Safaviylar va buxoro ashtarxoniylarining diplomatik


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 341,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix24.03.2023
ölçüsü341,85 Kb.
#103107
1   2   3   4   5
136 Ubaydullayev Abbosxon 970-974

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(2), Feb., 2023 
973 
hohlayotganiga ishontirdi va ular o‘rtasidagi keskinlik sababi Balx chegaralari 
yaqinida bo‘lib turgan Rustam Sultonligi takidlandi va ko‘pincha chegara tumanlarini 
vayron qilayotganidan noroziliklari aytib o‘tildi. Elchi munosabatlarni yaxshilash 
uchun shohga Sulton Rustam qaytarib olishi kerakligi haqida shart qo‘ydi. 
Biroq,shart amalga oshmadi va Rustam Sulton Balxga egalik qilish uchun 
bosqinlarni davom ettirdi. Nodir Muhammadxon bunga butunlay barham berishga 
qaror qildi.
1623 yil kuziga tartibsizlar o‘chog‘i Bala Murg‘ob tomon Yalangto‘sh bek 
qo‘mondonligi ostidagi katta qo‘shinni yo‘naltirdi. O‘z elchisini Eronga sovg‘alar 
va do‘stligini ifodalab yubordi. Shoh Balx elchisi bilan uzoq muzokaralar olib bordi 
va Nodir Muhammadxon bilan erishilgan kelishuvga ko‘ra Balo Murg‘ob tumani 
Eronga berildi.Bu voqealardan keyin Imomqulixon shoh huzuriga odam 
yuboradi.Uning elchisi Abdulrahim Xo‘ja orqali o‘z maktubida «do‘stlik va 
tinchlikni mustahkamlashga ishonch va ikki davlat oʻrtasidagi doʻstlik hohlashini 
ifodalagan edi”. Shoh Abbos I Muhammad Nodirxonga javob yozdi.Uni sobiq 
Shirvon vaziri Muhammad Solih bek qo‘liga topshirdi.Ashtarxoniylar va Safaviylar 
o‘rtasida tinch munosabatlar mavjud edi. 1631-yildan Shoh Safi I (1629—1642) 
davrida tinchlik buzilgan edi.1631-yilda Rustam Sulton yana Ubeheda paydo bo‘lib, 
bosqinchilikni boshlab yubordi. Balx viloyatining janubi-gʻarbiy tumanlarda,ayniqsa 
Meruchak, Maymana va Juzjon atroflaridagi kurashlar og‘ir kechdi. 1632 yil 
bahorida Hirot va Mashhad hokimlari Zeyin Al xon va Husaynqullixon bilan 
birgalikda bu bosqin takrorladi va keyin ta’qibchilaridan qo‘rqib (Yalangto‘sh otaliq, 
Baki-biya Devonbegi va boshqalar) qochishga majbur bo‘lishdi va Meruchakning 
kuchli chegara qal'asidan boshpana topsihdi.Abdulaziz Sulton qal’ani qamal qildi
lekin uni egallay olmadi.Rustam Sulton va uning ittifoqchilari Abdulaziz Sulton va 
Yalangto‘sh bek bilan sulh tuzdilar.Rustam Sulton va uning ittifoqchilari o‘ljani 
qaytarib berishlari va zudlik bilan Balx xirojiga jo‘natishlari sharti bilan qamal 
to‘xtatildi va Shibirg‘onga qaytib kelishdi. 
1632-1637 yillarda Abdulaziz Sulton bir necha bor bosqinlar uyushtirdi.Xuroson, 
Hirot va Mashhad tumanlarini talagan, hatto bir marta (1637-yilda) Hirotni 
bo‘ysundirdi.Safaviylar Rustam Sultonni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirdilar. Bu 
safar (1630 yildan) Mashhadga joylashdi.Biroq, bu o‘zaro vayronkor hujumlar 
Buxoro xoni va Eron shohi o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarni davom ettirishga 
to‘sqinlik qilmadi, bunda tomonlar o‘z manfaatlarini unutmadilar.1689-yilda 
Subxonqulixon (1680–1702) Xurosonga safar uyushtirdi. Buxoroliklar Boloye 
qal'asini egallab olishdi.Murgʻob (zamonaviy Kushkaning shimoli-sharqida) taslim 
boʻldi. Keyingi yillarda ikki davlat ham muammolar girdobiga kirib qoldi.Buxoro 



Yüklə 341,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə