Reja: Kirish i-bob. Asosiy qism



Yüklə 65,77 Kb.
səhifə3/5
tarix25.05.2022
ölçüsü65,77 Kb.
#87881
1   2   3   4   5
MUSIQA JO\'RLIGIDA HAMDA SANASH ORQALI SAF VA UMUMIY RIVOJLANTIRISH MASHQLARNI O\'TKAZISH

"Tezda joy-joyiga!" o‘yini musiqa mazmuni va harakatlar harakterini bog‘lovchi o‘yinga misol bo‘la oladi. M/r. - 2/4, temp o‘rtacha.
O‘yin ta’rifi: Musiqa boshlanishi bilan o‘yinchilar maydonda mazmunga muvofiq turli xil sakrash va yugurishlarni bajarib, ixtiyoriy harakatlanadi. Musiqa tugashiga to‘xtashadi. "Tezda joy-joyiga!" buyrug‘i bilan yugurib borib, o‘yin boshlanguncha bo‘lgan tartibda turishadi. Tezroq terilgan va uyushganroq jamoa g‘olib sanaladi. Mashqlarning kuy bilan va musiqa jarangi registri bilan bog‘liqligi. Kuy - qo‘shiq, xirgoyi demak. Bu musiqaning asosi, unda birinchi navbatda bastakorning fikr-xayollari ifodalanadi. Kuy - musiqiy fikrning bir ovozli ifodasi.
U balandlik bo‘yicha ma’lum nisbatda joylashgan hamda ma’lum temp va ritmga ega bo‘lgan ovozlar ketma-ketligini tashkil qiladi. Kuy musiqani eslab qolishga yordam beradi, binobarin mashqni ham. Asar kuyini bilib, shug‘ullanuvchilar mashqni musiqasiz qaytarishi mumkin, kerakli sur’at, ritm va hatto dinamik tuslarni saqlagan holda. Kuyni eshitib, (musiqa va harakat o‘rtasida hosil bo‘lgan shartli reflektor aloqasi asosida) mashqlarning izchilligini tezda tiklash mumkin. U harakatlarning harakteri, shakli va elementlarning izchilligini aytib bergandek bo‘ladi. Kuyda o‘zining qonunlari bor. Asosiysi - to‘lqinsimonlik. Kuy chizig‘i qayrilishlarga ega - o‘sishlar va pasayishlar. Kuyning tepaga, pastga va o‘rnidagi harakatlari yig‘indisi - kuy rasmi.
Kuy rasmining muhim turlari :

  1. Kuyning yuksalish harakati, ya’ni balandroq ovozlarga o‘tish;

  2. Kuyning pasayish harakati - pastroq ovozlarga o‘tish;

  3. To‘lqinli (to‘lqinsimon) harakati, ya’ni yuksalish va pasayish izchilligi.

Kuy cho‘qqisi - kuyning har bir yuksalishda erishgan eng baland ovozi.
Kulminatsiya - musiqiy asarda yoki uning qismida eng yuqori kuchlanish payti. Kuyni aniqlash uchun quyidagi vazifalarni bajarish mumkin. Vals quyi ostida hamma aylana bo’ylab tiziladi, polkada- qatorga, marshda - ketma-ket qatorga saflanadi. Vazifalarni boshqa kuylar va boshqa tizilish shakllarini taklif qilib, xilma-xillash mumkin.
Kuy rasmining turli yo‘nalishini quyidagi mashq bilan yyetkazish mumkin: kuy yuqoriga harakatlanganda qo‘llarni sekin tepaga ko‘tarish, kuy pastga harakatlanganda - sekin tushirish.
Kuyning to‘lqinsimon harakati bilan birlashadigan mashq : D.h. - ikkala oyoqda yarim cho‘qqayish, qo‘llar orqaga-pastga, tana bilan oldinga bir oz egilish.
1-4 sanoqda - 4 ta kichik qadam oldinga qo‘llarni asta-sekin ko‘tarish va
tanani tiklash; 5- oyoq uchlarida turish, boshni keskin orqaga egish, panjalar keskin orqaga, kaftlar tepaga; 6-8 - ohista yarim cho‘qqayish, qo‘llar ohista pastga-orqaga pasayib. Keyingi 8 sanoqda hammasi qaytariladi. Bu sokin kuy rasmini harakatlarda ifodalab, shug‘ullanuvchilar uni yaxshiroq anglashadi.
Kuyni aniqlash o‘yiniga "Kuyni eslab qol" misol bo‘la oladi:
O‘yin ta’rifi: Barcha o‘yinchilar guruhlarga bo‘linadi. Ketma-ket qatorlarga terilishadi. Har bir ketma-ket qator oldida 8 m masofada - o‘rindiq. Jamoalarda har bir qatnashchi raqamlangan. Har bir raqamga kuy beriladi, misol: 1- ga - polka; 2-ga - marsh; 3-ga - mazurka; 4-ga -vals; 5-ga - galop.
Musiqachi galopni chaladi. Barcha 5- raqamlar oldinga yugurib, o‘z o‘rindig‘ini aylanib o‘tib, yana o‘z joyiga qaytadi. Agar kuy to‘xtamasa, yana o‘rindig‘ni aylanib keladi. Vazifani 1- bo‘lib bexato bajargan qatnashchi jamoaga ochko keltiradi. Keyin musiqachi boshqa kuyni chaladi.
Boshqa varianti: o‘zining kuyini eshitib, qatnashchilar raqs harakatlari bilan ilgarilashadi.
Registrlar - musiqa yangrashining har xil balandligi. Har bir ovoz yoki asbobda shartli ravishda 3 ta registr ajratiladi: baland, o‘rta, past. Registr musiqada obraz va kontrastlik yaratishga yordam beradi.
Mashqlarni bajarishda amplituda, mushak tarangligi, ijro harakterlarini musiqa yangrashi registrlari bilan biriktirish zarur.
Shug‘ullanuvchilarning registrga mos harakatlanish bilimlarini mustahkamlash uchun "Registrni bilib ol" musiqali o‘yinini o‘tkazish mumkin.
O‘yin ta’rifi: o‘yinchilar juft bo‘lib aylanaga markazga chap yoni bilan teriladi. Boshlovchi - markazda. Galop, polka , vals, mazurka musiqalari ostida o‘yinchilar aylana bo‘ylab tegishli raqsona qadamlar bilan harakatlanishadi. Musiqa to‘xtashiga hamma to‘xtaydi, yaxshi tanish bo‘lgan qo‘shiq kuyi qaysi registrda yangrashiga quloq soladi. Oldindan shartlangan-ki, baland registrda ichki aylanadagi o‘yinchilar yugurib o‘tib, juftlik hosil qilishadi, past registrda - tashqidagilar. Bu vaqtda o‘rtadagi boshlovchi bo‘shagan joyni egallashga harakat qiladi. Joylasholmay qolgan esa boshlovchi o‘rniga o‘tadi. Biron marta boshlovchi bo‘lmagan yoki eng kam bo‘lgan o‘yinchi g‘olib hisoblanadi.
5.3 Musiqali kuzatishning ritm va o‘lchovlari.
Ritm - musiqaning asosiy ifoda vositalaridan biri. Bu har xil davomli musiqiy tovushlarning izchil birikmasi. Tovushlar belgi- notalar bilan yoziladi.Notalar davomini harakatlar bilan hosil qilish oson: chapak, oyoq urish, qadam bilan. Misol:

  1. 4ta sanoqda chorak qadamlar bilan, keyingi 4 sanoqda yarim qadam bilan yurish. Shug‘ullanuvchilar e’tiborini qadam 2 barobar sekinlashganiga qaratish.

2.Choraklar bilan yurish, nimchorak bilan chapak chalish.
3.Aylana bo‘ylab 3tadan terilish: 2 kishi oldinda - qo‘l ushlashib, - ular otlar; orqada - aravakash, oldida turganlarning qo‘lidan ushlab turadi. Otlar nimchorak bilan yugurishadi, aravakash ularni tiyishga harakat qilib, chorakda yuradi.
O‘qituvchining buyrug‘i bilan, uchliklar ulanishni uzib, aylanib burilishadi va yana qo‘l ushlashadi. Harakat teskari tomonga davom etadi, lekin aravakashlar ot bo‘ladi va nimchorakda yugurishadi, otlar -aravakash bo‘lib, chorakda yurishadi. Har qanday polka musiqiy kuzatish bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Musiqada bir xil davomli tovushdan tuzilgan ritm haddan-kam uchraydi. Har xil davomli tovushning navbatlashuvi kuyning ritmik rasmini hosil qiladi. Musiqaning ifodaliligi uchun ritmik rasmning ahamiyati katta. Misol uchun, ritmik rasm o‘z-o‘zidan ba’zi musiqiy janrlarni harakterlashi mumkin.
Musiqada ritmning emotsional harakteri uni ijrochiga ham, eshituvchiga ham emotsional ta’sirning muhim vositasi qiladi.
Ritmik suratni harakat bilan ifodalash musiqiy xotirani, harakatlar koordinasiyasini, reaksiya tezligini rivojlantiradi. Bu ifodalash bilimlarini mustahkamlash uchun quyidagi mashqni bajarish va o‘yin o‘tkazish mumkin:
1.Doskada oddiy ritmik rasmni chizish va uni chapaklar, oyoq zarbalari bilan ifodalash. Ularning barchasini sanoq bilan biriktirish.
2.O‘yin ta’rifi: O‘yinchilar 2 ketma-ket qatorga terilishadi. Ketma-ket
qatorlar oralig‘i 2-3 m. Har bir ketma-ket qator oldida 7 tadan gardish qator bo‘lib yotibdi. Har bir gardish yoniga polga bo‘r bilan muddati yozilgan. O‘yin oldidan bolalar ritmik rasmni chapakda ifodalashadi. O‘qituvchining buyrug‘i bilan 1- o‘yinchilar marsh musiqasi ostida (4/4) gardishdan gardishga o‘tib, gardish ichida belgilangan muddatda turishadi. Orqadan 2- o‘yinchi yuradi, 1-lar ketma-ket qator oxiriga tiziladi. Eng kam xato qilib, ko‘proq ochko to‘plagan jamoa g‘olib hisoblanadi.
Har bir kuyda, odatda, zarb bo‘laklari vaqtning teng oralig‘ida o‘ta izchillik bilan bo‘shroq (aksentlanmagan) bo‘laklar bilan navbatlashadi. Tovushlarning bunday davriyligi metr deyiladi.

Yüklə 65,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə