Reja: So’z birikmasi haqida ma’lumot


So’z birikmalari tuzilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi



Yüklə 22,05 Kb.
səhifə5/8
tarix11.12.2023
ölçüsü22,05 Kb.
#147159
1   2   3   4   5   6   7   8
Sintaksis

 So’z birikmalari tuzilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi:
1.Sodda so’z birikmalari boshqa birikmalarga ajralmaydigan so’z birikmalaridir: beshta daftar, bugun keldi, o’zining uyi, shaharda yashaydi, akasi haqida so’radi.
2.Murakkab so’z birikmalari tarkibida uchta va undan ortiq mustaqil so’z qatnashib, shaklan kamidaikkita so’z birikmasidan iborat bo’ladi, mazmunan esa bu so’z birikmalarini ajratib bo’lmaydi: g’ayratli yosh bolalar, yangi ommabop kitob, katta qora uy, asfalt yotqizilgan keng ko’chalar, katta mevali daraxt, bugun kelgan ishchilar.
II.So’z birikmasining so’z, ibora va gapdan farqi
So’z narsa, belgi, shaxs, ish-haraktni umuman ifodalash uchun xizmat qiladi: Kitob deganda umuman kitoblarni, bordi deganda umuman borilganlikni tushunamiz.
So’z birikmasi ham narsa, belgi, ish-haraktni ifodalaydi va bu jihatdan so’zga o’xshab ketadi, ammo so’z birikmasi narsa, belgi, ish-harakatni boshqa narsa, belgi, ish-harakatdan ajratib, aniqroq qilib ifodalaydi: o’quvchi – a’lochi o’quvchi, yozish – tez yozish.
Qo’shma so’z va so’z birikmasi o’zaro quyidagicha farqlanadi: qo’shma so’z bir so’roqqa javob bo’ladi, so’z birikmasidagi har bir so’z o’z urg’usiga ega bo’ladi, qo’shma so’z esa yaxlit bita urg’uga ega bo’ladi: sotib olmoq(nima qilmoq?) – qo’shma so’z; jo’shib kuylamoq (qanday kuylamoq? jo’shib nima qilmoq?). So’z birikmalari qo’shma so’zlarning birinchi bosqichidir: ko’zning oynagi – ko’zoynak, sarv qomatli – sarvqomat, dunyoga qarash – dunyoqarash.
Ibora (turg’un birikma) ma’no jihatidan bir so’zga teng, ajralmas holatga kelib qolgan birlikdir. O’ning tarkibidagi so’zlarni hokim vat obe so’zga ajratish mumkin emas. Qiyoslang: tosh yo’l (so’z birikmasi) – oq yo’l (ibora, ya’ni omon-eson borib kelishni tilash). So’z birikmasi tarkibidagi so’zlarni almashtirish mumkin, iboradagi so’zlarni almashtirib bo’lmaydi: maktabga bormoq – teatrga bormoq(so’z birikmalari); ko’zi to’rt bo’lib kutmoq(ko’zi besh bo’lib kutmoq deb almashtirib bo’lmaydi. So’z birikmasi o’z ma’nosida, ibora esa ko’chma ma’noda keladi; U devorga oyog’ini tirab (so’z birikmasi) arqonni tortdi – yening gapimga ko’nmay, oyog’ini tirab (ibora) turib oldi. 
Gap fikr, tasdiq yoki inkor hukmni bildirib, tugallangan ohang Bilan aytiladi: Ko’cha katta. So’z birikmasi esa atash ohangi bilan aytiladi: katta ko’cha. Gap bita so’zdan ham iborat bo’lishi mumkin va u kesimlik qo’shimchalari Bilan shakllangan bo’ladi, so’z birikmasi esa har doim eng kamida ikkita mustaqil so’zdan iborat bo’ladi: Bahor (gap). Atrof yam-yashil libosga (so’z birikmasi) burkangan.
Grammatika o’z ichiga morfologiya va sintaksisni oladi. Morfologiya so’zning strukturasini:so’z formalarini, ularning hosil bo’lish yo’llarini, so’zlarning morfema sostavini va so’z turkumlarini o’rganadi.
Sintaksisning asosi esa gap haqidagi ta’limotdir. Sintaksis grammatikaning ikkinchi qismi bo’lib, unda so’zlarning bir-biriga bog’lanib, so’z brikmalari hosil qilinishi, gap turlari o’rganiladi.
«Sintaksis» grekcha so’z bo’lib, «tuzish» demakdir.
Sintaksis o’z navbatida a)so’z birikmasi sintaksisi va b)gap sintaksisi kabi ikkita bo’limga ajraladi.
So’z birikmasi haqida ma’lumot.
Mustaqil so’zlar ma’no va grammatik jihatdan bir-biriga bog’lanib, so’z qo’shilmasini hosil qiladi. M-n,Maydonda erkaklar va ayollar to’planishdi degan gapda quyidagi so’z qo’shilmalari mavjud:1)erkaklar va ayollar; 2)erkaklar to’planishdi; 3)ayollar to’planishdi; 4)maydonda to’planishdi.
So’z qo’shilmasidagi so’zlar bir-biri Bilan ikki xil bog’lanadi:1)teng bog’lanish; 2)tobe bog’lanish.
Тeng bog’lanishda bir so’z boshqasiga tobe bo’lmaydi, bir-biri Bilan sanash ohangi yoki teng bog’lovchilar yordamida bog’lanadi:erkaklar va ayollar; erkaklar, ayollar. Тobe bog’lanishda bir so’z boshqasiga tobe bo’ladi: maydonda to’planishdi. Тobelikning asosiy belgisi: bir so’z boshqa so’zni izohlab keladi. Bir-biriga tobe bog’langan so’zlar so’z birikmasini hosil qiladi. Ega va kesimning bir-biri bilan bog’lanishi so’z birikmasi hisoblanmaydi, balki gap hisoblanadi:Odamlar to’planishdi.
Ikki yoki undan ortiq mustaqil so’zlarning ma’no, grammatik va ohang jihatdan birining boshqasiga tobe bo’lib bog’lanishi so’z birikmasi deyiladi.
Тobe bog’lanish yordamida ishlangan so’z birikmasida har doim ikkita qism – tobe va hokim so’z mavjud bo’ladi. So’z birikmasining ma’nosi izohlanayotgan so’z hokim(bosh) so’z, uning ma’nosini izohlayotgan, to’ldirayotgan so’z tobe(ergash) so’z hisoblanadi. So’roq hamma vaqt hokim so’zga qarab beriladi.
Shirin olma (qanday olma?)
Bosh so’z ot, sifat, son, olmosh, ravish, modal so’z va otlashgan taqlid hamda undov so’zlar Bilan ifodalansa, otli birikma hisoblanadi: baland bino, asalday shirin, intizomda birinchi, bolalarning hammasi, menda ko’p, senga kerak, to’plarning gumbur-gumburi, askarlarning urrasi.
Bosh so’z fe’l va uning ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi shakllri Bilan ifodalansa, fe’lli birikma hisoblanadi:kitobni o’qish, ishni bajarib, tez kelgan.

Yüklə 22,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə