Safaviylar va buxoro ashtarxoniylarining diplomatik


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 341,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix24.03.2023
ölçüsü341,85 Kb.
#103107
1   2   3   4   5
136 Ubaydullayev Abbosxon 970-974

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(2), Feb., 2023 
972 
bo‘lgan munosabatlar tufayli yomonlashdi.Ularning mustaqillikga intilishi tufayli 
vaziyat yanada og‘irlashdi. Shoh Abbos qulay fursatdan foydalanib, Buxoro xonini 
qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi. Shu maqsadda,1610 yilda Safaviylar elchisi Mirzo 
Ali 
Bey 
Buxoroga 
keldi 
va 
Buxoro 
elchisi 
Mirzo 
Shohmuhammad 
Isfaxonga yuborildi. Muzokaralar mavzusi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar bo‘ldi. 
Elchi sharafiga Isfahonda Buxorocha ajoyib ziyofatlari uyushtirildi. 
1611 yil boshida Imomqulixon va Nodir Muhammad harbiy harakatlar boshladi 
va Garmga yetib keldi va Tang-Haram shahrida qarorgoh qurishdi. Vali 
Muhammadxon Buxoroda ularga qarshi kurashga otlandi va Qarshi va Xo‘ja Obi 
Garm oralig‘idagi Katlish hududiga yetib bormasdan turib, u bir qancha samarqandlik 
beklarning xiyonatidan xabar topdi.Biroq, uning ko‘plab tarafdorlari va askarlari 
unga hiyonat qilib, tark etishdi va sultonlarning birlashgan kuchlariga qo‘shildi.
Xon qiyin vaziyatda qolib, Buxoroga qaytib keldi. Vali Muhammadxonning 
Buxoroni himoya qilishdagi barcha sa'y harakatlari muvaffaqiyatsiz tugadi. Eron 
Shohining qo‘llashi ham yordam bermadi. Keyinchalik Vali Muhammad qatl etildi. 
1620 yil oxirida Vali Muhammadxonning oʻgʻli Rustamxon ikki minglik harbiy qism 
koʻmagida qizilbosh qo‘shinlarining yordami bilan Meruchak tomon yo‘l oldi. Nodir 
Muhammadxon o‘z qo‘shinining bir qismini ularga qarshi yubordi. Shiddatli jang 
natijasida Safaviylar mag‘lub bo‘lib Hirot tomonga qochib ketishdi. Rustam Sulton 
va Safaviylarning chegaralarda faollashishi Nodir Muhammadxonni chegara 
tumanlarida katta qoʻshinlarni ushlab turishga majbur bo‘ldi. 
Bundan tashqari, qozoq sultonlarining doimiy Movorunnahrdagi hujumlari 
tufayli katta akasiga yordam berish uchun qo‘shinning katta qismini qaytarib 
yuborishga majbur bo‘ldi. Tabiiyki, Nodir Muhammadxon bir vaqtning o‘zida ikkita 
urushda jang qila olmadi va shuning uchun ikki davlat munosabatlarini yaxshilash 
uchun Shoh Abbos l bilan muzokaralar olib bordi. Bunga 1621 yil oxirida Balx 
elchisi Poyanda Mirzo qimmatbaho sovg‘alar bilan Isfaxonga keldi.Tomonlar 
mamlakatlar o‘rtasidagi tinchlik va do‘stlikni mustahkamlashga rozi bo‘lishdi. 
Qimmatbaho sovg‘alar, tinchlik va totuvlik to‘g‘risidagi kelishuv bilan Eron elchisi 
Muhammad Solih Bek, Shirvonning sobiq vaziri Balxga keldi.Biroq, Shohning 
"tinchlik" qadami izolyatsiyaga qaratilgan diplomatik nayrang bo‘lib chiqdi. 
Balx hukumatining Safaviylarning Qandahorga katta yurishi arafasidagi tinchlik 
kelishuvi Safaviylar uchun muhim edi.Chunki ular Qandahorni bosib olishga qizg‘in 
tayyorgarlik ko‘rayotgan edi.
1622 yilda Eronga Balxdan Sayid Ibrohim Xo‘ja boshchiligida yana bir elchi 
yuborildi. Bu voqea guvohi Iskandar Munshiy aytadi:O‘sha Balx elchisi shohni 
Imomqullixon va Nodir Muhammadxonning faqat tinchlik va u bilan do‘stlikni 



Yüklə 341,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə