Reja: O‘rta Osiyoga arablar istilosining boshlanishi



Yüklə 228,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix15.04.2023
ölçüsü228,03 Kb.
#105674
  1   2   3   4



6-mavzu. O’rta Osiyo xalqlari arablar istilosi va hukmronligi davrida

Reja: 
1. O‘rta Osiyoga arablar istilosining boshlanishi 
2.Xalifalik davrida iqtisodiy va madaniy o`zgarish 
3.Xalifalikka qarshi xalq qo`zg`alonlari 
 
Tayanch tushunchalar: Abruy qo’zg’aloni, Arab xalifaligi, Ummaviylar, 
Abbosiylar, Qur’on, arablar istilosi, Movarounnahr, soliq siyosati, Muqanna, islom 
dini.
 
Arablar istilosi va hukmronligi davrida O’rta Osiyo. 
VI asrning oxiri va VII 
asr boshlarida (ya’ni islom dinining vujudga kelishi arafasida) Arabiston yarim orolida 
Somiy (semit) qavmiga mansub arab qabilalari tarqoq holda yashadilar. Ular 
o’rtasidagi mavjud ijtimoiy - iqtisodiy va siyosiy taraqqiyot darajasi bir xil emas edi. 
Arablar asosan ko’chmanchi, Chorvachilik bilan hayot kechirgan. Ko’chmanchilar 
badaviylar deb yuritilgan. Vohalardagi aholi dehqonchilik bilan shug’ullangan. Dengiz 
bo’ylari, vohalarda, xususan, yarim orolning Qizil dengizga tutash Hijoz vohasi va 
janubiy Yamanda ahvol birmuncha boshqacharoq bo’lib, bu hududlarda arab qabilalari 
asosan o’troq hayot kechirgan, savdo-sotiq, hunarmandchilik ham ancha rivoj topgan 
edi. Ayniqsa Hijozning bosh shahri-Makka xalqaro karvon savdosining muhim 
markazi hisoblangan. 
Muhammad alayhissalom 570-yil 27 avgustda Makka shahrida Quraysh 
qabilasining Hoshimiylar xonadonida dunyoga keldi. Uning bobosi Abumutallib 
Makkadagi Ka’ba ibodatxonasi kalitining nigohboni (saqlovchisi) bo’lgan. 
Muhammad (sav) go’dakligidayoq yetim qolgan. Tug’ilmasidan avval otasi-Abdulloh, 
6 yoshligida esa-onasi Omina vafot etgan. U dastlab bobolari, so’ng amakilari Abu 
Tolib qo’lida tarbiya oladilar. Muhammad (sav) amakilarining maslahatiga ko’ra 
badavlat savdogar ayol Xadicha binti Xuvaylidning savdo ishlariga boshchilik qiladi 
va 25 yoshlarida unga uylanadi, Xadicha bu davrda 40 yoshda edilar. 
Muhammad ibn Abdullohislom dini va birinchi musulmonlar jamoasi asoschisi 
sifatida 40 yoshida, ya’ni 610 yilda payg’ambarlik faoliyatini boshlab, islom dini 
dastlab o’ziga yaqin bo’lgan kishilarga so’ngra aholi orasida targ’ib qila boshladi. Bu 
ta’limot aholining barcha qatlamlari manfaatlariga mos bo’lib, tez orada birinchi 
navbatda shahar ahli ichida tarqala boshlaydi. Lekin yangi din tarafdorlarining ahvoli 
ularning e’tiqodlariga ko’ra og’irlashib borgandan so’ng bir qism musulmon aholi 
Habashistonga, ba’zilari Shimolga qarab ketishga majbur bo’ldilar. Muhammad ham 
o’ziga qarshi turgan quraysh qabilasi a’zolarining ta’qibi kuchayib ketgach 622 yil 16 
iyulda (ba’zi adabiyotlarda 15 iyul deyiladi) o’zining eng yaqin do’sti va safdoshi Abu 
Bakr bilan Makkadan Madinaga ko’chishga majbur bo’ladi. Bu arab tilida «hijrat» deb 
atalib, shu kundan boshlab musulmon olamida qabul qilingan hijriy yil boshlanadi. 
Hijriy yil hisobi 2 xil bo’ladi: hijriy-qamariy, ya’ni oy hisobi bo’yicha va hijriy-
shamsiy, quyosh hisobi bo’yicha belgilanadi. Madinada Muhammad o’z ta’limotini 
davom ettiradi. Muhammad binni Abdulloh hayotining oxirlariga kelib 630 yilda ko’p 
sonli arab qabilalarining islom bayrog’i ostida birlashuvi negizida yagona davlatga 



asos soldi. Mazkur davlat Yamandan Sino yarimoroligacha, Qizil dengiz sohillaridan 
Markaziy Qum sahrosigacha cho’zilgan yerlarni o’z ichiga olar edi. Bu 
davrdanboshlab Makka islim dini markaziga, Ka’ba musulmonlarning muqaddas 
ziyoratgohiga aylandi. 632 yil 25 yanvarda Makkayi Mukarramaga so’nggi hajga safar 
qilgan Muhammad alayhissalom haj safaridan so’ng qattiq betob bo’lib qoladilar. U 
kishi betobligida Ka’ba masjidiga imomlikni o’tashni qaynotalari Abu Bakrga 
topshiradilar (622 yilda Xadicha vafotidan so’ng Abu Bakrning qizi Oyshaga uylangan 
edi). 
Muhammad alayhissalom nasroniy yil hisobida 632 yil (hijriy yil hisobida 10 yili) 
25 mayda o’z uylarida vafot etadi. Payg’ambarimiz vafotidan so’ng u kishining 
ishonchli noiblari yoki o’rinbosarlari (arabcha xalifalar) davlatni boshqarganlar. Ana 
shu tariqa tarixda «Arab xalifaligi» (632-1258) paydo bo’lgan. Islom musulmonlarida 
asosan ilk to’rt xalifa alohida ahamiyatga ega. Bular – Abu Bakr Siddiq (632-634), 
Hazrati Umar (634-644), Hazrati Usmon (644-656) va Hazrati Ali (656-661). Ular «al-
Xulafo arroshidun» (to’g’ri yo’ldan boruvchi xalifalar) degan nom oldilar
1

Narshaxiyning yozishicha, 673 yilning kuzida xalifa Muoviya I (661-680)ning 
farmoni bilan Xuroson noibi Ubaydulloh ibn Ziyod Amudaryodan kechib o’tib Buxoro 
viloyatiga bosib kiradi, Poykand va Romitonni egallab, Buxoro shahrini qamal qiladi. 
Bu jangda arablar g’olib keladilar. Arablar o’z foydasiga sulh tuzib, yuz ming (bir lak) 
dirham hajmida boj undirib, katta o’lja bilan orqaga qaytishgan. 676 yili Xurosonning 
yangi noibi Said ibn Usmon boshliq arablar Buxoro va Samarqandga yurish qiladi. 
Buxoro malikasi Xo’takxotun o’z qo’shini bilan arablarga qarshi chiqdi. Bu jangga 
So’g’d, Kesh, Nasafdan harbiy qo’shin yordamga kelgan. Ammo so’g’dliklar jang 
maydonini tashlab chiqib ketganlaridan so’ng malika kattagina boj to’laydi. Said ibn 
Usmonning Samarqandga qilgan yurishida Muhammad payg’ambarning jiyani Qusam 
ibn Abbos ibn Abdul - Mutallib ishtirok etadi. Lekin u Samarqand Namozgohida halok 
bo’ladi. U keyinchalik Shohizinda («Tirik shoh») nomini olgan qabristonga dafn 
etiladi. Samarqand 1 oy davomida qamal qilinadi. So’g’dliklar jasorat bilan qarshilik 
ko’rsatadilar. Said ibn Usmon so’g’dliklar bilan sulh tuzishga majbur bo’ladi. U 
Samarqanddan 30000 kishini asirga olib, orqaga qaytadi va yo’l - yo’lakay Termiz 
shahrini ham istilo etadi.
680 yilda xalifalik taxtini egallagan Yazid I 683 yilda vafot etdi. Bundan so’ng 
toju - taxt uchun kurash boshlanib ketadi. Bunday vaziyatda arablar yana 
Movarounnahrga hujum qilishdan deyarli to’xtab, o’z ichki nizolari bilan band bo’lib 
qoladilar. Xalifa Abdulmalik ibn Marvon (685-705) davrida ichki nizolarga chek 
qo’yildi. Arablar yana o’z e’tiborini Movaraunnahrga qaratdilar. 704 yili xalifa 
Qutayba ibn Muslimni Xurosonning yangi noibi etib tayinladi va uning zimmasiga 
butun O’rta Osiyo hududlarini uzil-kesil bosib olish vazifasini yukladi. 705 yildan bu 
hududni xalifalikka butunlay qo’shib olish va zabt etishning ikkinchi davri boshlandi. 
Bu paytda O’rta Osiyodagi siyosiy parokandalik va kichik davlatlar o’rtasida tez-tez 
nizolarning bo’lib turishidan Qutayba unumli foydalandi
2
. O’z harbiy yurishlarini 
Qutayba 705 yil Balx viloyatini bosib olish bilan boshladi. Balxdan tashqari u 
1
History of civilizations of Central Asia. Volume III/The crossroads of civilizations: A.D. 250 to 750. / UNESCO. 1996. P. 452-469. 
2
The Heart of Asia / A History of Russian Turkestan and the Central Asian Khanates from the Earliyest Times. F.H.Skrine and E.D.Ross. 
London-New York. 2005. P. 30-41. 



Chag’oniyon, Shuman va O’rta Osiyoning janubidagi kichik viloyatlarni o’ziga 
bo’ysundiradi. Chag’oniyon hokimi Tish arablar tomoniga o’tib ketadi. Qutayba 
jo’nab ketishi oldidan shaharda o’z ukasi Abdurahmon ibn Muslim boshliq yaxshi 
saralangan qo’shinni qoldirib ketadi. Ammo Sug’d aholisining qarshiligi bu bilan 
tugamaydi. Al-Yaqubiyning yozishicha, 712 yil kuzida Samarqandda arab noibiga 
qarshi qo’zg’olon ko’tariladi. Ularga turklar yordam beradi. Faqatgina 713 yil 
bahorida Qutaybaning yetib kelishi bilan shahardagi qo’zg’olon bostiriladi. Mug’ 
tog’idan topilgan hujjatga ko’ra Qutayba o’zining keyingi yurishlarida Shosh, 
Farg’ona va Turkiy hoqonlik qo’shinlaridan iborat yana bir harbiy ittifoqning 
qarshiligiga duch keladi. Sug’d, Choch, Farg’ona ittifoqiga Panjikent hokimi 
Devashtich ham qo’shiladi. Shunday bo’lsa-da, Qutayba 713 yilda Choch vohasini, 
715 yilning boshida esa Farg’ona vodiysini uzil-kesil bosib oldi. Xullas, 713-715 
yillarda Qutayba ibn Muslim Qashg’argacha bo’lgan yerlarni egallaydi. Ana shu tariqa 
u O’rta Osiyo yerlarini zabt etib, Xitoy hududigacha cho’zilgan o’lkada yashayotgan 
xalqlarni islom diniga kiritadi. U hamma viloyatlarga arablardan bo’lgan amirlarni 
noib etib tayinlaydi. Biroq uning faoliyati uzoqqa chuzilmadi. 705 yilda arab xalifaligi 
taxtini egallagan Volid 715 yilda vafot etdi. Xalifalik taxtiga Sulaymon ibn 
Abdulmalik (715-717) chiqdi. Qutayba Sulaymonga nisbatan g’animlik munosabatida 
bo’lib, unga isyon ko’tardi. Natijada bu isyon muvaffaqiyatsiz tugab, 715 yil 
Farg’onada askarlar tomonidan Qutayba o’ldirildi. Shunday qilib, o’n yil davomida 
olib borilgan doimiy kurashlar natijasida Movarounnahr xalifalik tarkibiga kiritildi. 
Buning eng asosiy va bosh sabablari quyidagilardan iborat:

Yüklə 228,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə