Safaviylar va buxoro ashtarxoniylarining diplomatik



Yüklə 341,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix24.03.2023
ölçüsü341,85 Kb.
#103107
  1   2   3   4   5
136 Ubaydullayev Abbosxon 970-974



Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(2), Feb., 2023 
970 
SAFAVIYLAR VA BUXORO ASHTARXONIYLARINING DIPLOMATIK 
ALOQALARI 
 (SHOH ABBOS I BOSHQARUV YILLARI MISOLIDA) 
Ubaydullayev Abbosxon 
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi 
Email: 
abbos.daniyarevich@gmail.com
 
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Safaviy Shoh Abbos I va boshqa safaviy shohlar davrida 
Buxoro ashtarxoniy hukmdorlari o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar, siyosiy 
kurashlar va ularning natijalari, hukmdorlar o‘rtasidagi elchi almashinuvlar, ikki 
davlat ziddiyatlari markazidagi hudud "Balx" uchun kurash haqida malumotlar 
keltirib o‘tiladi. 
Kalit so‘zlar:
 Valimuhammad, Imomqullixon, Nodir Muhammad, Abdulazizxon, 
Rustam Sulton, Balx, Subhonqullixon. 
ABSTRACT
This article provides information about the diplomatic relations between the 
Ashtarkhani rulers of Bukhara during the reign of Safavid Shah Abbas I and other 
Safavid kings, political struggles and their results, ambassador exchanges between 
the rulers, and the struggle for Balkh, the area at the center of the conflict between 
the two states.
Key words:
Valimuhammad, Imamqullikhon, Nadir Muhammad, Abdulaziz 
Khan, Rustam Sultan, Balkh, Subhanqullikhon. 
KIRISH
XVII asrlarda Buxoro-Eron munosabatlari o‘zaro hal qilib olinmagan va 
tomonlarning davolari bo‘lgan hududlar tufayli ziddiyatli kechdi. Bu ziddiyatlarga 
Balx hukmdorlari ham jalb qilingan edi. Shayboniylar davrida Eron safaviylari 
Balxda hukumronlik o‘rnatish uchun kurashib mag‘lubiyatga ucharadi. Hokimiyat 
ashtarxoniy hukumdorlardan Valimuhammadxonga o‘tishi, safaviylar qattiq 
xavotirga soldi va yangi to‘qnashuvga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi.
Ashtarxoniylar urushning oldini olish va ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni 
yaxshilashni xohlardi. Shu maqsadda ular muzokaralarga kirishdi. Shoh Abbos 
huzuriga Marv hukmdori – Bektoshxon orqali Bayramaliy Shomlu yuborildi. Ammo 
yaqinlashib kelayotgan urushning oldini olish uchun bu yetarli bo‘lmadi.
Shoh Abbos qirq ming qoʻshin toʻplab, 1602 yil boshida Xuroson tomon 
harakatlandi. Ikki oy yaylovlarda boʻlgan armiyasini yangi kuchlar, yem-xashak bilan 
to‘ldirishdi.Tayyorgarlikdan so‘ng shoh Meruchakka ko‘chib o‘tdi va tez orada 



Yüklə 341,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə