Rivojlanayotgan davlatlarning bank tizimi Reja: Kirish



Yüklə 125,04 Kb.
səhifə3/8
tarix22.03.2024
ölçüsü125,04 Kb.
#180935
1   2   3   4   5   6   7   8
Rivojlanayotgan davlatlarning bank tizimi

2-chizma

Markaziy Bank bank va moliya muassasalari faoliyatining barqarorligini ta’minlaydi. Birinchi navbatda, u ko‘pchilik moliya institutlari, banklarning faoliyatida moliyaviy jihatdan muammolar yuzaga kelganida, banklar omonatchilar oldidagi o‘z majburiyatlarini bajara olmay qolgan holda moliyaviy sarosima paydo bo‘lishining oldini olishi kerak. Bu masalani hal qilish uchun Markaziy bank, avvalo, tartibga solish va nazorat qilish funksiyalarini ikkinchi pog‘ona – tijorat banklari tizimiga nisbatan bajaradi. Tijorat banklarining har kunlik faoliyatiga aralashish Markaziy bank majburiyatiga kirmaydi. Markaziy bank tijorat banklarin ing me’yoriy boshqarilishi, ularning to‘lovga qobiliyatliligi va likvidliligi ta’minlanishini kuzatib borishi va omonatchilar manfaatlarini himoya qilishi ke rak. Bularning barchasi nazorat me’yorlari tizimi yordamida amalga oshirilib, tijorat banklari pog‘onasiga yetkaziladi.
Markaziy bank pul siyosatini o‘tkazish yo‘li bilan muomaladagi pul massasi ustidan nazoratni amalga oshiradi va infl atsiya, ishsizlikning past darajasini ta’minlash va iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Bunda Markaziy bank emission bank vazifasini bajaradi, ya’ni muomalaga pul belgilarini chiqarish va ularni muomaladan olish huquqiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari tijorat banklari o‘rtasidagi hisob-kitoblarni olib borishga imkoniyat yaratadi.
Bank tizimining ikkinchi pog‘onasi – bu xalq xo‘jaligi va aholiga xizmat ko‘rsatishda bosh bo‘g‘in hisoblangan mustaqil tijorat banklarining tarmog‘idir. Ular yuridik va jismoniy shaxslarga shartnoma asosida turli hisob-kitob va kredit operatsiyalarini amalga oshirish va xizmatlar ko‘rsatish hamda boshqa turli bank xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiradilar.
Har bir mamlakatda tijorat banklarining soni turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, Shvetsiyada Davlat banki 40 ga yaqin tijorat banki faoliyatini nazorat qiladi, xolos, AQSHda 13 mingga yaqin tijorat banklari mavjud bo‘lsa, Shveysariyada har 10 ming aholiga bittadan moliya muassasasi to‘g‘ri keladi. Rossiyada 1995yil boshiga kelib, Rossiya Markaziy banki tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo‘lgan 2486 ta tijorat banki qayd qilingan.
Bank tizimining rivojlanish tarixiga chuqur urg‘u bermasdan, O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyin tashkil qilingan va takomillashib borayotgan bank tizimi to‘g‘risida to‘xtalsak maqsadga muvofi q bo‘lar edi.
1991-yilning 1-sentabrida Respublikamiz mustaqilligining e’lon qilinishi butun dunyo mamlakatlari tomonidan tan olingan bozor iqtisodiyoti dastaklarini bizning respublikamizga ham kirib keli shiga zamin yaratdi. Shuning uchun ham respublikamizdagi bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimini yaratish zaruriyati tug‘ildi.
Mustaqillikka erishilgunga qadar O‘zbekistondagi bank muassasalari sobiq Ittifoq bank tizimi tarkibiy qismiga kirar edi. Shu bilan birga bu banklar sobiq Ittifoq bank tizimi doirasidan tashqarida faoliyat ko‘rsata olmasdilar. Bank tizimi 3 turdagi banklarni: SSSR Davlat banki, SSSR Qurilish banki va SSSR Tashqi savdo bankini va Davlat Mehnat omonat-jamg‘arma kassalarini o‘z ichiga olardi. Sobiq Ittifoq bank tizimida Davlat banki monopol mavqega ega bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida emissiya instituti, qisqa muddatli kreditlashtirish, xo‘jaliklarga hisob-kitob operatsiyalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi markaz hisoblanardi. Ham emissiya funksiyalarini, ham hisob-kitoblar va kreditlar bo‘yicha mijozlarga xizmat ko‘rsatish funksiyalarini bajarishga monopollashuvi Davlat bankini davlat boshqaruv va nazorat organiga aylantirgan edi.
Ma’muriy buyruqbozlik davrida kredit munosabatlari iqtisodiyotni boshqarishda shaklan yuzaki xarakterga ega edi. Kredit resurslari va pul resurslari harakatini ham boshqarish, ham nazorat qi lish davlat bankining monopol ta’siri ostida edi. Bular o‘z navbatida bank tizimining tor doirada rivojlanishiga olib keldi. Markazlashtirilgan bank boshqaruvi asosida faoliyat ko‘rsatgan respublika banklari tor doirada pul resurslari harakatini boshqarar, lekin uni boshqaruvchiligini nazorat qilish sobiq Ittifoq Davlat banki qo‘lida edi.
Iqtisodiyotni boshqarishning markazlashtirilgan usulidan voz kechish va bozor iqtisodiyoti tomon dastlabki qadamlar qo‘yilishi bilanoq markazlashtirilgan bank tizimining qator kamchiliklari ro‘yobga chiqdi. Bu esa, bank tizimida tub o‘zgarishlarni amalga oshirishni talab etardi.
1987-yilda bank tizimini qaytadan tashkil etish boshlandi. Bu jarayonda bank tizimining tashkiliy tuzilmasini o‘zgartirish, banklarn ing rolini oshirish, iqtisodiy tizimning rivojlanishiga ularning ta’sirini kuchaytirish, kreditni harakatdagi iqtisodiy dastaklarga aylantirish ko‘zda tutilgandi.
Qayta tashkil etish jarayonining birinchi bosqichi Davlat bankining yangi tuzilmasini ishlab chiqishdan iborat edi. Qayta tashkil etish modeli quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • ikki bosqichli bank tizimini vujudga keltirish: Markaziy emis-sion bank va bevosita xo‘jaliklarga xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashgan davlat banklari;

  • ixtisoslashtirilgan banklarni to‘laligicha xo‘jalik hisobiga va o‘z-o‘zini moliyalashga o‘tkazish;

  • iqtisodiy tizim doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan bo‘ladigan kredit munosabatlari, uslublari va shakllarini takomillashtirish va boshqalar.

Bank tizimini takomillashtirish jarayoni davomida davlat banki o‘zining kredit tizimidagi markaziy o‘rnini saqlab qolgan holda korxona va tashkilotlarga kredit berish va ular bilan hisob-kitoblarni olib borish funksiyasini maxsus ixtisoslashgan banklarga topshirdi. Ya’ni bankning emission faoliyatini kreditlash faoliyati bilan birga olib borish funksiyasiga chek qo‘yildi. Davlat banki ixtisoslashgan banklar faoliyatini boshqaruvchi, barcha banklar uchun bir xil pul-kredit siyosatini olib boruvchi muassasaga aylandi. Bank tizimining takomillashtirilishi natijasida vujudga kelgan maxsus ixtisoslashgan banklar: Sanoat qurilish banki, Kommunal qurilish va sotsial taraqqiyot banki, Agrosanoat banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat banki, Jamg‘arma banki tashkil qilinib, xo‘jaliklar bilan banklar o‘rtasidagi aloqalar tobora yaqinlashdi, ixtisoslashtirilgan davlat banklari o‘zlarida ma’lum darajada boshqaruvchilik rolini saqlab qoldilar. Bank tizimini takomillashtirish jarayonida juda muhim natijalarga erishildi, lekin tashkil qilingan banklar iqtisodiy munosabatlarning xususiyatlarini to‘liq ifoda qilolmasdi, shuning uchun ham bank tizimini yanada takomillashtirish obyektiv zaruratga aylandi.
1988-yildan boshlab, ikki bosqichli bank tizimi tashkil etila boshlandi. Lekin bu davrda, markazlashtirilgan rejalashda Markaziy bankning roli hali ham yuqori, sohalarning deyarli hamma qismi davlat tasarrufi da edi.
1991-yil 15-fevralda qabul qilingan „Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida“gi Qonun asosida O‘zbekiston Respublikasida ikki bosq ichli bank tizimini tashkil etish g‘oyasi yuzaga keldi. Bu qonunga asosan Davlat boshqaruv organlari respublika Markaziy banki faoliyatiga aralashmasliklari kerak edi. U faqat Respublika Oliy majlisiga hisobot berishi kerak. Bu qonunni amalga tadbiq etish, asosan, Respublikamiz mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng boshlandi.
O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tishning bosqichma-bosqich yo‘lini tanlaganligi bois, 1-bosqichdagi pul-kredit siyosati sohasidagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat qilib qo‘yildi:

  • Markaziy bank boshchiligida keng tarmoqli musta qil tijo-rat va xususiy banklarni o‘zida mujassamlashtirgan ikki bosqich li bank tizimini vujudga keltirish, respublika hududida yirik chet el banklarining bo‘limlari va vakolatxonalarini ochish uchun qulay sharoit yaratish;


  • Yüklə 125,04 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə