Семинар Волейбол 1-mavzu. Voleybol o‘yinida tayyorgarlik turlarining o`rni va ahamiyati


Umumiy jismoniy sifatlarni tarbiyalash



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə5/31
tarix19.04.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#106206
növüСеминар
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Семинар Волейбол 1-mavzu. Voleybol o‘yinida tayyorgarlik turlari (1)

4. Umumiy jismoniy sifatlarni tarbiyalash
4.1. Tezkorlikni tarbiyalash
Tezkorlik deb, muayyan faoliyatni qisqa muddat ichida ijro etilishiga aytiladi. Tezkorlik namoyon bo‘lishining uchta asosiy shakllari mavjuddir:
1. Harakat reaksiyalarining latent (yashirin) vaqti.
2. Ayrim harakatlar tezligi (tashqi qarshilik kichik bo‘lganda).
3. Harakatlar chastotasi.
Tezkorlik namoyon bo‘lishining shakllari bir-biriga nisbatan bog‘liq emas.
Ko‘rsatib o‘tilgan uchta shaklning birgalikda kelishi tezkorlik namoyon bo‘lishining barcha hollarini belgilaydi. Biroq murakkab-koordinatsion yaxlit harakatlardagi tezlik faqat tezkorlik darajasiga emas, balki boshqa sabablarga ham bog‘liq. Shuning uchun yaxlit harakat tezligi kishining tezkorligini faqat bilvosita ifodalaydi.
Kishining tezlik qobiliyatlari umuman o‘ziga xos bo‘ladi. Faqat bir-biriga o‘xshash harakatlardagina tezkorlik to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bevosita bir-biriga ko‘chishi mumkin.
Tezkorlikning fiziologik va bioximik asoslari. Reaksiyaning latent vaqti beshta tarkibiy qismdan iborat:
1) retseptorda qo‘zg‘alishning paydo bo‘lishi;
2) qo‘zg‘alishni markaziy nerv sistemasiga uzatish;
3) qo‘zg‘alishning nerv yo‘llari bo‘ylab o‘tib borishi va effektor signal hosil bo‘lishi;
4) signalning markaziy nerv sistemasidan mushakka o‘tkazilishi;
5) mushakning qo‘zg‘alishi va unda mexanik faollikning paydo bo‘lishi.
Maksimal tezlikda bajariladigan harakatlar fiziologik xususiyatlarga ko‘ra sustroq harakatlardan farq qiladi. Bular orasidagi eng muhim farq shundan iboratki, harakatlarni maksimal tezlikda bajarish davomida sensor bog‘lanishlar hosil bo‘lishi qiyinlashadi: reflektor yoy impulslarni tashib ulgurolmaydi. Tezlik juda katta bo‘lganida harakatlarni yetarlicha aniqlik bilan bajarishning qiyinligi mana shu bilan bog‘liqdir.
Oddiy reaksiya tezkorligini tarbiyalash. Harakatlantiruvchi reaksiya tezligi ta’sirga javob berishning latent vaqti bilan belgilanadi. Reaksiyalar oddiy va murakkab bo‘ladi. Oddiy reaksiya oldindan ma’lum bo‘lgan signalga ilgaridan ma’lum bo‘lgan harakat bilan javob berishdir.
Tezkorlikning juda ko‘p o‘tishi (boshqa biror harakatga o‘tishi) oddiy reaksiyalar uchun xarakterlidir: ayrim vaziyatlarda tezda biror qarorga keluvchi kishilar boshqa sharoitdarda ham tezroq biror fikrga keladilar. Tez bajariladigan xilma-xil mashqlar bilan shug‘ullanish oddiy reaksiya tezkorligini yaxshilaydi.
Harakatlantiruvchi reaksiya tezkorligini anchagina yaxshilash g‘oyat murakkab vazifadir.
Oddiy reaksiya tezkorligini tarbiyalashda bir necha usullardan foydalaniladi. Bulardan eng ko‘p tarqalgani to‘satdan paydo bo‘ladigan signalga yoki tevarak-atrofdagi vaziyatning o‘zgarishiga javoban mumkin qadar tezroq reaksiya ko‘rsatish usulidir. Bu usul yangi shug‘ullanuvchilar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda tez orada ijobiy natijalar ko‘rsatadi. Afsuski, shundan keyin reaksiya tezkorligi stabillashib qoladi va uning yaxshilanishi ancha qiyin bo‘ladi.
Reaksiya tezkorligi katta ahamiyatga ega bo‘lgan hollarda uni takomillashtirish uchun maxsus usullardan foydalaniladi. Bu usullardan biri – reaksiya tezkorligini yengillashtirilgan sharoitlarda va uni keyingi harakat tezligini ayrim-ayrim takomillashtirishdan iboratdir.
Reaksiyaning latent vaqti reaksiya ko‘rsatishdan oldingi ratsional xatti-harakat hisobiga birmuncha yaxshilanishi mumkin. Jumladan, diqqatning yo‘nalishi ahamiyatga ega bo‘ladi: agar diqqat bajarilajak harakatga qaratilgan bo‘lsa (reaksiyaning motor tipi), u holda reaksiya ko‘rsatish vaqti diqqat signalni idrok qilishga (reaksiyaning sensor tipi) qaratilganligidan ko‘ra kamroq bo‘ladi. Mushaklar bir oz kuchlanganda ham reaksiya tezkorligi ortadi. Reaksiya tezkorligi, shuningdek, signalni kutish vaqtiga ham bog‘liq: dastlabki va ijro komandalari orasidagi optimal vaqt 1,5 sek.ga yaqindir.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə