Rivojlanayotgan davlatlarning bank tizimi Reja: Kirish


O’zbekiston Respublikasi bank tizimining rivojlangan banklar bilan aloqasi



Yüklə 125,04 Kb.
səhifə6/8
tarix22.03.2024
ölçüsü125,04 Kb.
#180935
1   2   3   4   5   6   7   8
Rivojlanayotgan davlatlarning bank tizimi

3.O’zbekiston Respublikasi bank tizimining rivojlangan banklar bilan aloqasi
Kredit operatsiyalarining qaytishlilik, qoplanuvchanlilik va daromadliligidan hamda amalga oshirilayotgan investitsion loyihalarning samaradorliligidan kelib chiqqan holda bevosita kredit ajratish masalalari bilan shug‘ullanuvchi tijorat banklari rahbar va xodimlarini rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish.
V. Moliyaviy nobarqaror va iqtisodiy nochor korxonalar faoliyatini tiklash va strategik investorlarni jalb qilish
Tijorat banklarining boshqaruvchi kompaniyalari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha:
banklar balanslariga olingan bankrot-korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatini tiklash;
korxonalarni tiklash jarayoniga potensial investorlar va hamkorlarni, jumladan korxonalarni modernizatsiyalash faoliyatida ilg‘or tajriba va bilimga ega bo‘lgan yuqori malakali xorijlik menejerlar va mutaxassislarni yanada faol jalb etish.
· Xodimlarni moddiy rag‘batlantirish, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlashning ta’sirli mexanizmlarini yaratish.
Quyidagi mexanizmlarni joriy etish:
- tijorat banklari balanslariga berilgan bankrot korxonalar mol-mulki negizida yangi tashkil etilgan korxonalar ishlab chiqarishini tiklash hisobiga yangi ishchi o‘rinlarni yaratish, mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish, investitsiyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha prognoz hajmlarni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishning har yillik reja jadvallarni tasdiqlash;
· Tijorat banklari Boshqaruvlari tomonidan doimiy ravishda tasdiqlangan reja-jadvallarining bajarilishini ko‘rib chiqish.
· Tijorat banklariga auksion va tanlov savdolarida sotilgan iqtisodiy nochor korxonalar negizida ishlab chiqarishni tiklash va moliyaviy sog‘lomlashtirish, biznes-rejalarni bajarish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalaridan kelib chiqqan holda tijorat banklari rahbarlari va tegishli tuzilmaviy bo‘linmalari javobgarligini kuchaytirish va ularni moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish.
VI. Jamg‘arib boriladigan nafaqa tizimini yanada kengaytirish va rivojlantirish
Quyidagilarni hisobga olgan holda, fuqarolarning ixtiyoriy ajratmalaridan jamg‘arib boriladigan nafaqa tizimiga kelib tushadigan mablag‘larni ko‘paytirishni rag‘batlantirish bo‘yicha chora–tadbirlarni amalga oshirish:
a) Xalq banki tomonidan jamg‘arib boriladigan nafaqa tizimiga ixtiyoriy ravishda badal qo‘yuvchi shaxslarga jozibador bank xizmati turlarini joriy qilish, jumladan kreditlar berish, bank xizmatlari bo‘yicha jozibador tariflarni taqdim etish;
· b) jamg‘arib boriladigan nafaqa tizimiga uzoq muddatga mablag‘larni joylashtirishning afzalliklarini, qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlarni, joylashtirilgan mablag‘larning daromadliligi va to‘liq qaytarilishini aholi o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish.
· Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida va yirik ishlab chiqarish ob’ektlari infrastrukturalarida strategik muhim investitsiyaviy loyihalarni, jamg‘arib boriladigan nafaqa tizimi mablag‘lari, shu jumladan O‘zbekiston Respubliki Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining valyuta krediti hisobidan tijorat banklari orqali moliyalashtirishni yanada kengaytirish
· Jamg‘arib boriladigan nafaqa tizimining vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat banklarining yuqori likvidli moliyaviy instrumentlariga (depozit, obligatsiya) va respublikadagi moliyaviy barqaror yirik korxonalarining resurs bazalarini kengaytirishni ta’minlashga yo‘naltirish hamda jamg‘arib boriladigan nafaqa tizimining joylashtiriladigan mablag‘lari portfelini diversifikatsiyalash.
· Fuqarolarning individual jamg‘arib boriladigan pensiya hisob varaqlariga mablag‘larni kiritish tizimini takomillashtirish maqsadida ish beruvchilar tomonidan taqdim etiladigan elektron reestrlarni uzatish va qayta ishlash mexanizmlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
VII. Kichik biznes sub’ektlarini va xususiy tadbirkorlikni kredit-moliyaviy qo‘llab-quvvatlash
· 2011-2015 yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash hajmlarini 2,7 barobarga kengaytirish
· Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining loyihalarini moliyalashtirishni kengaytirish maqsadida xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy mamlakatlar hukumatlarining imtiyozli kredit liniyalari va grantlarini o‘zlashtirish va jalb qilishni faollashtirish, bunda ko‘rsatilgan moliyalash manbalari hisobidan 2011yilda–75 mln. doll., 2012 yilda–90 mln. doll., 2013 yilda–110 mln. doll., 2014 yilda–130 mln. doll. va 2015 yilda–155 mln. doll. dan kam bo‘lmagan holda moliyalashtirishni ta’minlash.
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi huzurida quyidagilarni nazarda tutgan holda iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlaridagi investitsion loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha loyiha hujjatlarini tayyorlashga ixtisoslashtirilgan Jamg‘armani tashkil etish:
- Jamg‘arma mablag‘lari texnik-iqtisodiy asosnoma (TIA) loyihalarini tayyorlash uchun ishlatilib, keyinchalik ushbu xarajatlar loyiha moliyalashtirilishi boshlangandan so‘ng bank krediti summasiga qo‘shiladi;
- Jamg‘arma ta’sischilari, tijorat banklari, nobank kredit va moliya uyushmalarining badallari Jamg‘arma manbalari hisoblanadi;
· - TIA loyihalarini tayyorlash uchun loyiha g‘oyalarini saralash va tanlash tanlovm asosida amalga oshiriladi.
· Hududlar va kreditlanadigan faoliyat turlari (xizmat va servis sohasini, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashni, iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarishni va boshqalarni kengaytirish) kesimida, shuningdek kreditlarni o‘zlashtirish natijasida yangi ishchi o‘rinlarni yaratish bo‘yicha ATB «Mikrokreditbank» tomondan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarga ajratiladigan mikrokreditlarni kengaytirish yillik Dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.



Yüklə 125,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə