Reja: Psixologiyada shaxs, individ, individuallik tushunchalari


Shaxsning ehtiyojlari, ko‘nikma va malakalari



Yüklə 136,96 Kb.
səhifə7/10
tarix17.01.2023
ölçüsü136,96 Kb.
#98725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Reja Psixologiyada shaxs, individ, individuallik tushunchalari

Shaxsning ehtiyojlari, ko‘nikma va malakalari. Inson shaxsining shakllanishi o’yin, ta’lim, mehnat, sport va boshqa faoliyatning turlarida amalga oshadi. Faollik tufayli faoliyatni amalga oshirish jarayoni yuzaga keladi, xulq - atvor, muomala vositasida ehtiyoj, istak, ijtimoiy talablar qondiriladi, turli xususiyatli axborotlar o’zlashtirilishi natijasida shaxs tarkib topa boshlaydi.
Ehtiyoj - jonli mavjudodning xayot kechirishning konkret shart - sharoitlariga uning qaramligini vujudga keltiruvchi xolatidir. Xayvonning ehtiyojlarida uning faolligi omili sifatida tabiatdan olingan buyuk vosita ishtirok etadi.
Odamning faolligi va faollikning manbai insoniy ehtiyojlar tamomila boshqacha manzara kasb etadi.Kishining ehtiyoji uni tarbityalash jarayonida, ya`ni kishilik madaniyati olami bilan yaqinlashtirish jarayonida shakllanadi va mana shu ehtiyojlar odamni ma’lum tarzda, ma’lum yo’nalishda harakatlanishga undaydi. Ehtiyoj shaxs aktivligining manbai sifatida namoyon bo’ladigan va uning aniq yashash sharoitiga bog’liqligini ifodalovchi holatdir. Shaxsning faolligi ehtiyojlarni qondirish jarayonida namoyon bo’ladi. Odamning ehtiyojlari, unga tarbiya berish jarayonida, ya’ni inson madaniy dunyosi bilan munosabatga kirishish jarayonida tarkib topadi.
Odamlarning ehtiyojlari ijtimoiy - shaxsiy xarakterga egadir va bu ehtiyojlar qondirilishi jarayonida rivojlanib, o’zgarib boradi.
Yuqorida aytilgani kabi kishining o’z ehtiyojlarini qondirish jarayoni ijtimoiy taraqqiyot bilan belgilanadigan faoliyat shaklini egallashning faol yo’naltirilgan jarayoni sifatida alohida ajralib turadi.
Psixologiyada ehtiyojlar rivojlanishining bir necha bosqichlari mavjud ekanligni ta’kidlab o’tish zarur. Chunki ehtiyojlar inson ontogenezida paydo bo’lib, toki uning umrining oxirigacha o’zgarib, takomillashib boradi.
Kishilik jamiyatlarida ehtiyojlar bir - biridan ham mohiyat, ham shakl jihatdan tafovutga ega bo’lganday, yosh davrlarga qarab ular huddi shunday mezonlar bo’yicha o’zaro farqlanadilar.
Ehtiyojlar kelib chiqishiga va predmetiga ko’ra farqlanadi.Kelib chiqishiga ko’ra ehtiyojlar tabiiy va madaniy bulishi mumkin.

Yüklə 136,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə