor bo’ldi. Xalqimizda bir maqol
bor "Qozonga yaqin yursang qorasi yuqadi, yomonga yaqin yursang balosi
yuqadi."Yuqoridagi hikoyada aynan maqolning isbotini koʻramiz desak mubolagʻa
boʻlmaydi. Bu asrlar osha sinalgan narsa. Hikoyaning mazmunidan shuni anglash
mumkinki, hamroh tanlashda hech qachon adashmaslik lozim. Yaʼni uni sinab,
yaxshilab bilib boʻlgandan soʻnggina birgalikda safar qilish eng yaxshi usullardan biri.
Axir aytishadi-ku "Sinalmagan otning sirtidan oʻtma" deb. Bu ayni haqiqat. Yomon
odamning kasofati doim tegadi. Asosiy gʻoya esa "Yaxshiga yondosh, yomondan
qoch" maqolida oʻz aksini topgan. Abu Rayxon Beruniyning "Osor ul-boqiya" asari
tarkibidagi afsona va rivoyatlar maʼlum bir tarixiy voqeani dalillash yoki rad qilish
uchun emas, zotan, bu asarning yozilish sabablarini koʻrsatadi, ammo amalda oshirish
nihoyatda murakkab boʻlganini yozadi. Ayniqsa, qadimgi xalqlar va ularning yil
hisoblari haqidagi rivoyatlar chalkashib ketgani, yolgʻon afsonalar va asossiz
maʼlumotlarga toʻlib- toshib ketganini taʼkidlaydi. Ayni paytda, Beruniy rivoyat va
afsonalarning haqiqiylarni ajratib, saralab olish uchun imkon boricha harakat qiladi.
Beruniyning bu tamoyili ham tarixiylik, ham haqqoniylikka asoslanganini sezish
qiyin emas. Yolgʻon va soxta rivoyatlar qadimgi Sharq xalqlarining hisoblari haqidagi
aniq ilmiy xulosalarga xalaqit berishi, ayniqsa, yolgʻon xulosalarga olib kelishi haqida
yozadi. Beruniyning asosiy maqsadi turli xalqlardagi yil hisobiga aniqlik kiritish,
ularda ilgari tadqiqotchilar yoʻqolgan kamchiliklarni tuzatish edi. Beruniy yil hisobi
uchun rivoyat va afsonalar, hikoyatlarning nihoyatda muhim dalil ekaniga ishonadi,
ularga suyanadi, ishonchsiz, shubhali rivoyatlar va afsonalarni rad qiladi. Uning
rivoyat va afsonalarni tanlashda oʻzi tayangan asoslangan usul haqida shunday yozadi:
"Men tutgan yoʻl va belgilangan usul oson emas, balki uzoq va qiyin yoʻldir. Xabar
va rivoyatlarga koʻplab kirib qolgan yolgʻon soʻzlarning hammasi ham ravshan emas.
Boshqa dalillar boʻlmaganda baʼzilarining yolgʻonligini bilib boʻlmasdi. Odamlar
hozir ham, oʻtgan zamonlarda ham shunday tabiiy hodisalarga duch kelgan, agar
oʻshanday hodisalar uzoq zamonlarda yuz bergan deb hikoya qilinsa, albatta, biz unga
5
ishonmasdik. Xalqlardan biriga tegishli xabarlarning hammasini aniqlab bilishga
inson umri kifoya qilmaydi-yu, hamma millatlar haqidagi xabarlarni bilishga qanday
kifoya etsin?! Bu mumkin emas!"Ushbu asarda ilmning ulugʻlanishi haqidagi
rivoyatlarni ham uchratishimiz mumkin. Xususan qadimda ilmga juda katta eʼtibor
qaratishgan. Har bir ilmni oʻrganish uchun oʻsha davrda asosiy talablardan biri qilib
tinimsiz mehnat va sabr-qanoatni qoʻyishgan. Ilmni muqaddas deb bilishgan. Buning
yorqin misolini quyidagi "Suqrotning javobi" parchasida koʻrishimiz mumkin:
"Qadimgi yunonlarda teriga yozish odati bo’lmagan edi. Keltirilishicha, Suqrotdan bu
haqda so’rashganda: “Ilmni tirik kishilar qalblaridan o’lik qo’ylarning terilariga
ko’chirmayman”, -degan ekan". Beruniyning rivoyat va afsonalarga bunday
yondashuvidan oʻzining pozitsiyasini aniqlashtiradi: u mazkur asarida nafaqat
etnograf tarixchi, balki adabiyotshunos olim sifatida namoyon boʻladi. Dunyo xalqlari
adabiy jarayonidan yaxshi xabardor, oʻz davridagi va oʻzidan oldingi adabiy
jarayonning qonuniyatlarini biladi. Rivoyat va afsonalar xalqqa yaqin adabiy janri
bolgani uchun ham Beruniyning diqqatini koʻproq tortgan. Beruniy oʻz davriga yaqin
boʻlgan rivoyatlarga murojaat etish tarafdori boʻlgan. Xoʻsh nima uchun? Negaki
rivoyatlar zamondan uzoqlashgani sari asliyatdan, haqiqiyligidan uzoqlashadi.
Beruniy bu hodisaning qonuniyat ekanini adabiyotshunos sifatida yaxshi biladi.
Beruniyning afsonalarni saralab olish tamoyilini quyidagicha bayon qiladi: "Ish shu
yoʼldan boradigan boʻlgach, u rivoyatlarning davrimizga eng yaqin va eng mashhurini,
songra yaqinroq va mashhurogʻini olishimiz lozim. Ularning baʼzilarini oʻz
arboblaridan qabul qilib, tuzatish mumkin boʻlganini tuzatamiz, boshqalarini oʻz
holicha qoldiramiz. Shunda biz keltirgan rivoyatlar haqiqatni qidiruvchi va hikmatni
sevuvchining boshqa rivoyatlar ustida ish yurgizishga yordamchi va bizga muyassar
boʻlmagan narsalarga erishish uchun yoʼlovchi boʻladi. Biz xudoning xohishi va
yordami bilan shunday qildik". Koʻryapmizki, Beruniy rivoyat va afsonalarni tanlash
metodlarini ishlab chiqib bizga taqdim qilmoqda. Bu metod esa yana bir bor tarixiylik
prinsipi badiiy asarni tanlash, oʼrganish va undan foydalanishga alohida eʼtiborni
tortadi. Abu Rayhon Beruniy rivoyatni haqiqatni qidiruvchi deb ataydi. Beruniy bu
gapi bilan rivoyatlaming asardagi o‘rniga baho beradi. Beruniy uchun tarixiylik
tamoyili bilan haqiqatni qidiruvchi rivoyat bitta vosita, bu rivoyatlar ma’lum bir
voqelikni yoki detalni isbotlash uchun keltirilgan yagona dalil. Rivoyatlar boshqalar
uchun yo‘l ko‘rsatuvchi ekanini Beruniy ta’kidlar ekan, bundan rivoyatlaming
tarbiyaviy ahamiyatiga ham ishora qilganini anglash mumkin. Ayni paytda rivoyatlar
ilmiy tafakkur, fikr-qarashlar va xulosalar uchun muhim zamindir. Ammo bunda ham
Beruniy tarixiylik tamoyilidan chekinmaydi, chunki tarixiylik tamoyili ishonchlilik va
haqqoniylikning isboti. Beruniy asarining boshidayoq adabiy jarayonning, xususan,
rivoyatlaming ijtimoiy, ma’naviy hayot uchun nihoyatda ishonchli omil ekanini ham
dalillaydi. Beruniy rivoyatlami asariga kiritganda, albatta, saralash tamoyiliga ham
rioya qiladi. Shu bois rivoyatlarga tanqidiy nuqtai nazardan yondashadi. Oʻzi tanlagan
tamoyillar asosida o‘zidan oldin o‘tgan olimlaming tarixiy asarlarini qo‘rqmasdan
6
tanqid qiladi. Uning saralash tamoyili shundan iborat ediki, manbalarni tahlil qilganda,
rostday ko'ringan, lekin isbotsiz rivoyatlami o‘zi tekshirib ko‘rmaguncha ularga
ishonmaydi. Beruniyning zukko va sinchkov adabiyotshunos, tarixchi ekanligi mana
shu asarida yaqqol namoyon boʻladi. Buning ustiga, Beruniy har bir manbaga, dalilga
xolis qaraydi. Uning uchun diniy aqidalar to‘siq emas, uning uchun aqlning va
bilimdonlikning o‘zi kifoya emas. Beruniyning o‘z oldiga qo‘ygan vazifasi va amal
qilgan tamoyili shuki, u dalillami saralab olish va qiyoslash yo‘lidan ketadi va buni
quyidagicha izohlaydi: “...mendan so'ralgan narsaga yetkazuvchi vositalaming eng
muhimi - qadimgi millatlar haqidagi rivoyatlar, о‘tmish avlodlar to‘g‘risidagi
xabarlarni bilishdir, chunki bularning ko‘pchiligi u millatlar avlodidan va ularning
rasm-u rusum va qoidalaridan iboratdir. Aqliy dalil keltirish, kuzatilganlarga qiyos
qilish yo‘li bilan u xabarlami bilib bo'lmaydi. Buni faqat “kitob ahllari” va turli din
arboblariga, e’tiqodlarga amal qiluvchi har bir maslak va ishonch egalariga ergashish,
ulaming tushunchalarini hamisha asos tutish bilan bilinadi. So‘ngra buni ko‘pchilik
kishilaming tabiatini pastkashlashtiradigan yomon axloqdan, haqiqatni ko‘rishga
imkon bermaydigan omillardan o‘zni tozalagandan keyin, ulaming isbot uchun
keltirgan so‘z va e’tiqodlarini bir-biriga solishtirish bilan bilinadi. Ana shu aytib
o‘tganim haqiqiy maqsadga yetkazuvchi eng yaxshi yo‘l va bunga dog‘ tushiruvchi
shak-shubhani yuvib tashlash uchun eng kuchli yordamchidir. Garchi qattiq urinib
zo‘r mashaqqat cheksak ham, o‘shandan boshqa yo‘l bilan maqsadga erisholmaymiz”
(Beruniy. 40-b.). Beruniy bu asarni yaratayotgan vaqtda har bir voqea-hodisa haqidagi
afsonlarga xolis baho berish va ishonchli boʻlgan hamda dalil va isbotlari aniq
boʻlganlarinigina qabul qilganligini asarida keltirilgan ushbu gaplaridan ham bilish
mumkin: «… Shubhani aniq, noma’lumni ma’lumga qo’shish biz yurgan yo’lga loyiq
emas». «Qiyos qilinuvchi narsa bilan qiyos uchun olinuvchi narsa orasini,
isbotlanuvchi narsa bilan isbot orasini birlashtiruvchi bir sabab bo’lmasa, u dalil va
misollar qabul etilmaydi». Umuman, Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan
qolgan yodgorliklar”, “Mineralogiya” asarlarida keltirilgan afsonalar, rivoyatlar,
hikoyatlar XI asrdagi adabiy janrlar va adabiyotshunoslik haqida to‘laqonli tasavvur
beradi. Beruniy har bir detalga alohida eʼtibor bilan toʻxtalib ham ilmiy, ham adabiy
asar yaratishga erishadi. Ushbu asarni har gal qayta va qayta o‘qigan kitobxon o‘zi
uchun ko‘proq yangilik topib boraveradi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak Beruniy
asarlari qadimgi xalqlar, shu jumladan, o‘zbek xalqi, uning qadimgi madaniyati va
etnografiyasini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Qolaversa, “Osor al
boqiya” uzoq o‘tmish tariximizning buyuk yodgorligi hisoblanib, bugungi kun
kitobxoni, albatta, tanishib chiqishi va ilm ahli tomonidan yanada chuqurroq
oʻrganilishi lozim bo‘lgan manbalardan biri hisoblanadi. Yanada chuqurroq oʻrgana
boshlasak, bundan ham koʻp boʻlgan muhim maʼlumotlatni oʻzimiz uchun topa
olishmiz, shubhasiz. Oʻrganish ishlari koʻpayaversa, talabalarga ham bu
mavzularnining mohiyatini ochib berish oson kechadi.
7
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Abdullayev.H.D.Oʻzbek adabiyoti tarixi.Oʻquv qoʻllanma.—T.: Choʻlon nomidagi
NMIU,2019.—152 b
2. Nasimxon RAHMONOV. O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV
asrning birinchi yarmigacha). Oʻquv qo‘llanma. - Т.: “Sano-standart” nashriyoti, 2017.
- 556 bet.
3. www.ziyouz.com
Dostları ilə paylaş: |