Reja Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishgan boʻlgan turlicha yondashuvlar



Yüklə 481,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix21.12.2022
ölçüsü481,48 Kb.
#97439
1   2   3   4   5   6   7
Reja Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishg

4.
 
Mulkchilik shakllarining xilma-xilligi va ularning turlari. Mulk obyektlari va 
subyektlari. 
Shu sababli «Oʻzbekiston Respublikasining mulkchilik toʻgʻrisida»gi qonunida turli-
tuman mulklar quyidagi mulk shakllariga kiritiladi: davlat mulki, jamoa mulki, xususiy mulk
shaxsiy mulk, aralash mulk.
Mulkchilik munosabatlari uning ob’ektlari va sub’ektlari boʻlishini shart qilib qoʻyadi. 
Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulkchilik ob’ektlaridir. Mulk ob’ekti boʻlib, inson 
yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy mehnat mahsuli, insonning 
mehnat qilishi qobiliyati – ishchi kuchi va boshqalar hisoblanadi. Mulk ob’ektida asosiy boʻgʻin 
– bu ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish hisoblanadi.
Mulk sub’ekti jamiyatda ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy mavqega ega boʻlgan, mulk ob’ektini 
oʻzlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari boʻlib, ular jamoa, sinf, 
tabaqa yoki boshqa ijtimoiy guruhlarga birlashgan boʻladi.
5.
 
Mulkchilikning turli shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni. 
Davlat mulki – egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida boʻlgan mulk 
ob’ektlaridan iborat. Davlat mulki asosan ikki yoʻl bilan hosil boʻladi: 
1) xususiy mol-mulkning milliylashtirilib, davlatning ixtiyoriga oʻtkazilishi; 


2) davlat mablagʻlari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va 
tashkilotlarda investitsiyalarni amalga oshirish. 
Jamoa mulki – muayyan maqsad yoʻlida jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy 
va ma’naviy boyliklarni hamjihatlik bilan oʻzlashtirishni bildiradi. Jamoa mulki davlat mulkini 
korxona jamoasi sotib olishi, badal toʻlab korxona qurishi, aktsiya chiqarib, ularni sotish kabi 
yoʻllar orqali paydo boʻldi.
Shaxsiy mulk – bu fuqarolar mulki boʻlib, ularning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojini 
qondirishga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki uning oila a’zolarining mehnati 
asosida koʻpayadi va rivoj topadi. 
Xususiy mulk – ayrim sohibkorlarga qarashli boʻlib, yollanma mehnatga asoslangan 
holda foydalanadigan mulkdir. 

Yüklə 481,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə