Imo-ishora nutqining rivojlanishida filologik qarashlar



Yüklə 31,97 Kb.
səhifə1/2
tarix22.12.2023
ölçüsü31,97 Kb.
#154161
  1   2
imo-ishora-nutqining-rivojlanishida-filologik-qarashlar (1)


IMO-ISHORA NUTQINING RIVOJLANISHIDA FILOLOGIK QARASHLAR




ANNATATSIYA
Ushbu maqolada filologiyaning yo’nalishidan bo’lgan imo ishora nutqining rivojlanish tarixi, unga bo’lgan munosabat va ta’rif, olimlarning qilgan ishlari haqida ma’lumotlar berilgan. Maqolada eshitishida nuqsoni bo’lgan shaxslarni so’zlashuv nutqiga o’rgatish bo’yicha qilingan ishlar yoritib berilgan.
Kalit so’zlar: filologiya, tilshunoslik, matnshunoslik, paleografiya, surdopedagogika, tarix, eshitishda nuqsoni bor shaxslar, daktil, og’zaki metod, imo ishora, tovush, tebranish, og’zaki metod, jest, sof og’zaki metod, tilshunoslik, zaif eshituvchi, masofa.


PHILOLOGICAL APPROACHES TO THE DEVELOPMENT OF IMO- SIGNIFICANT SPEECH




ABSTRACT
This article provides information on the history of the development of sign language in the field of philology, umga tariff, the work of scholars. The article describes the work done to teach people with hearing impairments to speak
Keywords: philology, linguistics, textology, paleography, deaf pedagogy, history, hearing impaired people, dactyl, oral method, gesture, sound, vibration, oral method, gesture, pure oral method, linguistics , weak hearing, distance

Filologiya (yun. philologia — soʻzni sevish, soʻzga mexr) — gumanitar fanlar — tilshunoslik, adabiyotshunoslik, matnshunoslik, manbashunoslik, paleografiya va boshqa ning hamkorligidan tarkib topgan umumiy fan; yozma yodgorliklarni lisoniy va stilistik jihatdan taxlil etish orqali inson maʼnaviy madaniyatining tarixi va mohiyatini oʻrganadi. Oʻz ichki masalalari va tashqi aloqalari yigʻindisidan iborat boʻlgan matn filologiyaning mavjudligini belgilovchi ilk asos hisoblanadi


Jamiyatda tilni o‘zlashtirish jarayoni kishilarning o‘zaro nutqiy faoliyati(kommunikatsiyasi) sharoitida amalga oshadi. Ushbu jarayonda insonning eshitish faolligi o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi [1-10]. Zero, u so‘zlashuv nutqining shakllanishi va rivojlanishidagi bosh omillardan biridir. Shunga ko‘ra ham ushbu masala jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida yashab o‘tgan olim va pedagoglarning diqqat markazida bo‘lib kelgan. Karlarni o‘qitish va tarbiyalash nazariya va tajriba- sining muammolari uzun tarixga ega bo‘lib, turli yondashuvlar bilan tavsiflanadi.

Filologik qarashlarga e’tibor beradigan bo’lsak eshitishida nuqsoni bor shaxslar bilan bo’lgan aloqa vositasi xuddi bir yangi tilni o’zlashtirish jarayoniga o’xshash muhitni yuzaga keltirgan. Qadimgi Yunoniston va Rimda eshitishida muammosi bo‘lgan bolalarni o‘qitish tizimi mavjud emas edi. Antik davlatlarda kar-soqovlar jamiyatning to‘laqonli a’zolari sifatida tan olinmagan hamda ular «o‘qitib bo‘lmaydiganlar» deb hisoblanganlar. Eramizdan avvvalgi VI asrdagi Yustinian Kodeksida «to‘laqonli bo‘lmaganlar» ustidan vasiylik o‘rnatilishi lozimligi, tug‘ma karlar mustaqil faoliyat yurita olmaydiganlar sifatida qayd etilgan. Ya’ni bunday shaxslar «gapira olmaydigan, fikrlarini esa yozma va og‘zaki bildira olmaydiganlar» bo‘lganlari uchun o‘z mulklarini boshqara olmaydiganlar, deb hisoblanganlar. Antik davr «tibbiyot» fanida karlik g‘ayrioddiy tabiatga ega hamda uni tuzatib bo‘lmaydi, degan fikr hukm surgan. Tarixiy manbalardan karlarga alohida munosabat eramizdan avvalgi IX–VIII asrlardan yuzaga kelganini kuzatamiz. Qadimgi yunon faylasufi Arastu (er.av. 384-322 y.y.) o‘zining
«His etuvchilarning hissiyotlari» va «Hissiy idrok va uning ob’ektlari» kabi asarlarida sezgi organlarining o‘zaro tobelik sabablari haqida fikr yuritib, karlik va soqovlikni bolaning aqliy layoqatlariga salbiy ta’sirini ochib berdi. Faylasufning inson sezgi a’zolaridan birining mavjud bo‘lmasligi yoki uning buzilishi yaxlitlik va butunlikni izdan chiqarishini «kashf etishi» o‘zi bilmagan holda ilk surdopedagogik ta’limotning yuzaga kelishiga asos bo‘ldi. Olim sezgi a’zolaridan biri faoliyatining izdan chiqishi insonning umumiy rivojlanishiga yo‘l qo‘ymasligini alohida ta’kidlaydi hamda eshitish analizatoriga quyidagicha baho beradi: «Tovush fikrlash vositasi bo‘lib, eshitish atrof olamni anglashning muhim organidir. Shu bilan bog‘liq ravishda aytish mumkinki, tug‘ilgandan boshlab eshitmagan inson, tabiiyki, soqov bo‘ladi». Arastu, shuningdek, karlik va soqovlikning bola aqliy faoliyatiga salbiy ta’sir etishi mohiyatini ochib berar ekan, soqovlikni, tug‘ma karlikning oqibati ekanligini qayd etadi [11-19]. Nasroniylikning yuzaga kelishi bilan rivojlanishida muammolarga ega insonlarga nisbatan rahm-shafqatli munosabat shakllana boshlasa-da, bir vaqtning o‘zida bunday shaxslar, ularning nogironligiga nisbatan turli salbiy diniy e’tiqodlar ham yuzaga kela boshladi. Masalan, ushbu qarashlarga ko‘ra, karlikka ega bo‘lgan bolalar ota- onalarining qilgan gunohlari evaziga xudo tomonidan yuborilgan «Xudoning jazosi» sifatida qaralgan. O‘rta asrlar boshida Yevropada, rivojlanishida turli muammolarga ega shaxslarning huquqlarini chegaralash an’analari tarkib topa boshladi. O‘rta asrlar dindor faylasuflari tomonidan tug‘ma kamchiliklarga ega insonlarning to‘laqonli insonlar emasligi nazariyasi isbotlana boshlagan bo‘lsa, bu davr huquqshunosligi esa nogironlarga o‘z xatti-harakatlariga javob bera olmaydiganlar sifatida qaralib, qonun bunday shaxslarni o‘zini boshqara oladigan shaxslar sifatida tan olmagan. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarni o‘qitish bo‘yicha dastlabki urinishlar XV asrga to‘g‘ri keladi. G‘arbiy Yevropada yuzaga kelgan karlarni o‘qitish, tarbiyalash nazariyasi va amaliyoti o‘sha davrdagi ko‘pchilik olimlarni o‘ziga jalb qilgan. Bunga Uyg‘onish
davrida karlarning bilish imkoniyatlariga nisbatan ilg‘or (progressiv) qarashlarining yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. Niderlandiyalik olim Rudolf Agrikola (1443-1485) o‘zining «Dialektika kashfiyoti haqida» nomli kitobida maxsus metod va usullar yordamida karlarni yozma nutqqa o‘rgatish haqida fikr yuritadi va bu borada aniq misollar keltiradi. Karlarni o‘qitish va tarbiyalash nazariyasi hamda amaliyotida muhim o‘rin egallagan yana bir yorqin serqirra faoliyat tajribasining egasi italiyalik professori Jerolamo Kardano edi [20-34]. Olim «Nafisliklar haqida», «Sezgilar fiziologiyasi haqida», «Mening hayotim haqida» kabi asarlarida kar-soqovlikning fiziologik sabablarini tushuntirib berdi va karlik, kasallik oqibatida yuzaga kelishi, soqovlik esa karlik oqibati ekanligi mohiyatini ochib berdi. Jerolamo Kardano farzandlarining kar- soqov bo‘lib dunyoga kelishi va otaning ularni hayotga «qaytarishi»ga urinishlari natijasida karlikning dastlabki tasnifi yuzaga keldi. Ushbu tasnifga ko‘ra karlar quyidagi toifalarga bo‘linadi:

  1. tug‘ma karlar;

  2. erta eshitishni yo‘qotganlar (bola gapirishni o‘rgangunga qadar) va kech eshitishni yo‘qotganlar;

v) nutqi saqlangan holda kech eshitishni yo‘qotganlar.
Olim, shuningdek, tarixda birinchi bo‘lib karlik va soqovlikning fiziologik asoslarini ko‘rsatib, sog‘lom sezgi a’zolariga tayangan holda karlarni o‘qitish imkoniyatlarini isbotlab berdi. U ilk bor eshitish qobiliyatining darajasi va nutqning rivojlanish darajalarini hisobga olgan holda o‘qitishga tabaqlashgan holda munosabat g‘oyasini ilgari suradi. J.Kardanoning nazariy qarashlari Ispaniyada o‘zining amaliy isbotini topdi. Pedro Ponso De Leon(1520-1584) karlarni o‘qitishning original metodini yaratadi va kibor oilalarning farzandlarini yakka tartibda o‘qitish tajribasini muvaffaqqiyatli tatbiq etadi. P. Ponso o‘z metodikasida nutqning turli: og‘zaki, yozma, daktil va imo-ishora kabi ko‘rinishlarini qo‘llaydi.
X.P.Bonet (1579-1633) o‘zining 1620 yilda yozilgan «Tovushlar tabiati va kar- soqovni gapirishga o‘rgatish san’ati» asarida karlarni o‘qitish va tarbiyalashning o‘sha davrdagi maqsad va vazifalarini ko‘rib chiqar ekan, ularni so‘zlashuv nutqiga daktil va uning og‘zaki shakli orqali o‘rgatish lozimligi haqida so‘z yuritadi. U maxsus o‘qituvchi tomonidan savol-javob shaklidan foydalangan holda olib boriluvchi nutqni rivojlantirishga qaratilgan ishlar bolalarning aqliy rivojlanishlari ta’siriga alohida e’tiborli omil sifatida qaraydi. E.R.Karrion (1579-1652) o‘z zamondoshlarining boy tajribasidan unumli foydalangan holda ularning g‘oyalarini rivojlantirar ekan, karlar ta’lim-tarbiyasida taktil-vibratsiya sezgilariga hamda eshitish qoldig‘iga tayanadi. X.P.Bonnet g‘oyalarining keyinchalik taraqqiy etishiga angliyalik Djon Vallis (1616- 1703) va Dj.Bulver, shveysariyalik Dj.K.Amman (1669-1724), niderlandiyalik F.M.Van Xelmont (1614-1699), italiyalik F.L.Tersiy (1631-1687) kabi amaliyotchi olimlar karlarni o‘qitishga alohida urinishlar sifatida o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Karlarni yakka tartibda o‘qitishga urinishlar eshitish nuqsoniga ega farzandlari bo‘lgan zodagonlar ijtimoiy buyurtmasining ob’ektiv sababi edi. Shu bois yakka tartibda o‘qitishlar ijobiy tajribaga ega bo‘lsa-da, ushbu toifa bolalari uchun o‘quv muassasalarini tashkil etishga uzoq vaqt muvaffaq bo‘linmadi. Faqat XVIII asrning 70- yillaridagina kar bolalarni o‘qitish va tarbiyalash uchun maxsus muassasalar tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha urinishlar yuzaga kela boshladi. 1770 yilda Fransiyada dunyo tarixida birinchi bo‘lib Sharl Mishel de Epe (1712-1789) tomonidan Parijda xususiy maktab – kar-soqovlar instituti ochildi. De Epe Volter, Deni Didro, Jan Jak Russo kabi fransuz ma’rifatparvarlarining g‘oyalari bilan yo‘g‘riltirilgan mimika metodini yaratdi. Sharl Mishel de Epening g‘oyalari uning shogirdi R.A.Sikar tomonidan rivojlantirildi. Amaliyotchi olim o‘qitish tizimida asosiy e’tiborni kar bolalarni har tomonlama aqlan va jismonan rivojlantirishga qaratadi. Bu tizim kar bolani umumta’lim fanlariga oid bilimlarni o‘zlashtirish, jamiyatda yashash va mehnat qilishga tayyorlaydi. Ammo ushbu vazifalarni hal etish uchun o‘qitish davomida faqat nutqning imo-ishora shaklidan foydalaniladi hamda kar o‘quvchilar uning asosida yozishni o‘rganadilar. R.A.Sikar imo-ishoralar tilini «metodik belgilar» bilan boyitadi. Ya’ni ushbu metod asosida o‘qitish jarayonida o‘quvchilarga tildagi grammatik kategoriyalarni tasvirlash uchun ma’lum bir belgilar o‘rgatib boriladi. Ma’lumki, tilda grammatik kategoriyalar juda ko‘pchilikni tashkil etadi. O‘quvchilar hajmi kundan- kunga ortib borayotgan belgilarni o‘zlashtira olmasliklari natijasida fanlarga oid bilimlarni ham o‘zlashtirishga ulgurmay qoladilar hamda imo-ishora metodi asosida o‘qitish tizimi takomillashtirilganiga qaramay, undan amaliyotda foydalanish ta’limning oldiga qo‘yilgan vazifalarni to‘laligicha hal etish imkonini bermasligini ko‘rsatadi. 1778 yil 14 aprelida Germaniyaning Leypsig shahrida Samuil Geynike (1727-1790) tomonidan kar-soqovlar instituti tashkil etiladi. Samuil Geynike surdopedagogika tari- xida muhim o‘rin egallagan karlarni o‘qitishning keyinchalik «sof og‘zaki metod» deb nomlangan o‘z o‘qitish tizimini yaratadi. Bu metod og‘zaki nuqtni karlarni o‘qitishning asosiy vositasi va maqsadi sifatida tan oladi. Shuningdek, bu tizimda bolalar o‘qish, yozish va arifmetikani ham o‘rganadilar. Karlarga ta’lim berishning ushbu metodi asosida tovushlar, bo‘g‘inlar, so‘zlar va jumlalarni talaffuz etishning mexanik mashqlar texnikasi yotadi. Ya’ni ta’limning dastlabki davrida kar bolalar, talaffuzi malakalari ustida jadal ravishdagi ishlar olib boriladi. Umumta’lim fanlariga oid bilimlarni egallash talaffuz malakalarini o‘rganishga tobe bo‘ladi. Masalan, agar bolalar kunda ko‘radigan, iste’mol qiladigan va foydalanadigan non, sut, choy, ruchka, daftar, kitob so‘zlarini talaffuz qilishni o‘rganmas ekanlar, o‘qitish jarayoniga bu so‘zlar «olib kirilmaydi». Bunday o‘qitish asosida karlar tomonidan tovush, bo‘g‘in, so‘z va jumlalar va hattoki, yirik matnlarni sof, ravon talaffuz qilishga o‘rganilishiga muvaffaq bo‘linsa-da, o‘quv fanlariga oid bilimlarni tabiiy holatda o‘rganishlariga erishilmaydi. Maktabni bitirgan o‘quvchilar atrofdagilarda «chiroyli so‘zlovchilar» sifatida taassurot qoldirsalar-da, ular
bilan to‘siqlarsiz muloqot qilish imkoniyati yo‘qligi namoyon bo‘ladi. Buning asosiy sababi o‘qitishning hayot bilan aloqadorligi tamoyilining bu o‘qitish tizimida o‘z aksini topmasligidadir. Surdopedagogikaning umumiy va xususan, ushbu kundagi rivojlanishida muhim o‘rin egallagan boy tajribalardan yana biri XIX asrda Fransiyada yashab, faoliyat ko‘rsatgan Aleksandr Blanshe nomi bilan bog‘liqdir. Amaliyotchi olim kar bolalarni eshituvchi bolalar bilan birgalikda o‘qitish eng samarali yo‘l ekanligini o‘z faoliyati davomida isbotlashga harakat qildi hamda birgalikda o‘qitishni tashkil etdi. Bu tizimda tashkil etilgan maktabda kar bolalar oddiy maktabda alohida sinfda o‘qitilsa, zaif eshituvchilar sog‘lom bolalar bilan birgalikda o‘qitilishlari yo‘lga qo‘yiladi. A.Blanshe o‘zining «Ustozga qo‘llanma» (1858) asarida uch asosiy qoidani taklif etadi va ularga erishish yo‘llarini batafsil yoritib berishga urinadi. Olim tomonidan taklif etilgan asosiy qoidalar quyidagilar edi:

  1. karlarni bu yo‘l bilan o‘qitishda umumiy metodikaga rioya qilinishi;

  2. o‘qitishda karlarning toifalari: kar-soqovlar va gapiruvchi karlarga alohida yondashish;

  3. og‘zaki nutqni, mimika va daktil shakli orqali rivojlantirish yo‘llariga rioya qilish lozim.

Shuningdek, Fransiyada Jan Jak Valad-Gabel (1801-1879) tomonidan eshitishi me’yorda bo‘lgan go‘daklar nutqining rivojlanish yo‘llariga asoslangan «Intuitiv (onalik) metod» yaratiladi. Olim ushbu metod asosida kar bolalar ta’limini tashkil etar ekan, o‘qitishda imo-ishoradan foydalanishni inkor etgan holda og‘zaki (jarangdor) nutqqa qo‘shimcha sifatida birinchi o‘rinda yozuv taxtachalarida aks ettirilgan yozma nutq shakli (yaxlit (global) o‘qish)dan foydalanish yuqori samara berishini isbotlashga urinadi. Shuningdek, ta’lim jarayonida daktil nutqiga katta e’tibor qaratiladi. J.J. Valad- Gabel og‘zaki nutq, kar-soqovlar uchun o‘zlashtirib bo‘lmaydigan nutq turi bo‘lganligi bois so‘zlashuv nutqiga ular alfavit harflarini alohida emas, balki yaxlit o‘qish asosida deb o‘rgatilishlari eng samarali yo‘l ekanligini isbotlashga urindi. 1779 yilda Venakar – soqovlar instituti ochiladi hamda unda I.May (1754-1874) va F.Shtorklar (1746-1820) tomonidan mimika o‘qitish metodi takomillashtirilgan holda, qayta tuziladi: ta’lim jarayonida daktil alfaviti keng qo‘llanilib, imo-ishora nutqidan esa yordamchi vosita sifatida foydalana boshlanadi. Ikki amaliyotchi-olim ishlari M.Menus (1774-1850) tomonidan davom ettiriladi hamda u bu metodni to‘ldirgan holda o‘qitish jarayoniga karlarni og‘zaki nutqqa o‘rgatishni kiritadi. Bu davrga kelib, keng qo‘llanilayotgan sof og‘zaki metod asta-sekin o‘z ko‘rinishini o‘zgartirib boradi. Masalan, F.M.Gil (1805- 1874) tomonidan kar-soqovlarni og‘zaki nutq, lab yordamida o‘qish, yozuv va o‘qitishga o‘rgatish bo‘yicha qator qo‘llanmalar yaratiladi. Olim tomonidan yaratilgan o‘qitish tizimining yangiligi karlarni o‘qitish jarayonida umumta’lim fanlari doirasini kengaytirish bilan tavsiflanadi. F.M.Gil o‘qitishda bola idrokining tabiiyligi hamda o‘ziga xosligi tamoyillariga tayangani sababli keyinchalik u tomonidan yaratilgan
o‘qitish tizimi, «Kar bolalarni o‘qitishning tabiiy metodi» deb yuritila boshlandi. Iogann Fatter (1842-1916) esa, aksincha, o‘qitishda og‘zaki nutqni o‘zlashtirishga o‘rgatishni asosiy maqsad qilib oladi. U karlarni og‘zaki nutqqa o‘rgatishni, nutq tovushlariga o‘rgatishga asoslantiradi. Keyinchalik I.Fatter sistemasi, «Tovush metodi» degan ikkinchi nomni oladi. AQShda karlarning dastlabki instituti (maktabi) 1817 yili Tomas Gallode (1787-1851) tomonidan ochiladi. Ushbu o‘quv dargohda ta’lim fransuz metodi asosida yozuv, imo-ishora va daktilologiyani qo‘llagan holda olib boriladi. Keyinchalik shaxsiy hamda G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida xizmat safarida qator maktablar tajribalarini o‘rganish, tahlil qilish imkoniga ega bo‘lgan Xoras Man (1796-1859) va Edvard Gallodelar (1837-1907) turli metodlarning chatishmasi asosida
«Kombinatsiyalashtirilgan (birlashtirilgan) metod»ni yaratadilar. Bu tizim o‘z tarkibiga turli metodlar, jumladan, og‘zaki nutqqa o‘qitishni ham qamrab oladi. Kar bolalarni og‘zaki nutqqa o‘rgatish muammolari yechimini hal qilish yo‘llari bilan Aleksandr Melvil Bell (1815-1905) ham shug‘ullangan bo‘lib, u tomonidan «Ko‘rinarli nutq» tizimi taklif etiladi. Unda har bir tovush artikulyatsiyasi, o‘z aksini topgan belgisiga ega bo‘ladi. O‘z otasi A.M.Bell ishlarining davomchisi bo‘lgan Aleksandr Grexem Bell (1847-1922) Fiziologo-fonetik institut va Karlarni og‘zaki nutqqa o‘rgatishga ko‘maklashish jamiyatiga asos solgan bo‘lib, telefon ixtiro etgan, shuningdek, u karlarni kichik yoshdan o‘qitish masalalariga ham katta e’tibor qaratgan. 1879 yilda Fransiya poytaxti Parij va 1880 yilda Italiyaning Milan shaharlarida karlarni o‘qitish masalalariga bag‘ishlangan dastlabki anjumanlar bo‘lib o‘tadi. Milan anjumani qarorida «Sof og‘zaki metod» tizimi karlarga eshituvchilar bilan muloqot qilish imkoni berilishining ko‘rsatilishi tufayli bu tizim universal (qulay, eng samarali) deb tan olinadi. Bu davrning oxiridagi yutuqlar shundan iborat bo‘ldiki, har bir mamlakatda karlarni o‘qitish masalasiga ijobiy munosabatning shakllanishi yuzaga kelib, «bepul, majburiy umumiy boshlang‘ich ta’lim» haqidagi qonunlar qabul qilindi. Ya’ni ushbu davr kar-soqovlar uchun davlat muassasalarining tashkil etilishiga asos solinishi, qonunlarning qabul qilinishi, ta’limni moddiy ta’minoti manbalarining aniqlanishi, o‘qitishning maqsadi va metodlari ishlab chiqilishi bilan tavsiflanadi. Maxsus ta’lim Yevropa va Amerika qit’alarining tobora katta hududlarini qamrab ola boshlagan bo‘lsa, nodavlat tashkilotlarining shakllanishi esa karlarni o‘qitish va tarbiyalash tizimining, kelajakdagi rivojiga turtki beradi. XIX asr oxiri va XX asrning boshlarida Yevropa va Amerika surdopedagoglari «Sof og‘zaki metod» tizimida mavjud yuzakilikni bartaraf etish hamda uni takomillashtirishga harakat qiladilar. Chunki bu tizim karlarni og‘zaki nutqqa o‘rgatishni asosiy maqsad qilib olgan bo‘lib, bolalarning umumta’lim fanlarini o‘zlashtira olishlari imkonini bermas edi. Karlarni o‘qituvchi nemis o‘qituvchisi I.Geydzik (1851-1942) «sof og‘zaki metod»ni, eshitishida nuqsoni bo‘lgan kar bolaning tabiatiga to‘g‘ri kelmaydigan metod sifatida tanqid qiladi. Dastlab u «imo-ishora metodi»ga qaytish taklifini bergan bo‘lsa, keyinchalik kar bolalarni nutqqa o‘rgatishni daktilologiyadan foydalanish asosida olib
borishni taklif etadi. Konstantin Malish (1860-1925) karlarni og‘zaki nutqqa o‘rgatish dastlabki davri uchun global sintetik metodini yaratadi. Bunda nutqqa o‘rgatish yaxlit so‘zlar va jumlalarni talaffuz etishni gugulash negizida yo‘lga qo‘yish orqali amalga oshiriladi. Boshqa nemis olimi K.Gepfert (1851-1906) kar bolalarni yozma nutqqa o‘rgatishni yozuv mexanizmi asosida amalga oshiradi. Uning izdoshlari esa o‘qitishning dastlabki davrida yozma nutqni qo‘llash g‘oyasini rivojlantirdilar. Daniyalik olim Georg Forxgammer (1861-1948) o‘z tajribasi davomida yozma va og‘zaki so‘zlashuv metodlarini birlashtiradi hamda yozma mashqlar asosida og‘zaki nutqni idrok etish va talaffuz qilishga tayanuvchi «imitatsiya (taqlid qilish) metodi»ni yaratadi. Rudolf Linder (1880-1964), uzoq yillik tajribalariga tayangan holda kar bolalarni tilga o‘qitishda
«yozma obrazlar metodi»ga asoslanishni taklif etadi. U 1911 yilda «So‘z va rasm» alifbosini yaratadi. Unga ko‘ra kar bolalar, ko‘rgazmali qurollardan foydalangan holda o‘qishga o‘rgatish jarayonida yozma nutqni egallab boradilar.
Aleksandr Erlen keyinchalik «Belgiya metodi» deb nomlangan kar bolalarni tilga o‘qitish tizimini yaratadi. Ushbu tizim asosida tilga o‘qitishda o‘quvchilar og‘zaki nutqni yozma so‘zlarni yaxlit o‘qish va labdan o‘qish orqali idrok etishga o‘rgatilar edilar. «Yozma metod»ning yana bir ko‘rinishiga misol tariqasida E.Kernning «yaxlit metodi»ni keltirish mumkin. Ushbu metod bo‘yicha ta’lim berish karlarni og‘zaki nutqqa o‘qitish jarayonida imo-ishora va daktil nutqini chiqarib tashlab, o‘rniga yozuvdan foydalanish asosida olib borilar edi.



Yüklə 31,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə