Reja: Psixologiyada shaxs, individ, individuallik tushunchalari



Yüklə 136,96 Kb.
səhifə4/10
tarix17.01.2023
ölçüsü136,96 Kb.
#98725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Reja Psixologiyada shaxs, individ, individuallik tushunchalari

Sotsiogenetik nazariya. Biogenetik nazatiyaning qarama-qarshi ko’rinishi sotsiogenetik nazariya hisoblanadi.
Sotseogenetik yondashuvga binoan, shaxsda ro’y beradigan o’zgarishlar jamiyatning tuzilishi, ijtimoiylashish usullari, uni qurshab turgan odamlar bilan o’zaro munosabati vositalaridan kelib chiqqan holda tushuntiriladi.
Ijtimoiylashuv nazariyasiga ko’ra, inson biologik tur sifatida tug’ulib, hayotning ijtimoiy shart - sharoitlarining bevosita ta’siri ostida shaxsga aylanadi.
Shaxsning aktivligi odamni anglangan va anglanmagan motivlarning murakkab sistemasi orqali faoliyatga undovchi ehtiyojlar yig’indisiga bog’liqdir.
Shaxs psixik taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchlari odamning o’z faoliyati davomida o’zgarib boruvchi ehtiyojlari bilan ularni qondirishning haqiqiy imkoniyatlari o’rtasidagi qarama - qarshiliklarda yuzaga chiqadi.
Shunday qilib, shaxsni rivojlantirish maqsadida bu qarama-qarshiliklarni yengish faoliyatida, ya’ni faoliyatni amalga oshirishning ma’lum vositalarini (yo’l - yo’riqlarini, bilimlarini va shu kabilarini) o’zlashtirish orqali sodir bo’ladi. Bularning hammasi ta’lim (o’qitish) yordami bilan amalga oshiriladi. Bunda aktiv faoliyat orqali ehtiyojni qondirish qonuniy ravishda yangi yanada yuksakroq darajadagi ehtiyoj tug’diradi.
Genetik metodga asoslanganda shaxs ruhiyatiga o’zgarishlar bilan taraqqiyot bosqichi o’rtasida “vertikal” yo’nalishdagi aloqa manbai aniqlanadi.
Donalash metodi yordami bilan esa tadqiqot ob’ektiga kirgan shaxs psixikasiga aloqador barcha o’zgarishlar, o’ziga xoslik, o’zaro bog’liqlik va o’zaro ta’sir, izchillik, uyg’unlik o’rtasida “gorizontal” yo’nalishdagi munosabat o’rganiladi. Jumladan boshqa odamlar nutqini idrok qilish uchun sezgi, idrok, xotira, tafakkur jarayonlarining bir davrda birga qatnashishi bunga yorqin misoldir.
Jahon psixologiyasidagi turli nazariyalarga asoslangan holda, birinchidan, inson u yoki bu aloqalar tizimiga binoan biologik evolyutsiya mahsuli sifatida o’rganiladi. Ikkinchidan, ijtimoiy - tarixiy jarayonning ham ob’ekti, ham sub’ekti tariqasida inson shaxsi tadqiqot qilinadi. Uchinchidan, individ (odamzod) muayyan darajada va ko’lamda o’zgaruvchan, biologik taraqqiyotning genetik dasturiga asoslanuvchi alohida xususiyatli jonzod tarzda ilmiy jihatdan tekshiriladi.

Yüklə 136,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə