Reja: So’z birikmasi haqida ma’lumot


Sintaksis (grekcha – syntaxis – «tuzish» so‘zidan olingan) grammatikaning bir bo‘limi bo‘lib, so‘zlarning birikish



Yüklə 22,05 Kb.
səhifə2/8
tarix11.12.2023
ölçüsü22,05 Kb.
#147159
1   2   3   4   5   6   7   8
Sintaksis

Sintaksis (grekcha – syntaxis – «tuzish» so‘zidan olingan) grammatikaning bir bo‘limi bo‘lib, so‘zlarning birikish yo‘llari, soz birikmasi, gap, uning turlari, xususiyatlarini tekshiradi. Sintaksis, bir tomondan, soz va so‘zshakllarning, shuningdek, gaplarning aloqa qilishbirikish yo‘llarini tekshirsa, ikkinchi tomondan, ma’lum bog‘lanish asosida yuzaga keladigan sintaktik birliklarni o‘rganadi. Soz birikmasi, gap, gap bo‘laklari asosiy sintaktik birliklar, sintaktik kategoriyalar hisoblanadi. Sintaktik aloqa turlari So‘zlarning, shuningdek, gaplarning orasidagi bog‘lanish, aloqa ikki xil bo‘ladi: 1) teng bog‘lanish yoki teng aloqa; 2) tobe bog‘lanish yoki tobe aloqa. Teng bog‘lanish sintaktik jihatdan teng huquqli bo‘lgan biri ikkinchisiga bo‘ysunmagan so‘zlarning yoki gaplarning aloqasidir. 
Sintaksis o’z navbatida a)soz birikmasi sintaksisi 
b)gap sintaksisi kabi ikkita bo’limga ajraladi. Soz birikmasi haqida ma’lumot. Mustaqil so’zlar ma’no va grammatik jihatdan bir-biriga bog’lanib, soz qo’shilmasini hosil qiladi.
Grammatika o’z ichiga morfologiya va sintaksisni oladi. Morfologiya so’zning strukturasini:so’z formalarini, ularning hosil bo’lish yo’llarini, so’zlarning morfema sostavini va so’z turkumlarini o’rganadi.
Sintaksisning asosi esa gap haqidagi ta’limotdir. Sintaksis grammatikaning ikkinchi qismi bo’lib, unda so’zlarning bir-biriga bog’lanib, so’z brikmalari hosil qilinishi, gap turlari o’rganiladi.
«Sintaksis» grekcha so’z bo’lib, «tuzish» demakdir.
Sintaksis o’z navbatida a)so’z birikmasi sintaksisi va b)gap sintaksisi kabi ikkita bo’limga ajraladi.
So’z birikmasi haqida ma’lumot.
Mustaqil so’zlar ma’no va grammatik jihatdan bir-biriga bog’lanib, so’z qo’shilmasini hosil qiladi. M-n,Maydonda erkaklar va ayollar to’planishdi degan gapda quyidagi so’z qo’shilmalari mavjud:1)erkaklar va ayollar; 2)erkaklar to’planishdi; 3)ayollar to’planishdi; 4)maydonda to’planishdi.
So’z qo’shilmasidagi so’zlar bir-biri Bilan ikki xil bog’lanadi:1)teng bog’lanish; 2)tobe bog’lanish.
Тeng bog’lanishda bir so’z boshqasiga tobe bo’lmaydi, bir-biri Bilan sanash ohangi yoki teng bog’lovchilar yordamida bog’lanadi:erkaklar va ayollar; erkaklar, ayollar. Тobe bog’lanishda bir so’z boshqasiga tobe bo’ladi: maydonda to’planishdi. Тobelikning asosiy belgisi: bir so’z boshqa so’zni izohlab keladi. Bir-biriga tobe bog’langan so’zlar so’z birikmasini hosil qiladi. Ega va kesimning bir-biri bilan bog’lanishi so’z birikmasi hisoblanmaydi, balki gap hisoblanadi:Odamlar to’planishdi.
Ikki yoki undan ortiq mustaqil so’zlarning ma’no, grammatik va ohang jihatdan birining boshqasiga tobe bo’lib bog’lanishi so’z birikmasi deyiladi.
Тobe bog’lanish yordamida ishlangan so’z birikmasida har doim ikkita qism – tobe va hokim so’z mavjud bo’ladi. So’z birikmasining ma’nosi izohlanayotgan so’z hokim(bosh) so’z, uning ma’nosini izohlayotgan, to’ldirayotgan so’z tobe(ergash) so’z hisoblanadi. So’roq hamma vaqt hokim so’zga qarab beriladi.
Shirin olma (qanday olma?)
Bosh so’z ot, sifat, son, olmosh, ravish, modal so’z va otlashgan taqlid hamda undov so’zlar Bilan ifodalansa, otli birikma hisoblanadi: baland bino, asalday shirin, intizomda birinchi, bolalarning hammasi, menda ko’p, senga kerak, to’plarning gumbur-gumburi, askarlarning urrasi.
Bosh so’z fe’l va uning ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi shakllri Bilan ifodalansa, fe’lli birikma hisoblanadi:kitobni o’qish, ishni bajarib, tez kelgan.

Yüklə 22,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə