Семинар Волейбол 1-mavzu. Voleybol o‘yinida tayyorgarlik turlarining o`rni va ahamiyati


Maxsus chidamlilikni rivojlantirish



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə13/31
tarix19.04.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#106206
növüСеминар
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
Семинар Волейбол 1-mavzu. Voleybol o‘yinida tayyorgarlik turlari (1)

Maxsus chidamlilikni rivojlantirish.
Maxsus chidamlilik bu maxsus ishni berilgan vaqt oralig‘ida samarali bajarish qobiliyatidir. Voleybolchining maxsus chidamliligi o‘yin malakalarini kuch va tezkorlik chidamliligi jihatidan samarali bajarish bilan ifodalanadi. Maxsus chidamlilikni o‘stirishni 13-14 yoshdan boshlash maqbuldir. Mashqlar anaerob yo‘nalishda tanlanadi.
Sprint yugurish mashqlari masofasi 400-500 metrgacha (o‘g‘il bolalar) va 200–300 metrgacha (qizlar) bo‘lishi mumkin.
Nagruzkalar qat’iy individuallashtirilgan tartibda beriladi. Tomir urishining ish oxirigacha 175–180 zarba /min. bo‘lishi saqlanadi. Bajarish maksimal tezlikni 80-85%, dam olish 45 sek.dan 3 min.gacha, takrorlash soni 3-4 marotaba, urinishlar 2-3 marotaba, urinishlar oralig‘ida dam olish davomiyligi 5 daqiqagacha bo‘ladi.
Sakrovchanlik chidamliligini tarbiyalashda maksimal va submaksimal shiddatdagi mashqlar 1-3 daqiqa, takrorlash soni 4-6 marotaba, takrorlashlar oralig‘idagi dam olish 1-4 min.ni tashkil etadi. Bunda quyidagi sakrash turlaridan foydalanish mumkin: o‘tirib sakrash; «kenguru» holatida sakrash; sakrab uzatish, zarba berish imitatsiyasi; og‘irliklar bilan (gantel, to‘ldirma to‘p, qum to‘ldirilgan qopcha, og‘irlashtirilgan belbog‘ va nimchalar); chuqurlikka va balandlikka sakrashlar.
Chidamlilik sifatini rivojlantirishda foydalaniladigan namunaviy mashqlar
1. 15-20 sek davomida sakrashlar. Birinchi urinishda maksimal darajada ko‘p sakrash. Ikkinchi urinishda maksimal darajada balandroq sakrash. 4–5-seriyalarda 1–1,5 min. davomida to‘xtovsiz sakrash. Ushbu mashqni arg‘amchilar bilan ham bajarish mumkin.
2. Pastki turish holatidan 1-1,5 min. davomida turli yo‘nalishlarda harakatlanishlar. 3–4-seriyalarda 2-5 kg og‘irliklar bilan.
3. Hujum zarbasi va to‘siqni taqlid qilib, orqa zonalarda do‘mbaloq oshishni navbatlashtirib bajarish. Har bir texnik usulni 10 marotabadan.
4. Turli harakatlanishlar bilan estafetalar o‘tkazish.
5. Turli yo‘nalish va masofalarga «mokkisimon yugurishlar»
6. 2x2, 3x3, 4x4 tarkibda o‘quv o‘yinlari.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə