Reja Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishgan boʻlgan turlicha yondashuvlar



Yüklə 481,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix21.12.2022
ölçüsü481,48 Kb.
#97439
1   2   3   4   5   6   7
Reja Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishg

6.
 
Oʻzbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish yoʻllari, 
maqsadi va usullari. 
Bozor munosabatlariga oʻtishning asosiy sharti koʻp ukladli iqtisodiyotni va raqobat 
muhitini shakllantirish uchun shart-sharoitini vujudga keltirishdan iborat. Bunda asosiysi 
mulkchilik masalasini hal qilishdir.
Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi oʻtish davrida mulkchilikda davlat 
sektorining salmogʻi ancha yuqori boʻlgan mamlakatlarda bu mulkning ma’lum qismini davlat 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. Shunga koʻra, Oʻzbekistonda ham 
mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi 
jarayon sifatida qaralib, «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida»gi 
Qonunida (1991-yil 19-noyabr) quyidagicha ta’rif beriladi: 
Davlat tasarrufidan chiqarish – davlat korxonalarini va tashkilotlarini jamoa, ijara 
korxonalariga, aktsiyali jamiyatlarga, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli 
mulk boʻlmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir. 
Xususiylashtirish – fuqarolarning va davlatga taalluqli boʻlmagan yuridik shaxslarning 
davlat mulki ob’ektlarini yoki davlat aktsiyali jamiyatlarining aktsiyalarini davlatdan sotib 
olishidir
1
.
Bundan koʻrinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga qaraganda 
ancha keng tushuncha. Xususiylashtirish - davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy 
shaxslarga oʻtishidir. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishdan tashqari, bu mulk 
hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirishni ham koʻzda tutadi.
7.
 
Xususiy mulkchilik tarmogʻini kengaytirish – mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni 
chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida 
U bir qator yoʻllar bilan amalga oshiriladi: davlat korxonalarini aktsiyadorlik jamiyatiga 
aylantirish, davlat korxonasini sotib, uni jamoa mulkiga aylantirish; mulkni qiymatga qarab 
chiqarilgan cheklar (vaucher) boʻyicha fuqarolarga bepul berish; mulkni ayrim tadbirkor va ish 
boshqaruvchilarga sotish; ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqarolariga sotish yoki 
qarz hisobiga berish; davlat mol-mulkini auktsionlarda kim oshdi savdosi orqali sotish va h.k.
Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman boʻlib, ularni 3 guruhga ajratish mumkin: 
1) davlat mulkini bepul boʻlib berish orqali xususiylashtirish; 2) davlat mulkini sotish orqali 
xususiylashtirish; 3) davlat mulkini bepul boʻlib berish hamda sotishni uygʻunlashtirish orqali 
xususiylashtirish. 
1
Ўзбекистон Республикасининг Қонуни. Давлат тасарруфидан чиқариш ва хусусийлаштириш 
тўғрисида/Ўзбекистон Республикаси: қонунлар ва фармонлар. – Т.: Ўзбекистон, 1992, 65-б. 


1992-1993 yillar xususiylashtirishning 

Yüklə 481,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə