Reja Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishgan boʻlgan turlicha yondashuvlar



Yüklə 481,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix21.12.2022
ölçüsü481,48 Kb.
#97439
1   2   3   4   5   6   7
Reja Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishg

birinchi bosqichini
oʻz ichiga olib, bu bosqichda 
xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat koʻrsatish 
korxonalarini hamda qishloq xoʻjalik mahsulotlarini qayta ishlash tizimini qamrab oldi.
Uy joylarni xususiylashtirish jarayonida ilgari davlat ixtiyorida boʻlgan bir milliondan 
ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrogʻi fuqarolarning xususiy mulki 
boʻlib qoldi. 
Davlat ijtimoiy dasturida belgilab berilgan 
ikkinchi bosqich
1994-1995 yillarga toʻgʻri 
keldi. Bu bosqichda koʻplab oʻrta va yirik korxonalar aktsiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi 
hamda ularning aktsiyalari respublika qimmatli qogʻozlar bozorining asosini tashkil etdi.
Respublika iqtisodiyoti 1996 yildan boshlab mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirishning 
uchinchi bosqichiga
kirdi.
Xususiylashtirish jarayonlarining 
toʻrtinchi bosqichi
(1998-2003 yillar)ning asosiy 
vazifalari sifatida davlat byudjetiga xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlarni yoʻnaltirish, 
xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, boshqaruv samaradorligini 
oshirish va mulkchilik yangi munosabatlarini toʻlaqonli amal qilishi uchun sharoitlar yaratish 
tadbirlarini amalga oshirish belgilandi.
Asosiy tayanch tushunchalar 
Ishlab chiqarish usuli - ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari 
birligi hamda oʻzaro ta’siri. 
Ishlab chiqaruvchi kuchlar - ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy omillari, ya’ni ishchi 
kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birligi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar - bu kishilar uchun zarur boʻlgan hayotiy ne’matlarni 
ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va is’temol qilish jarayonida vujudga keladigan 
munosabatlar. 
Ishlab chiqarishning texnologik usuli - mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, 
energiya axborotlar va ishlab chiqarishni tashkil etish majmui. 
Mulkchilik munosabatlari - mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni oʻzlashtirish va 
tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar. 
Mulkdan foydalanish - mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy 
hayotda qoʻllanilishi, ya’ni uning nafli jihatlarining bevosita iste’mol qilinishi. 
Mulqni tasarruf etish - mol-mulk taqdirini mustaqil hal qilish. 
Mulkka egalik qilish - mulkdorlik huquqining uning egasi qoʻlida saqlanib turishi va 
yaratilgan moddiy boyliklarni oʻzlashtirishning ijtimoiy shakli. 
Mulk ob’ektlari - mulkka aylangan barcha boylik turlari. 
Mulk sub’ektlari - mulk ob’ektini oʻzlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar 
ishtirokchilari. 
Xususiylashtirish - mulkka egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga oʻtishi. 
Davlat tassarrufidan chiqarish - davlat mulki hisobidan boshqa nodavlat mulk 
shakllarining vujudga keltirilishi. 

Yüklə 481,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə