Erkaklar shimini bichish



Yüklə 1,53 Mb.
tarix28.01.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#99571
Erkaklar-Shimini-bichish

Erkaklar shimini bichish

Reja:

 

1.Erkaklar shimi asosini loyihalash uchun kerakligi o‘lchovlar.

2.Erkaklar shimi asos chizmasining old bo‘lagini hisoblash va chizish.

3.Erkaklar shimi asos chizmasining ort bo‘lagini hisoblash va chizish.

Eskizlar (chizmalar, rasmlar)

Old bo‘lakda qirqim yon cho‘taklarni modellash namunalari: a – qirqma og‘ma cho‘ntak; b – yoysimon figurali cho‘ntak; v – qirqma listochkali cho‘ntak.

Shim ort, old va mayda bo'lak andazalari gazlama ustiga joylashtiriladi. Bunda bo'laklar tanda ipi yo'nalishi gazlama tanda ipi yo'nalishi bilan ustma-ust tushishi kerak.

Erkaklarning manjetli va manjetsiz shimi pochasiga ishlov berish

Old bo‘lak konturlari bo‘ylab chok haqi qiymatlari qo‘yib chiqiladi va andaza konturi chiziladi. Old bo‘lak qirqimlaridan: shim bel qirqimiga 1,0 sm; shim yon qirqimiga 1,0 sm; shim o‘rta qirqimiga 1,0 sm; shim odim qirqimiga 1,0 sm; shim pastki pocha qirqimiga 2,5 sm chok haqi qoldirib chizib chiqiladi.


Ort bo‘lak konturlari bo‘ylab chok haqi qiymatlari qo‘yib chiqiladi va andaza konturlari chiziladi, ort bo‘lak qirqimlaridan: – shim bel qirqimiga 1,0 sm; – shim yon qirqimiga 1,0 sm; – shim o‘rta qirqimiga 1,0 sm; – shim odim qirqimiga 1,0 sm; – shim pastki pocha qirqimiga 2,5 sm chok haqi qoldirib chizib chiqiladi.

Tayyor bo‘lgan shim belbog‘iga va yon qiya cho‘ntaklariga yaxshilab nam mato yordamida NIIB beriladi.

Belbog‘ tugallangan qismiga ishlov berilgandan so‘ng shimning chap bo‘lak belbog‘iga temir ilgak belgilangan joyga qadaladi. Temir ilgakni qadash qismi maxsus o‘tkir tig‘li uchdan iborat bo‘lib, matoga oson kiradi.

Nazorat uchun savollar: 1.Shimni bichish uchun gazlamani tayyorlash jarayonini so‘zlab bering. 2.Gazlamaga andazani qanday joylashtiriladi? 3.Erkaklar shimida yirik va mayda bo‘laklarini ajratib bering.


Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə