Reja: Kirish i-bob. Asosiy qism


Razmer- metrning ma’lum muddatli ulushlari ifodasi



Yüklə 65,77 Kb.
səhifə4/5
tarix25.05.2022
ölçüsü65,77 Kb.
#87881
1   2   3   4   5
MUSIQA JO\'RLIGIDA HAMDA SANASH ORQALI SAF VA UMUMIY RIVOJLANTIRISH MASHQLARNI O\'TKAZISH

Razmer- metrning ma’lum muddatli ulushlari ifodasi.
Takt - asarning bir kuchli bo‘lagidan keyingi kuchli bo‘lagigacha bo‘lgan qismi.
Xoreografiya darslarida barcha mashqlar (iz-za takt) dan boshlanadi.
Za takt - to‘liq bo‘lmagan (to‘liqsiz) takt.
Musiqiy - ritmik vazifalar shug‘ullanuvchilarga musiqiy asar razmerini yaxshiroq tushunishga va mashqlarni takt bo‘laklariga muvofiq aniq bajarishga yordam beradi.
Boshida shug‘ullanuvchilar taktning teng bo‘laklari sonidan razmer (o‘lchov)ni aniqlashni o‘rganishadi:

  1. 2/4, 3/4, 4/4 razmerli musiqiy namunalarni eshitish va chapak bilan

taktning kuchli bo‘lagini qaytarish.

  1. Polka musiqasi ostida taktning kuchli bo‘lagida oldinga qadam, kuchsizida yengil chapak.

  2. Musiqali kuzatish 3/4. Taktning kuchli bo‘lagiga chap oyoqdan o‘ngiga sakrash, keyin 2 qadam oldiga. Keyingi taktda o‘ng oyoqdan chapiga sakrash.

  3. Zalning yon chiziqlarida markazga yuzlanib 2 qatorga saflanish. Taktning kuchli bo‘lagida to‘pni polga urib qarama-qarshi qatorga oshirish. Musiqali asar o‘lchovini ma’lum qaytarishlar sonida almashtirish (8-16 takt).

Shug‘ullanuvchilar eshitish orqali musiqiy kuzatuv o‘lchovidagi o‘zgarishni aniqlab, bajarilayotgan harakatlar oralig‘ini o‘zgartiradi.

  1. "Za takt" da qo‘llarni belga qo‘yish va qadam tashlash, taktning kuchli bo‘lagiga oyoq bilan urg‘u berib.

Undan keyin shug‘ullanuvchilar turli o‘lchovlarni belgilash uchun qabul qilingan harakatlarni o‘rganishga o‘tishadi.
O‘lchov 4/4 D.h.- qo‘llar yuqorida kaftlarni oldinga qaratib. 1- qo‘llar
pastda, panjalar bukilgan kaftlarni polga qaratib; 2- qo‘llar ko‘krak oldida chalashitrilgan; 3- qo‘llar yonda; 4- qo‘llar yuqorida.
O‘lchov 3/4 da qo‘llarning chalishtirilgan harakati o‘tkazib yuboriladi; o‘lchov 2/4 da o‘rtadagi 2ta harakat tushiriladi.
Turli musiqiy o‘lchovlar taktirovkasini bajarish mumkin: joyda yurib, juftlama qadam bilan yurishda, vals qadamida. Keyinchalik, musiqa ostida turli mashqlar bajarishda o‘quvchilarda o‘lchovni aniqlash va uni taktirovka bilan ko‘rsatish bilimi mustahkamlanadi.
Mashqlar va musiqiy o‘lchov birikmasiga "To‘pga siltanish" o‘yini misol bo‘lishi mumkin. Musiqiy kuzatishga L.Betxoven mavzusidan (7 variatsiya) foydalanish mumkin. M/r -2/4.
O‘yin ta’rifi: O‘yinchilar safga terilishadi. Saf o‘rtasida - rahbar to‘p bilan. Uning chap tomonida 1-jamoa, o‘ng tomonida 2-jamoa. Jamoalarda o‘yinchilar soni teng bo‘lishi va 7-8 ta kishidan oshmasligi kerak. O‘yinchilar markazdan chetga qarab tartib bilan sanaladi.
Rahbarning buyrug‘i bilan "za takt" ga o‘yinchilar tezda oyoqni ko‘tarib, ostida chapak chalishadi. 1-2 taktga oyoqni qo‘yib, qo‘llarni sekin yuqoriga ko‘taradi. 3-takt va 4- taktning 1-choragida qo‘llarni tushiradi. 5- taktgacha "za takt" da yana (boshqa) oyoqni tez ko‘tarib, ostida chapak chaladi. Rahbar to‘pni oldinga tashlab , raqamni chaqirguncha shunday davom etadi ( musiqada har 4 takt ritmi bir xil) .
Har bir jamoadagi raqamga mos o‘yinchi to‘p uchun yugurishadi. Ulardan qaysi biri to‘pni oldinroq yerga tushirmay ilib olsa, ochkoga ega bo‘ladi. G’olibni aniqlab, rahbar to‘pni qaytarib oladi va o‘yin davom etadi. Birinchi bo‘lib shartlashilgan miqdorda ochko to‘plagan jamoa g‘olib bo‘ladi.
Raqam chaqirilishigacha musiqa ostidagi harakatini oldinroq to‘xtatgan o‘yinchi g‘olib hisoblanmaydi. To‘p yerga tushgandan so‘ng ilinsa, ochko berilmaydi. Agar chaqirilgan o‘yinchilar to‘pni baravar ushlab olishsa, ikkala jamoa bittadan ochko oladi.
Insonning emotsional holati uning yurish-turishida aks etadi.
Hayajonlanish, xavotir odatda tez va keskin harakatlar bilan kuzatiladi. Xotirjamlikka o‘rtacha sur’atdagi harakatlar xos.
Musiqiy sur’at tuslari emotsiya kabi turlichadir. Mayus musiqa odatda tinch sur’at bilan bog‘langan, quvnog‘i - tezrog‘i bilan. Xavotirli musiqa ko‘pincha tez bo‘ladi, tantanalisi- sekin.
Shunday qilib, musiqa harakteri eng avval uning sur’ati orqali anglanadi.
Sur’at (temp) - musiqa ijrosining tezligi.
Musiqa asarining tezligini ixtiyoriy almashtirish mumkin emas, chunki oqibatda uning mazmuni o‘zgaradi.
K.S. Stanislavskiy " Aktyorning o‘z ustida ishlashi " asarida ta’kidlagan: ko‘pincha yaxshi qo‘yilgan va o‘ynalgan go‘zal pyesa yutuqqa ega bo‘lmaydi, chunki u o‘ta sekin yoki asossiz tez sur’atlarda ijro etiladi. Tragediyani vodevil sur’atida, vodevilni esa tragediya sur’atida o‘ynab bo‘lmaydi.
Musiqiy sur’atlar belgilari juda ko‘p. Shug‘ullanuvchilarga sur’atlarning asosiy nomlari bilan tanishish kifoya: adagio (adajio)- sekin, andante (andante) - o‘rtacha, allegro (allegro) -tez.
Musiqiy asar ifodaliligini oshirish uchun ijro sur’atini asta-sekin bosqichma-bosqich tezlatish yoki sekinlatish qo‘llaniladi:
accelerand (agelerando) - tezlatish, ritardando (ritardando)- sekinlatish.
Turli sur’atlarni egallash uchun shug‘ullanuvchilarga maxsus vazifalar beriladi. Musiqali asarni eshitib, ular sur’atni aniqlab nomini aytishadi, notada sur’at yozuvini ko‘rib, unga mos tezlikda harakatlar bajarishadi. Misol uchun :

  1. Aylana bo‘ylab turib va qo‘l ushlashib, sekin sur’atda yumshoq qadamlar bilan aylanib yurish. Musiqa tez sur’atga o‘tishi bilan aylanani 4 ta kichik aylanaga bo‘lib, ularda baland yugurib harakatlanish.

  2. Sekin sur’atda juft bo‘lib yurish, tezida - bir-biridan oshib yugurish.

  3. Musiqa ostida marsh sur’atida yurish

8 taktdan keyin musiqali kuzatuvni to‘xtatish. Shug‘ullanuvchilar olingan sur’atni saqlab, yurishni davom ettirishadi. O‘quvchilar saqlagan sur’atni tekshirish uchun 8 taktdan keyin yana musiqali kuzatuvni davom ettirish. Yurish uchun taklif qilingan musiqa bo‘laklari harakterini almashtirib turish tavsiya qilinadi.
Bunday mashqlarga o‘tkir va baland qadamlar bilan yurishni kiritish mumkin. Sur’atlarni o‘zgarishiga doir topshiriqlar shug‘ullanuvchilarni sekin harakatlardan teziga va aksincha o‘tishga o‘rgatish vazifasini ko‘zlaydi.
Shunday topshiriqlarga misol:

  1. Aylana bo‘ylab turish. O‘zgaruvchan sur’atli musiqiy kuzatuv ostida o‘ng qo‘shniga 2 sanoqda to‘p uzatish.

  2. Oldin musiqani eshitib olib, uning ostida 2 baravar sekin yurish va 2 baravar tez yugurish.

Odatda, tez sur’atda qisqa amplitudali harakatlar bajariladi: tananing alohida a’zolari bilan - qo‘llar, oyoqlar, bosh, shuningdek panja, bilak va to‘piqlar bilan harakatlar.
O‘rtacha, sekin sur’at tananing yirik a’zolari ishtirokida mashq bajarishga imkon beradi.
Dinamik tuslar:

  • musiqani ifodali ijro qilishning muhim shartlaridan biri,

  • musiqali asar ijrosida yangrash balandligining o‘zgarishi,

  • musiqa va harakatlar ifodaliligini yetkazib berishda juda muhim.

Ko‘pincha quyidagi dinamik tuslar qo‘llaniladi: forte (forte)- baland, piano (pano)- sekin, shuningdek ularning o‘zgarishi: crescendo (kreschendo)- kuchaytirish, diminuendo (diminuendo)-susaytirish.
Harakatlar musiqiy asarning dinamik tuslariga bog‘liq holda kuchli va g‘ayratli yoki yumshoq va nozik bo‘lishi mumkin; keskin aksentlangan yoki ohista va sokin; erkin va keng yoki mayda va bejirim. Musiqa yetkazib berishi mumkin bo‘lgan harakat ranglarining barcha turlarini sanab o‘tish qiyin.
Musiqaning dinamik tuslari bilan mashqlar aloqasi bo‘yicha namunali vazifalar:

  1. Musiqaning baland yangrashida baland qadamlab yurish, sekinida - yumshoq qadamda.

  2. Musiqaning baland yangrashida irg‘ib harakatlanish, sekinida - holatga o‘tish.

  3. Yangrash kuchining keskin o‘zgarishi: sekin yangrash - oyoqlar uchida yurish, baland yangrash joyda sakrash.

  4. Yangrash kuchining asta-sekin ortishi: aylanani asta-sekin kengaytirib

yurish.

  1. Yangrash kuchining asta-sekin kamayishi: aylanani asta-sekin toraytirib yurish.

Ovoz chiqarib o‘qishda, so‘zlashganda biz to‘xtab, kichik pauza qilamiz, chunki bu siz nutq tushunarsiz bo‘lar edi. Adabiyotda buning uchun punktuatsiya belgilari bor. Ularga amal qilib o‘qish - ifodali o‘qish deyiladi. Musiqa asarini qayta- qayta eshitish jarayonida avval bir-biridan harakteri va mazmuni bilan farqlanuvchi katta qismlarga bo‘linish ilg‘ab olinadi. Keyin bu qismlar ichidagi bo‘linish ham sezilarli bo‘lib boradi.
Tizim (postroeniya)- musiqali asar qismlaridir. Alohida tizimlar bir- biridan musiqiy fikrning mukammallik darajasi bilan farqlanadi.
Musiqiy fikrning nisbatan mukammalligini ifodalovchi tizim- davr deyiladi. Unda 2 ta gap birlashgan. Gap o‘z navbatida yanada mayda tizimlarga bo‘linadi-jumla: musiqa asarining kichik va nisbatan mukammal qismlari.

Xulosa
Mashqlarni musiqiy asar tizimlarigamuvofiq bajarishga shug‘ullanuvchilarni asta-sekin o‘rgatish kerak.



  1. Musiqa asarini eshitish va bir davrni 2-sidan chapak bilan ajratish. Topshiriqni qaytarishda shug‘ullanuvchilarga 1-gap oxirini va 2-sini chapak bilan belgilashni taklif qilish.

Bu musiqa asaridan olingan eshituv taassurotlarni aniqlab, shug‘ullanuvchilarning e’tiborini gaplar ichidagi yanada mayda bo‘linishlarga qaratish va ularga shu bo‘linishlarni eshitgan joyda chapak bilan belgilashni taklif qilish.

  1. Shug‘ullanuvchilarni 2 ta dan ketma-ket qatorga saflash. Musiqali kuzatuv - marsh.

1- jumla - Birinchi raqamdagilar o‘ng oyoqdan boshlab oldinga 7 qadam yurishadi. 8- sanoqda chapini keltirib qo‘yish; 2- jumla - huddi shuni 2- raqamdagilar bajaradi; 3- jumla - oldinga juft bo‘lib yurishadi; 4 - jumla - hamma baravar joyda yurib bajaradi.

  1. Musiqa asarini eshitib - mazmuni bo‘yicha lirik, yangrash harakteri sokin bo‘lgan, quyidagi vazifalarni bajarish: 1- jumla - qo‘llar yonda; 2- jumla - qo‘llar yuqorida; 3 - jumla- qo‘llar oldinda; 4- jumla - qo‘llar yonda; 5 - jumla- qo‘llar oldinda; 6- jumla - qo‘llar yonda; 7- jumla - qo‘llar bilan to‘lqin; 8- jumla - oldinda, pastda. Barcha harakatlar yumshoq, ohista bajariladi.

Yugurishda biron marta yengilmagan o‘yinchi eng epchil hisoblanadi. Agar boshlovchi qo‘lini o‘yinchining yelkasiga musiqaning oxirgi taktidan oldinroq yoki keyinroq qo‘ysa, bellashuv bo‘lmaydi va u yana boshlovchilik qiladi. Agar o‘yinchilardan biri "Bir, ikki, uch!" sanog‘i tugamay turib - yugura boshlasa, u orqaga qaytarilib, sanoq boshqatdan takrorlanadi. Yuguruvchilarga xalaqit berish va turganlarga ilashish mumkin emas.


Yüklə 65,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə