Safaviylar va buxoro ashtarxoniylarining diplomatik


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 341,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix24.03.2023
ölçüsü341,85 Kb.
#103107
1   2   3   4   5
136 Ubaydullayev Abbosxon 970-974

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(2), Feb., 2023 
971 
Chechektaga yetib keldi. Vali Muhammad Movorunnaxrga akasi Boqi 
Muhammadxonga bu haqdagi yangiliklar haqida habar yubordi. Boqi Muhammadxon 
1602 yil avgustda Amudaryo sohillariga yetib keldi va undan keyin daryodan kechib 
o‘tib, o‘tish joylarida og‘ir qorovul qoldirdi va Balxga ketdi. Nihoyat, Pul-Xatobdagi 
hal qiluvchi jangda Safaviylar magʻlubiyatga uchradi va Shoh Abbos Eronga 
qaytishga majbur bo‘ldi.
 
NATIJALAR 
Shunday qilib, Eron Safaviy hukmdorlari Balx taxtini egallashga urunishi 
amalga oshmadi. 1605 yilda Shoh Abbos Jahongirni xon qilish uchun yana kurash 
boshladi. Xuddi shu yili, Johongir Xon Garchistonni va Hazorijotning bir qismini 
egallab, Ubeh va Shafelanda oʻrnashib oldi. Oxirida 1606-yilda u Xazaredxat 
tog‘larida qo‘shin to‘pladi va Safaviylar qo‘shini bilan birga yana Balxga bostirib 
kirdi. Shohbek koʻkaldosh, Balx hokimi va Maymana, Shibirgʻon, Gurzuvon va 
boshqa joylardagi mahalliy humdorlar o‘z qo‘rg‘onini mustahkamlab, Vali 
Muhammadxonga xavf-xatarlar haqida xabar berdi. O‘sha vaqtda akasi Boqi 
Muhammadxon vafotidan so‘ng Vali Muhammadxon Buxoroga hukmdor boʻldi.Vali 
Muhammadxon ularga yordamga Hoji bek boshchiligida katta qo‘shin yubordi.
Bu vaqtda Jahongirxon va Salim Sulton Murg‘obga yaqinlashib, kechib o‘tishdi 
va Katagani qismlari ularga Meruchakda qo‘shildi. Olmar tumanidagi qonli jang 
sodir bo‘ldi va ikkala qoʻshinda ham ogʻir yo‘qotishlar bor edi. Oxir-oqibat, g‘alaba 
Ashtarxoniylarga nasib etdi va Jahongirxon va Salim Sulton va tirik 
qolganlar Garchistonga qochib ketishdi, ammo u yerda mustahkam oʻrnashib 
ololmay, Ashtarxoniylar qoʻshini hujumiga uchrab, o‘g‘ir qo‘qotishlarga uchradilar. 
Mahmud ibn Valiyning yozishicha, 1606 yilning o‘rtalarida ular yana Chekekta va 
Gurzuvonda paydo bo‘ldi. Nodir Muhammadxon,Balxga hokim etib tayinladi, ularga 
qarshi qoʻshin yubordi, lekin ularni u yerda topa olmadilar.
1607 yilda Jahongirxon va Salim Sulton yana Juzjon orqali Balxga bostirib 
kirishdi, biroq Safaviylar oʻz qo‘riqchilarini qoʻyishga urinishi muvaffaqiyatsiz 
yakunlandi.Safaviylar Balxni bosib olish uchun yangi urinishlar qildilar.Ular Buxoro 
xonini Balx hokimi bilan ziddiyatga borishini uyushtirishga va shu tariqa ularni 
zaiflashtirishga, keyin esa Balxni bosib qolishga qaror qilishdi.Bunday rejani amalga 
oshirish uchun imkoniyat paydo bo‘ldi.
MUHOKAMA
Ma'lumki, 1610 yilda Vali Muhammadxon va uning jiyanlari Samarqandda 
hukmronlik qilgan Imomqulli sulton va Balxda hokimi Nodir Muhammadxonlar bilan 



Yüklə 341,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə