Reja: O‘rta Osiyoga arablar istilosining boshlanishi


O’rta Osiyoda arablarga qarshi olib borilgan xalq qo’zg’olonlari



Yüklə 228,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix15.04.2023
ölçüsü228,03 Kb.
#105674
1   2   3   4
O’rta Osiyoda arablarga qarshi olib borilgan xalq qo’zg’olonlari

720 - 722 yillarda-Sug’diyonada G’urak va Divashtich boshchiligida; 

725 - 729 yillarda- Samarqand, Buxoro, Xuttolonda; 

736 - 737 yillarda-Tohariston va Sug’dda; 

746-749 yillarda-Xuroson va Movarounnahrda Abu Muslim boshchiligida; 

769-783 yillarda-Muqanna qo’zg’oloni;

806-809 yillarda-Rafi ibn Lais qo’zg’oloni. 
720-722 yillarda So’g’diyonada yuz bergan G’o’rak (Sug’d ixshidi-ya’ni 
hukmdori) va Divashtich (Panjikent hokimi) boshchiligidagi qo’zg’olon arablar 
hukmronlikligiga qarshi yo’nalgan dastlabki shiddatli xalq harakatlaridan biri bo’lgan. 
Unda arablar siyosati va zulmidan g’azabga kelgan o’n minglab mahalliy xalq vakillari 
ishtirok etgan. 721 yilda Xurosonning yangi tayinlangan noibi Said Xarashiy katta 
muntazam harbiy kuch bilan mazkur qo’zg’olonni shafqatsizlik bilan bostirishga 
muvaffaq bo’ladi. Qo’zg’olon rahbarlaridan biri-Divashtich ham ushlanib qatl etiladi. 
Bundan so’ng 400 sug’d savdogari Xitoy jo’nab ketadi. 725-729 yillar davomida 
xalifalikning og’ir soliq siyosatiga qarshi Samarqand, Buxoro, Xuttalon viloyatlarida 
qo’zg’olonlar ko’tarilgan. Qo’zg’olonchilarning ancha qismi arab ma’murlari olib 
borgan siyosatiga (ayniqsa, xiroj masalasida) norzilik bildirib, islom dinidan 
chiqadilar. Qo’zg’olonchilar besh yil davomida arablarning hukmronligiga katta zarba 
berildi.
736-737 yillarda Toxariston va Sug’dda yangidan ko’tarilgan kuchli qo’zg’olon 
o’z safiga aholining turli ijtimoiy qatlamlarini jalb etgandi. Faqat Xuroson va 
Movarounnahrning yangi xukmdori Nasr ibn Sayyor (738-748)ning olib borgan 
tadbirlari tufayligina qo’zg’olon harakatlari bartaraf etildi. Bunda u mahalliy aholiga, 
ayniqsa, uning nufuzli qatlamiga ma’lum darajada yon berishga majbur bo’ldi. 
Xususan, u arablarning mahalliy aholi bilan qon-qardoshlik aloqalarini kuchaytirishga 
intildi. Shu maqsadda o’zi ham Buxorxudot Tog’shodaning qiziga uylandi. Islomni 
qabul qilgan kishilar juzyadan ozod etilib, barcha musulmonlar huquqiy jihatdan 
tenglashtirildi. Xiroj solig’i to’lash barcha uchun baravar deb e’lon qilindi.
Abu Muslimning o’chini olish uchun 755 yilda Reyda Sunbod boshchiligida (70 
kun davom etgan), Movarounnahrda Ishoq rahbarligida, 722 yilda Xurosonda Ustoz 
Sis boshchiligida va 782 yilda Jurjonda qo’zg’olonlar bo’lib o’tgan.
769-783 yillarda arab istilochilari istibdodiga qarshi Movarounnahrda bo’lib 
o’tgan eng katta qo’zg’olon – «Oq kiyimlilar» (chunki qo’zg’olonchilarning asosiy 
jangovar guruhi oq rangdagi kiyim kiygan edilar) yoki qo’zg’olon rahbarining nomi 
bilan – Muqanna qo’zg’oloni deb yuritiladi. Bu qo’zg’olon deyarli butun O’rta Osiyo 
hududlariga tarqaldi. Muqanna ism emas, balki laqabdir. Bu so’z «niqobdor», 
«pardali» ma’nolarini anglatadi. Muqannaning asli ismi Hoshim ibn Hakim bo’lib, 



uning ismi va shaxsi to’g’risida yozma manbalarda turlicha ma’lumotlar mavjud. 
Jumladan, Ya’qubiyning tasvirlashicha, Muqannani Hoshim ul-a’var, ya’ni bir ko’zli 
Hoshim deb ham ataganlar. Muqanna rahbarligidagi «oq kiyimlilar» qo’zg’oloni 
yengilgan bo’lsa-da, biroq u Movarounnahrda Arab xalifaligining mustamlakachilik 
ildizlariga bolta urdi. Istilochilarga qarshi mahalliy xalq harakati to’la to’xtab qolmadi. 
806 yilda Rofe ibn Lays boshchiligida xalifalikka qarshi yana qo’zg’olon ko’tarildi. 
Ushbu qo’zg’olon Samarqandda boshlanib, Shosh, Farg’ona, Buxoro, Narshax, 
Xorazm va boshqa hududlarga ham tarqadi va xalifalikni larzaga soldi. Xuroson noibi 
Ma’mun mahalliy zodagonlar-Somonxudot, uning nabiralari Nuh, Ahmad, Yahyo va 
Ilyoslar yordami bilangina qo’zg’olonni bostira oldi. Arablarga qarshi olib borilgan 
kurashi behuda ketmadi. Asta-sekin xalifalikning hukmronligi zaiflashi, uning ta’sir 
doirasi qisqarib bordi. Bu hol Movarounnahr aholisining ozodlikka erishuvida muhim 
ahamiyat kasb etdi. 

Yüklə 228,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə