Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. ESTETIKANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI



Yüklə 15,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə442/452
tarix05.01.2023
ölçüsü15,64 Mb.
#98221
1   ...   438   439   440   441   442   443   444   445   ...   452
0500de0e3a84008f07a8a69c740ecd021b49d24d

18-MAVZU. ESTETIKANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI 
279 
ijtimoiylashuviga imkon bermaydi. U voqea jarayonlarga loqayd, befarq avlodni shakllantiradi. 
6. “Ommaviy madaniyat” o'z navbatida mafkuraviy, informatsion, iqtisodiy qadriyatlardan 
foydalangan xolda “ma'rifatparast”lik g'oyalari asosida o'ziga xos muomala va muloqot 
madaniyatini ham targ'ib qiladi. Buni biz bugungi kunda yoshlar orasida ko'rishishdagi “boshni 
boshqa suqishtirish”, imo-ishora, o'zaro muloqotning “kurakda turmaydigan so'zlar”ga 
tayanilishi orqali ko'rib guvohi bo'lmoqdamiz. 
“Ommaviy madaniyat”ning asl maqsadi har 
kuyga 
solish 
mumkin 
bo'lgan 
olomonni 
shakllantirish bo'lgani bois, u ma'naviy oziq 
beradigan, 
badiiy 
yuksak, 
o'quvchini 
mushohadaga 
undab, 
tasavvur 
olamini 
kengayishiga 
xizmat 
qiladigan 
asarlarni 
yaqiniga yo'latmaydi. Shuning uchun “ommaviy 
madaniyat” namunalari badiiy-estetik qimmatga 
ega emas. Ommaviy madaniyat xoh G'arb hox Sharq bo'lsin uning ma'naviy hayotiga sezilarli 
ta'sir ko'rsatmoqda. U yildan yilga inson shaxsiga, uning estetik tafakkuriga juda katta kuch bilan 
daxl qiluvchi hodisaga aylanib bormoqda. Bu ayniqsa, estetik tarbiyaning eng muhim vositasi 
bo'lgan san'at orqali jamoatchilikka ta'sir etmoqda. Bu hodisa san'atda behayo filmlar, shahvoniy 
romanlar, tuturuqsiz musiqalar ko'rinishida namoyon bo'lib, ularning asosida fahsh, zo'ravonlik, 
shafqatsizlik hamda zo'ravonlik kabi axloqiy illatlar yotishini bugungi kunda jamiyatimizning 
ziyoli qatlami tushunib yetmoqda. Bu borada XX-asrning 70 yillarida amerikalik bir qator 
sotsiologlar, faylasuflar, san'atshunoslar “ommaviy madaniyat”ning ijtimoiy taraqqiyotga
ayniqsa umumadaniy jarayonlarga ta'siri haqida bir qator tadqiqotlarni olib borgan edilar. 
Xususan, sotsiolog CH.Reych o'zining “Gullayotgan Amerika” kitobida “Isyonkor yoshlar 
o'zlarining shaxsiy “madaniyat”larini yaratmoqdalarki, bu madaniyatning asosini kiyim, musiqa 
va narkotiklar tashkil etmoqda. Yosh “isyonkorlar” madaniyatning ijtimoiy taraqqiyot bilan 
bog'liq falsafiy, axloqiy, estetik ahamiyatidan hamda muomala va muloqot madaniyatidan yuz 
o'girgan xolda o'zlariga mos qadriyatlarni yaratmoqdalar va ularni himoya qilmoqdalar. Bu kabi 
“yangi odam” uchun mazkur qadriyatning asosi – bu o'zini mavjud tizimdan tashqarida xis 
qilishga bo'lgan layoqatidir.”-, degan fikrni bayon etgan edi.

Yüklə 15,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   438   439   440   441   442   443   444   445   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə