Sabzavot ekinlari: kartoshka, pomidor, piyoz Kartoshkaning asosiy zararkunandalari



Yüklə 18,33 Kb.
səhifə2/3
tarix13.10.2023
ölçüsü18,33 Kb.
#127689
1   2   3
Sabzavot ekinlari

Pomidorning asosiy kasalliklari:

  1. Fuzarioz so‘lish (Fusarium Oxysporium f. lycopersici) – dunyoning barcha mamlakatlarida keng tarqalgan. O‘sish davrining o‘rtalarida yengil zararlangan o‘simliklarning hosili 11-12% ga pasayadi, avgust oyining boshlarida zararlangan o‘simliklarning hosili butunlay yo‘qotiladi.

  2. Kladosporioz (Cladosporium fulvum) – butun dunyoda tarqalgan, ba’zan ochiq dalalarda ham rivojlanadi. Hosil 9,3% dan96,5% gacha pasayadi.

  3. Alternarioz (Alternaria solani) – Issiqxona va ochiq maydonlardagi pomidorda 70-80% zararlanganligi xabar qilingan.

Piyozning asosiy zararkunandalari:

  1. Piyoz ildiz kanasi (Rhizogliphus echinopus) – bir yilda 5-10 ta bo‘g‘in berib rivojlanadi. Kana piyoz ichiga tubidan kiradi va qavati oralariga joylashadi. Bunday piyoz po‘sti atrofida mayda chiqindi kukuni paydo bo‘ladi, piyoz yengillashib chiriydi yoki istemolga yaroqsiz bo‘lib qoladi.

  2. Turkiston qarsildoq qo‘g‘izi (Agriotes meticulosus) (simqurt) – aprel-may oylarida qo‘ng‘izlar uchib chiqadi va jadal oziqlanadi. Bir avlodi rivojlanishi uchun (uzoq) 4-5- yil vaqt kerak bo‘ladi, ammo, har yili 65-705 hosil yo‘qotishga sabab bo‘ladi.

  3. Tamaki tripsi (Thrips tabaci) – bu zararkunanda bir mavsumda 7-10 ta avlod beradi. O‘z vaqtida oldi olinmasa yoki qarshi kurash tadbirlari o‘tkazilmasa, 40-50% hosil yo‘qotiladi.

Piyozning asosiy kasalliklari:

  1. Piyozning soxta un-shudring kasalligi (Peronospora destructor) – diffuz zararlangan o‘simliklarda ko‘plab sporalar rivojlanadi, ular shamol bilan tarqaladi va shabnam yoki yomg‘ir tomchilari mavjudligida sog‘lom o‘simliklarni zararlaydi.o‘suv davrida patogen 7 tagacha o‘simlikni zararlaydi va hosildorlikka jiddiy zarar yetkazadi.

  2. Piyozning qorakuya kaasalligi (Urocistis cepulae) – zararlangan piyoz barglari shishib yoriqlar hosil qiladi. Zararlanish urug‘ unishi bilan birinchi barg paydo bo‘lishi orasida eng ko‘p kuzatiladi.


Yüklə 18,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə