Reja: O‘rta Osiyoga arablar istilosining boshlanishi



Yüklə 228,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix15.04.2023
ölçüsü228,03 Kb.
#105674
1   2   3   4
Birinchidan,
o’lka xalqlari o’rtasida ijtimoiy - iqtisodiy va siyosiy birlikning 
bo’lmaganligi va tarqoqlikning mavjudligidir. Arablar Movarounnahr yerlariga 
bostirib kelgan paytda o’lkada bir-biriga dushman bo’lgan 15 dan ortiq kichik - kichik 
feodal davlatchalar bor edi. Bu holdan arablar ustalik bilan foydalandilar;
Ikkinchidan,
arablar ko’chmanchi turk qabilalari bilan mahalliy o’troq xalqlar 
o’rtasida mavjud bo’lgan qarama - qarshiliklardan ham foydalandilar. 
Uchinchidan,
arablar Movarounnahrga qadar juda ko’plab boshqa mamlakatlar 
va aholi hududlarini bosib olgan edilar. Ular bu mamlakatlarning aholi kuchlari
moddiy boylik imkoniyatlaridan O’rta Osiyo hududlarini bosib olish chog’ida 
foydalandilar.
To’rtinchidan,
arablar Movarounnahr hududlariga bostirib kelganlarida bu yerda 
ko’p xudolik, ya’ni har xil diniy g’oyalarning mavjud bo’lganligi bilan bog’liqdir. Bu 
hol arablarga qarshi o’lkamiz hududi xalqlarining birlashuviga to’sqinlik qildi va arab 
bosqinchilarining g’alabasini yengillashtirdi. 
Arablar O’rta Osiyo bosib olinganidan so’ng bu hududlarni boshqarish markazi 
Marv shahri bo’lib qolgan edi. Bu yerda xalifalikning noibi turgan va u Movarounnahr 
va Xurosonni idora qilgan. Dehqonlar xalifalik noibining mahalliy aholi orasidan 
bo’lgan vakiliga bo’yso’nganlar. Bunday kishilar amir unvoniga ega hisoblanar edilar. 
Arab istilochilari zabt etilgan O’rta Osiyo hududlarida dastlab qattiq qo’llik bilan 
arablashtirish siyosatini olib bordilar. Ushbu maqsad yo’lida ular ming - minglab 
arablarni O’rta Osiyo hududlariga ko’chirib kelganlar va eng yaxshi yerlarni ularga 
zo’rlik bilan olib berganlar. Movarounnahr hududlarida arablar egallab olgan ba’zi 



yerlar hozirgacha ham «arab qishloq»lari nomi bilan saqlanib qolgan. Dali ibn Ziyod 
davridayoq o’lkaga 50 mingdan ortiq arab aholisi Basra, Kufa atroflaridan ko’chirilib 
keltirilgan.
Iqtisodiy hayotni o’z qo’llaridan chiqarmaslik maqsadida arablar bosib olingan 
hududlarda an’anaviy davom etib kelgan soliq tizimi o’z kuchida qoldirgan holda 
sosoniylar tartibidagi soliq tizimini joriy qildilar. Bular asosan quyidagilar edi: 
1. 

Yüklə 228,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə