Reja: Kirish i-bob. Asosiy qism


II-bob. Musiqa jo'rligida hamda sanash orqali saf va umumiy rivojlantirish mashqlarni o'tkazish



Yüklə 65,77 Kb.
səhifə2/5
tarix25.05.2022
ölçüsü65,77 Kb.
#87881
1   2   3   4   5
MUSIQA JO\'RLIGIDA HAMDA SANASH ORQALI SAF VA UMUMIY RIVOJLANTIRISH MASHQLARNI O\'TKAZISH

II-bob. Musiqa jo'rligida hamda sanash orqali saf va umumiy rivojlantirish mashqlarni o'tkazish
1.1.Badiiy gimnastikada musiqaning ahamiyati.
Musiqiy- ritmik tarbiya bolalar jismoniy tarbiya tizimida mustahkam joy oldi.
Badiiy gimnastikada musiqa bir qator maxsus funksiyalarni bajaradi:

  • musiqa tufayli badiiy gimnastika estetik tarbiyaning samarali vositasidir. Gimnastika mashg‘ulotlari jarayonida musiqiy savod, ritm va metroritm tushunchalari, metr va takt tarkiblari, musiqa shakllari va janrlari bilan tanishadilar. Bu ularga musiqani chuqur tushunib, his qilishga yordam beradi, badiiy didini rivojlantiradi. Musiqa estetik tarbiyaning boshqa vazifalarida ham yordam beradi, misol uchun, yurish-turish madaniyati va harakat go‘zalligi hissiyotini tarbiyalashda;

  • musiqa harakatlarga o‘rgatishda muhim ahamiyatga ega, ayniqsa ifodalilik va artistlikni tarbiyalashda;

  • musiqa san’ati juda katta bevosita emotsional ta’sir kuchiga ega.

Musiqa ostida katta jismoniy va psixologik nagruzkalar yengil kechadi, ishga layoqat oshadi, tiklanish jarayonlari tezlashadi.
U markaziy nerv sistemasining optimal qo‘zg‘aluvchanligiga sharoit tug‘dirib, shug‘ullanuvchilar organizmiga mashqlarning qulay ta’sirini yaratadi;

  • shug‘ullanuvchilarning badiiy gimnastika texnikasini egallashiga zarur bo‘lgan, mushak zo‘riqishining turli xil darajalari, harakatning har xil temp va ritmlari bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab mashqlarni bajarish qobiliyatini tarbiyalash;

  • musiqani tushunish va unga muhabbatni tarbiyalash, musiqani eshitish qobiliyati va o‘zining musiqiy hissiyotlarini harakatlarda ifodalash bilimlarini rivojlantirish;

  • individual va guruhiy mashqlar kompozitsiyalarini yaratishda musiqiy asarni tanlash 1- darajali ahamiyatni egallaydi. Sportchi qizning individualligini ochibberishga xizmat qiluvchi butun mashq g‘oyasi, kompozitsiyaning obrazli yechimi musiqali kuzatish harakteri va asar shakli bilan aniqlanadi;

  • musiqali - ritmik mashg‘ulotlar pedagogik ahamiyatga ham ega. O‘quvchilar tomonidan musiqa ostida guruhiy mashqlarni bajarish umumiy ko‘rinishni, onglilik va harakatchanlikni, ishga ijodiy munosabatni talab qiladi, shaxsning kollektivlik sifatlarini shakllantirishga xizmat qiladi, mashg‘ulotlarning qat’i reglamentlangan tartibi shug‘ullanuvchilarni intizomlaydi, ularni musiqali- ritmik tarbiya jarayoniga diqqat bilan qarashga o‘rgatadi.

Xoreografiya darslarida musiqa faqat mashg‘ulotning emotsional sozlanishini yaratuvchi fon bo‘libgina qolmay, balki harakatlarni asarning ritmi, dinamikasi, harakteri bilan moslashib bajarish bilimini shakllantirish vositasi hamdir. Musiqa ritmi ovozlarning vaqtincha nisbati, ya’ni har xil uzunlikdagi ovozlarning turli xil birikmalaridan tashqari, qandaydir o‘ziga xos ichki holatni o‘zida saqlaydi. Bu holat musiqaning harakteri, uning dinamik tuslari, musiqiy fikr tuzishda ifodalanadi. Musiqa ritmi xususiyatlarini o‘zida aks ettirib, harakat o‘z erkinligini saqlagan holda ichki ma’no va emotsional rangga ega bo‘ladi.
Musiqaning gimnastika bilan shug‘ullanuvchilarga ta’siri va undan ta’lim maqsadlarida foydalanish masalalariga bag‘ishlangan ishlar orasida E.A.
Kuduning izlanishlari alohida e’tiborga loyiq. Ularda musiqadan foydalanishning to‘g‘ri uslubi shug‘ullanuvchilarning umumiy davomatiga va harakat ko‘nikmalarini o‘zlashtirishiga xizmat qilishi isbotlangan. Yangi mashqlarni ko‘rsatishda musiqani tatbiq qilish maqsadga muvofiqligi ta’kidlangan, ayniqsa harakat ko‘nikmalarini o‘zlashtirishning birinchi bosqichida. Keyinchalik mashqni mustaqil muvaffaqiyatliroq bajarilishiga musiqasiz erishiladi. Harakat tarkibi asosan o‘zlashtirilganda esa, darhol musiqali mashg‘ulotlarga kirishish mumkin.
Xoreografiya darsi muvaffaqiyati uchun me’yor hissi va badiiy did sohibi bo‘lgan konsertmeysterning mohirligi katta ahamiyatga ega. U o‘quv vazifalari bilan aniq moslashgan, ayni vaqtda mavhum, bir maromda va o‘ta sodda bo‘lmagan asarlar tanlashni bilishi kerak. Musiqiy asarlarni tanlash uchun umumiy qonuniyatlar - raqqosalik, obrazli, xushchaqchaq harakter, kuyning tugallanganligi.

    1. Musiqiylikni rivojlantiruvchi namunaviy o‘yinlar

Musiqiy asarning g‘oyaviy- hissiy mazmunini bastakor musiqiy ifoda vositalari yordamida yyetkazadi: kuy, uyg‘unlik, sur’at, ritm va h.k. Bu vositalarning yig‘indisi bilan bastakorning fikr-o‘ylari aks etgan musiqiy obrazlar yaratiladi. Birinchi mashg‘ulotlardanoq bolalarni musiqa mazmunini tushunishga, mohiyatini his qilishga o‘rgatish kerak. Asarlar muhokamasida bastakor fikrini aniqlovchi sarlavhalar musiqani tushunishni yengillashtiradi, misol uchun: M.Musorgskiyning "Ko‘rgazmadagi suratlar" asaridagi "Yalmog‘iz kampir", "Bozor" va boshqalar. Bunday asarlar dasturli deyiladi.
Operalar uchun ularning mazmunini aniqlovchi adabiy matn bor, baletlar uchun - libretto. Qo‘shiq va romanslar mazmuni matnda ochiladi.
Aniq dasturi bo‘lmagan ("Prelyudiya", "Etyud", "Rondo" va boshqalar) musiqa mazmuni to‘g‘risida asardan qolgan umumiy taassurotlardan, kuyidan, jaranglash tuslaridan, sur’atidan, tuzilishidan xulosa chiqarish mumkin. Shunday qilib, "Prelyudiya" nomi musiqa mazmunini ochib bermaydi va har bir alohida holatda muhokamani talab qiladi. Bir xil nomlangan bir necha asarni solishtirib ko‘rish foydalidir. Shug‘ullanuvchilar F.Shopenning prelyudiyasini, soch. 28 №20 va Prokofyev prelyudiyasini, soch.12 № 7 eshitadilar.
Aniq vazifani aniqlamay, o‘qituvchi mazmuni musiqiy-ritmik tarbiya vositalariga ko‘proq mos keladiganini tanlashni taklif qiladi. Mashq uchun Prokofiyevning yorug‘ va osoyishta musiqasini tanlash mumkin. Shopen prelyudiyasi zulmatli tasavvurlar hosil qiladi va shuning uchun to‘g‘ri kelmaydi.
Musiqa mazmunini tushunishga bastakorning nota matnidagi ko‘rsatmalari yordam beradi. Bu ko‘rsatmalar asarning to‘liq yoki qisman ijrosiga tegishli: "Samimiyat", "Olov bilan harakatchan", "Quvnoq" va boshqalar.
Musiqali o‘yinlar yordamida harakatlarni musiqa bilan moslash mashqlarini o‘tkazish vazifalari yechiladi. Faqat bu yerda mashqlarni bajarish musobaqa elementi kiritilishi bilan murakkablashadi. Bu hosil qilingan bilim va malakalarni takomillashtirish va mustahkamlashga xizmat qiladi.

Yüklə 65,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə