Rossiya federatsiyasi prezidenti- vladimir putin



Yüklə 15,21 Kb.
səhifə4/4
tarix30.12.2023
ölçüsü15,21 Kb.
#165053
1   2   3   4
Rossiya iqtisodiyoti.

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • SANOATI

Qazilma boyliklari

  • Asosiy qazilma boyliklari neft, gaz, temir, ko’mir, oltin va boshqa strategik qazilma boyliklardir. Mamlakatning bugunda mavjud bo’lgan qimmatbaho erosti va er usti boyliklari zihirasi 28,6 trln. dollarni tashkil etadi. Hozirda Rossiya dunyodagi jami erosti qazilmalarini qazib olish bo’yicha etakchi sanaladi. Xususan, bu erda dunyoning 10 % nefti, 30 % tabiiy gazi, 10 % toshko’miri, 14 % temir rudasi, 15 % rangli va kam uchraydigan metallar qazib olinadi. Rossiya MDH mamlakatlari ichida zahira foydali qazilmalari borligi jihatidan ham oldinda. U MDH mamlakatlar ichida 85 % neft zahirasiga, 53 % - simob, 95 % - nikel, 78 % - boksit zihirasiga ega sanaladi. Rossiyada o’rmonlar aholi jon boshiga 5 gektardan ortiqroq to’g’ri keladi (bu Kanadada 8,6 gektarni, AQShda esa 0,8 gektarni tashkil etadi).
  • Rossiya — industrialagrar mamlakat. Uning hududi 12 yirik iqtisodiy rayon (Shim., Shim.Gʻarbiy, Markaziy, VolgaVyatka, Markaziy qoratuproq, Volgaboʻyi, Shim. Kavkaz, Ural, Gʻarbiy Sibir, Sharqiy Sibir, Uzoq Sharq va Kaliningrad viloyati)ga boʻlingan. Milliy daromadda sanoatning ulushi 44,5%, q.x. ulushi 10%, qurilish 11,5%, transport, aloqa, moddiytexnika taʼminoti, tayyorlov va b. tarmoqlarning ulushi 34%. Iqtisodiyotda davlatga qarashli korxonalar bilan bir katorda xususiy, aralash korxonalar ham bor.

Xo`jaligi

SANOATI

  • ROSSIYA kumir, neft, tabiiy gaz qazib olishda, elektr energiya, mineral oʻgʻit, gazlama, poʻlat, prokat, sement i.ch.da dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Mamlakat eksporti va yoqilgʻienergetika balansida neft hamda tabiiy gazning ahamiyati katta. Neftning koʻp qismi VolgaboʻyiUral regionida, Gʻarbiy Sibir, R. Yevropa qismi shim., Saxalin va b. joylarda qazib olinadi. Neft xom ashyosining aksariyat qismi "LUKoyl", "Slavneft", "Rosneft", "Bashneftexim" kompaniyalarining korxonalarida kanta ishlanadi. R.da qazib olingan neftning 99,5% "Transneft" birlashmasining magistral kuvurlari (jami uz. 48,5 ming km) orqali tashib beriladi. Aniqlangan gaz zaxiralari boʻyicha R. dunyoda 1oʻrinda (32% dan koʻproq) turadi va dunyoda qazib olinayotgan gazning 30% ni taʼminlaydi. Tabiiy gazning asosiy qismi YamalNenets muxtor okrugidagi Urengoy, Yamburg , Zapolyarye, shuningdek, Orenburg konlaridan olinadi. Jami gazning 94% ni "Gazprom" birlashmasi qazib chiqaradi. Magistral gaz quvurlari uz. — 150 ming km. Ichki bozorga yetkazib beriladigan gazning 15% kommunalmaishiy sohaga, shu jumladan, aholi ehtiyojiga, qolgan qismi sanoat i.ch.ga ishlatiladi. Kumir zaxiralari 22 yirik koʻmir havzasida va 115 ta alohida konda joylashgan.
  • Yengil sanoatda toʻqimachilik yetakchi oʻrinda. Uning yirik markazlari boʻlgan Ivanovo, Moskva, Yaroslavl, OrexovoZuyevo, Tver sh.larida ip, zigʻir, shoyi, jun gazlamaning aksariyat qismi ishlab chiqariladi. Barcha iqtisodiy rnlarda aholining ehtiyojlariga qarab va xom ashyo manbalari imkoniyatlariga mos ravishda oziq-ovqat sanoati rivojlantirilgan. Goʻsht, sariyogʻpishloq, konserva, qand, yogʻ zdlari qurilgan. Shim. va Uzoq Sharqsa, Qora, Azov va Kaspiy dengizlari atrofida yirik baliq sanoati korxonalari mavjud.
  • Qishloq xoʻjaligiga yarokli yerlar 197,6 mln. gektar; shundan 85,4 mln. gektari haydaladigan yer, qolgan qismi pichanzor va yaylov. Haydaladigan yerlarning 4/5 qismi Markaziy, Volgabuyi, Shim. Kavkaz, Ural va Gʻarbiy Sibir iqtisodiy rnlariga toʻgʻri keladi. Q.x. yalpi mahsulotining 47,2% ni dehqonchilik va 52,8% ni chorvachilik beradi. Asosiy ekinlari: gʻalla, qand lavlagi, kungaboqar, kartoshka, sabazavot, zigʻir va b. Volgabuyi, Shim. Kavkaz, Gʻarbiy Sibir, Ural va Markaziy rnlarda bugʻdoy, Shim., Shim.Gʻarbiy va Markaziy rnlarda zigʻir, Shim. Kavkaz, Volgabuyi, Markaziy rnlarda kungaboqar, Markaziy va Shim. Kavkazda kand lavlagi yetishtiriladi. Turli rnlarda meva, rezavor va uzumzorlar bor. 4,29 mln. gektar yer sugʻoriladi

E’tiboringiz uchun raxmat.
Yüklə 15,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə