|
Bayonnoma > sentabr 2022-yil Nukus shahri Qatnashuvchilar : Fan o`qituvchisi
|
tarix | 22.12.2022 | ölçüsü | 29,5 Kb. | | #97562 |
| bayannama
Tarix fani amaliyotchisi Aminov
Rahmatjonning 203-guruh
II bosqich o`quvchilariga
O`zbekiston tarixi “ fanidan
“ O`zbekiston Respublikasi milliy
davlatchilikning shakllanishi va
rivojlanishi mavzusida o`tgan
darsiga tahliliy
BAYONNOMA
<< 17 >> sentabr 2022-yil Nukus shahri
Qatnashuvchilar :
Fan o`qituvchisi : G.Asanova
Amaliyotchi : Aminov Rahmatjon
Amaliyotchilar : Ataxonova F
Axmedov A
Kun tartibidagi masala : Tarix fani amaliyotchisi Aminov Rahmatjonning “ O`zbekiston tarixi “ fanidan “ O`zbekistonda milliy davlatchilikning shakllanishi va rivojlanishi “ mavzusida o`tgan darsini tahlil qilish
Kun tartibidagi masala tinglandi :
Tarix fani amaliyotchisi Aminov Rahmatjon : Men 203-guruh o`quvchilariga bugun o`tgan darsimda o`z oldimga qo`ygan asosiy maqsadimga erishdim deb o`ylayman, dars davomida o`quvchilarni mavzuga jalb qilish uchun yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib, ularga kengroq tushuncha berishga harakat qildim. Dars davomida interaktiv usullardan foydalanib, o`quvchilarning qiziqishini orttirishga va ko`rgazmali qurollardan keng foydalanishga intildim.Mening bugungi darsim mazmunli va qiziqarli bo`lib o`tdi deb o`ylayman.
Chiqib gapirdi :
Fan o`qituvchisi : G.Asanova Aminov Rahmatjon bugungi o`tgan darsida interaktiv usuldan foydalanib, mavzuning mazmun-mohiyatini to`liq ochib berdi. Men Aminov Rahmatjonning bugungi dars o`tishini “ a`lo “ baholadim.
Amaliyotchilar : A.Axmedov, F.Ataxonova Aminov Rahmatjonning bugungi darsini ajoyib tarzda o`tdi. Yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib, mavzuni o`quvchilarga aniq va qiziqarli qilib tushuntirib berdi.
Qaror : Tarix fani amaliyotchisi Aminov Rahmatjonning “ O`zbekiston tarixi “ fanidan “ O`zbekiston Respublikasi milliy davlatchiligining shakllanishi va rivojlanishi “ mavzusida o`tilgan darsi “ a`lo “ deb baholansin.
Fan o`qituvchisi : G.Asanova
Metodist : D.Qosimbetova
Rasmiylashtiruvchi amaliyotchi : A.Axmedov
Dostları ilə paylaş: |
|
|