Reja: Psixologiyada shaxs, individ, individuallik tushunchalari


Shaxsning sotsial - biologik tushunchasi



Yüklə 136,96 Kb.
səhifə3/10
tarix17.01.2023
ölçüsü136,96 Kb.
#98725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Reja Psixologiyada shaxs, individ, individuallik tushunchalari

Shaxsning sotsial - biologik tushunchasi. Inson bir qator fanlarning tadqiqot ob’ekti ekanligi yig’iq, ixcham, yaxlit tarzda tasavvur etish uchun uni biosotsial va sotsiobiologik jihatdan o’rganish maqsadga muvofiq.
Shaxs odamning ijtimoiy, konkret - tarixiy sharoitlarda yashashi, ta’lim - tarbiya olishi tufayli tarkib topishining natijasidir . Bu masalani hal qilish yuzasidan psixologiya tarixida ikkita oqim mavjud edi. Ulardan birinchisi shaxs psixik taraqqiyotining biogenetik konsepsiyasi, ikkinchisi esa shaxs psixik taraqqiyotining sotsiogenetik konsepsiyasi deb yuritiladi.
Biogenetik konsepsiya inson shaxsining rivojianishi biologik, aso­san nasliy omillar bilan belgilanishiga asoslanadi. Shuning uchun ham shaxsning rivojianishi ichki sabab natijasida (o'zidan o'zi) sodir bo'iish xususiyatiga egadir.
Inson shaxsini xususiy faolligidan mahrum bo’lgan narsa, peshanaga yozib qo'yilgan biologik omillar ta'sirining mahsuli deb ifodalaydigan biogenetik konsepsiya pedagogikani shaxsning qismatiga ko'ra oldindan belgilab qo'yilgan ushbu fazilatlari paydo bo’lishining sustkash shohidi qilib qo'ygan edi.
Sotsiogenetik konsepsiya shaxsning taraqqiyotini uning atrofidagi ijtimoiy muhitning bevosita ta’siri natijasi deb hisoblaydi. Sotsiogenetiklarning fikricha, odam “ijtimoiy muhit nus’hasidir”. Sotsiogenetiklar ham biogenetiklar singari rivojlanayotgan odamninng shaxsiy aktivligini inkor qiladilar.
Shaxs taraqqiyotining qonkniyatlarini tushunishda biogenetik konsepsiyaga ham, sotsiogenetik konsepsiyaga ham asoslanib bo’lmaydi. Biogenetik konsepsiya ham sotsiogenetik konsepsiya ham psixik taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchlarini aniqlab berishga qodir emas. Psixik taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchlarini nemis psixologi V. Shteri tomonidan ilgari surilgan va ikki faktor (muhit va irsiyat) ning o’zaro mexaniq munosabati yoki konvergensiyasi deb atalgan nazariyasi ham ko’rsatib bera olmaydi.
Psixologiya tarixida biologizmning yaqqol ko’rinishi Z. Freydning shaxs talqinida ifoda topgan.

Yüklə 136,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə