Referat islom dini uning asosiy oqimlari va ularning yo’nalishlari Tekshirdi



Yüklə 48,84 Kb.
səhifə7/10
tarix12.05.2022
ölçüsü48,84 Kb.
#86808
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ziyoda [referat] islom tarixi

Hanafiylik mazhabi. Hanafiya mazhabining asoschisi al-Imom al-A’zam Abu Hanifa an- Nu’mon ibn Sobit al-Kufiy (80-150/699-767) – forslardan bo‘lib, umaviylar (661-750) va abbosiylar (750-1258) davlati ayni avj olgan davrda yashagan tobiinlardandir. Abu Hanifa Anas ibn Molik bilan uchrashgan va undan “Ilm talab qilish har bir muslim uchun farzdir” hadisini rivoyat qilgan. Uni “ahli ra’y Imomi”, “ahli Iroq faqihi”, “Hanafiy mazhabi sohibi” kabi nomlar bilan manbalarda keltiriladi. Kasbi gazlama savdosi bilan shug‘ullanish edi. YOshlik chog‘idayoq Qur’onni yod olgan. 18 yil ustozi Hammod ibn Abi Sulaymondan tahsil olgan. Fiqh ilmini Ibrohim

an-Naxaiy va ash-SHa’biydan olgan. Abu Hanifaning etuk talabalaridan Abu YUsuf (113- 182/731-769) va Muhammad ibn al-Hasan ash SHayboniylarni (132-189/709-805) alohida aytib o‘tish zarur.

Hanafiy mazhabi “nass”lardan (ya’ni Qur’on va hadis) tashqari hadislarni qabul qilishda alohida shartlarni belgilaganligi, qiyos (analogiya), istehson prinsiplaridan foydalanishi, Movarounnahr maktabi mahalliy urf-odatlarni huquq manbai sifatida qabul qilishi bilan ajralib turadi. Boshqa mazhablardan farqli jihatlar mazkur xususiyatlar negizida yuzaga keladi.

Hanafiya mazhabi asosan Albaniya, Bosniya va Gersegovina, Turkiya, Suriya, Iroq, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston, Bangladesh, Turkmaniston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Rossiya, Jibuti, Eritreya mamlakatlarida keng tarqalgan.



Yüklə 48,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə