Rivojlanayotgan davlatlarning bank tizimi Reja: Kirish


Tijorat banklarining funksiyalari



Yüklə 125,04 Kb.
səhifə7/8
tarix22.03.2024
ölçüsü125,04 Kb.
#180935
1   2   3   4   5   6   7   8
Rivojlanayotgan davlatlarning bank tizimi




5. Tijorat banklarining funksiyalari


Tijorat banklarining iqtisodiy roli uning faoliyat doirasining keng bo‘lishiga olib keladi. Shu sababli tijorat banklari quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  • vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish;

  • korxona, tashkilotlar va aholini kreditlash;

  • iqtisodiyotda hisob-kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish;

  • moliya-valuta bozorida faoliyat ko‘rsatish;

  • iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish, maslahat xizmatlarini ko‘rsatish va boshqalar.

Banklar bo‘sh pul mablag‘larini yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish funksiyasini bajara turib bo‘sh pul daromadlari va jamg‘armalarini yig‘adi. Jamg‘aruvchi (bo‘sh mablag‘ egasi) o‘z mablag‘larini bankka ishonib topshirgani va bank bu mablag‘lardan foydalangani uchun ma’lum foiz hisobida daromad oladi. Bo‘sh pul mablag‘lari hisobidan ssuda kapitali fondi vujudga keladi va bu fond iqtisodiyot tarmoqlarini kreditlash uchun ishlatiladi.
Tijorat bankining bo‘sh turgan mablag‘larni jalb etish, ularni kapitalga aylantirish funksiyasi asosiy funksiyalardan hisoblanib, jalb etilgan mablag‘lardan daromad qarz mablag‘lariga bo‘lgan ta lab va taklif asosida shakllanadi.
Bankning vositachilik operatsiyalari bozor iqtisodiyoti tizimini rivojlantirish borasida bank faoliyatida tavakkalchilik va noaniqlikning oldini olishga sharoit yaratadi. Pul mablag‘lari bank vositachiligisiz ham kreditor va qarz oluvchi orasida muomalada bo‘lishi mumkin, ammo bu bilan mablag‘larni yo‘qotish xavfi darajasi oshadi va mablag‘larni o‘z vaqtida qaytarib ololmas lik muammolari yuzaga keladi. Bu muammolarning yuzaga kelishi shundan iboratki, kreditor va qarz oluvchi bir-birovi haqida yetarli darajada ma’lumotga ega emasligi, mablag‘larga bo‘lgan talab ning taklif bilan doimo miqdoran va bir vaqtda teng emasligidadir. Tijorat banklari mablag‘larni depozitga jalb etishi, ssuda berishi mumkin. Bank o‘z aktivlari bo‘yicha keng diversifi katsiya usulini qo‘llab omonatlarni qaytara olmaslik xavfi darajasini kamaytirishi mumkin.
Iqtisodiy tizimni qayta qurish uchun asosan va birinchi galda ichki xo‘jalik jamg‘armalariga tayanish lozim. Tijorat banki mo liya bozoriga kredit resurslariga talab bilan kirar ekan, nafaqat iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan barcha jamg‘armalarni maksimal darajada yig‘ishga, balki joriy iste’molni chegaralash bilan jamg‘armani shakllantirishga samarali ta’sir ko‘rsatmog‘i lozim. Jamg‘arma mablag‘larni shakllantirishda tijorat banklari depozit siyosatining ta’siri katta. Omonatchilarga yuqori foizlardan tashqari, bank kred itlariga yuqori kafolat va ishonchlilik kerak. Omonatlarni qo‘yishda xavfsizlik bilan bir qatorda mijoz tijorat banki faoliyati haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lishi va bu bilan u bankning moliyaviy ahvoliga baho bera olishi mumkin.
Tijorat banklari faoliyatida asosiy o‘rinni korxona, tashkilotlarni, aholini va turli subyektlarni kreditlash egallaydi. Kreditlash jarayonini tashkil qilishda bank moliyaviy vositachi rolini o‘ynaydi. U bo‘sh turgan mablag‘larni jalb qiladi va o‘z nomidan mijozlarga vaqtincha foylanishga beradi. Bank krediti hisobidan iqtisodiyotning muhim tarmoqlari – sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo va boshqalar moliyalashtiriladi va ishlab chiqarishni kengaytirishga asos bo‘ladi.
Tijorat banklari shartnoma asosida bir-birlarining mablag‘larini depozit, kredit shaklida jalb etishlari, joylashtirishlari, o‘z ustavlarida ko‘rsatilgan boshqa o‘zaro operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin.
Mijozlarga kredit berish va o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish uchun mablag‘ yetishmay qolgan taqdirda tijorat banklari kredit resurslari olish bo‘yicha Markaziy bankka murojat qilishlari mumkin.
Tijorat banklari operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari ularning o‘zlari tomonidan mustaqil belgilanadi. Ammo bu stavkalar davlat pul-kredit siyosatining bosh yo‘nalishlarida belgilab beriladigan foiz stavkalari siyosatiga asoslangan bo‘lishi lozim.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida qimmatli qog‘ozlar bozorining yaxshi taraqqiy etmagan bosqichlarida iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan asosiy moliyaviy resurslar banklarga omonatlarni jalb qi lish orqali amalga oshiriladi.
Banklarning keyingi funksiyasi bu mustaqil subyektlararo to‘lov operatsiyalarini amalga oshirish funksiyasidir. Rejali iqitsodiyot davrida barcha to‘lovlar birgina Davlat banki orqali amalga oshirilgan, hisob-kitoblarning bunday tizimida to‘lovlarni amalga oshirishda davlat o‘zi kafil bo‘lardi. Mustaqil tijorat banki ti zimini shakllantirish hisob-kitob tizimining ajralishiga olib keladi va banklar o‘z zimmalariga oladigan javobgarlik daraja sini oshiradi. MFO hisobvaraqlaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan hisob-kitoblar o‘rniga banklararo hisobning korresp ondent schotlarga o‘tishi ham javobgarlik darajasi ning ko‘payishiga olib keldi. Bunday sharoitda tijorat banklari, mi jozlar hisob-kitoblari bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishi bo‘yicha mas’uldir.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan barcha mamlakatlarda tijorat banklari iqtisodiyotning to‘lov mexanizmida yetakchi o‘rin tutadi.
Iqtisodiyot to‘lovlarini amalga oshirishni isloh qilish va rivojlantirish orqali mamlakatimiz to‘lov tizimida tijorat banklarining o‘rni kengaymoqda. Undan tashqari tijorat banklari moliya- valuta bozorida faoliyat ko‘rsatishi, ya’ni qimmatli qog‘ozlar chiqarishi va ularni joylashtirishi, sotib olishi, mijozlarga har xil axborotlar, maslahatlar berish bilan shug‘ullanishi mumkin.
Tijorat banklari yuqorida keltirilgan funksiyalar asosida quyidagi operatsiyalarni bajaradi:

  • passiv operatsiyalar;

  • aktiv operatsiyalar;

  • bank xizmatlari va vositachilik operatsiyalari;

  • bankning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiradigan ope-ratsiyalari va boshqa turdagi operatsiyalarni bajaradilar.

Yüklə 125,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə