Семинар Волейбол 1-mavzu. Voleybol o‘yinida tayyorgarlik turlarining o`rni va ahamiyati


Jismoniy tayyorgarlikning vositalari va uslublari



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə4/31
tarix19.04.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#106206
növüСеминар
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Семинар Волейбол 1-mavzu. Voleybol o‘yinida tayyorgarlik turlari (1)

3. Jismoniy tayyorgarlikning vositalari va uslublari
Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarni yechishda turli vositalar: tayyorgarlik mashqlari, harakatli va sport o‘yinlari, o‘quv o‘yinlari va musobaqalardan foydalanish mumkin. Shug‘ullanuvchilarning individual xususiyatlariga mashqlarning moslab qo‘llanilishi asosiy shartlardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Shug‘ullanuvchilar uchun beriladigan jismoniy mashqlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
a) tana, qo‘l, oyoq mushaklarining rivojlanishiga ta’sir etuvchi kuch va tezkorlik-kuch mashqlari;
b) chidamlilik sifatining rivojlanishiga ta’sir etuvchi (tezkorlik-chidamlilik, tezkorlik-kuch chidamliligi) mashqlar;
v) harakatlanish tezkorligiga ta’sir etuvchi mashqlar;
g) chaqqonlik sifatiga ta’sir etuvchi mashqlar;
d) egiluvchanlik sifatiga ta’sir etuvchi mashqlar;
Bu mashqlardan foydalanish texnik va taktik usullarni bajarish sifatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir etadi.
Jismoniy tayyorgarlikda qo‘llaniladigan uslublar. Shug‘ullanuvchilar uchun zarur bo‘lgan jismoniy sifatlarni tarbiyalashda quyidagi uslublardan foydalaniladi:
1. Bazaviy chidamlilikni tarbiyalash uchun bir tekis uzoq muddatli yugurish.
2. Maxsus chidamlilikni tarbiyalashda o‘zgaruvchan xarakterdagi ishlarni bajarish.
3. Takroriy mashq usuli. Bu usul tezkorlik, kuch va chaqqonlik sifatlarini rivojlantirishda qo‘llanilib, bunda dam olish oraliqlari organizmning to‘liq tiklanishiga imkoniyat yaratishi zarur.
4. Oraliq uslub. Bu uslub asosan tezkorlik va kuch chidamkorligini tarbiyalashda qo‘llaniladi. Bunda ish va dam olish qat’iy ravishda tartiblashtiriladi. Dam olish oralig‘i odatda katta bo‘lmaydi.
5. Almashinuvchi mashq usullari. Bu usulning muhim tomoni mashqning borishiga qarab ta’siri bir maqsadga qaratilgan holda o‘zgarishidir. Bunga turli hollarda turlicha yo‘l bilan nagruzka (harakat tezligi, ish hajmi, muddati va hokazo)ning ayrim ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri o‘zlashtirish (harakat usulini navbatlashtirish, shuningdek, dam olish oraliqlari va faoliyatning tashqi sharoitlarini o‘zgartirish) yo‘li bilan erishiladi. Bunda organizmning funksional imkoniyatlariga odatdagidek bo‘lmagan, ya’ni tobora kattaroq talablar qo‘yiladi va bu bilan ularning rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratiladi. Shu bilan birga, harakat shakli va sharoitini yangilab turish tufayli o‘zlashtirilgan malakalarning dinamik stereotipiga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Shug‘ullanuvchilarda jismoniy sifatlarni tarbiyalash uchun berilayotgan mashqlar ularning yoshlik xususiyatlariga va jismoniy sifatlarning qulay yoshlik davrlariga qarab tanlanishi va rivojlantirilishi juda muhim hisoblanadi.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə