1-sinf fizika 12-variant I. Yopiq test (B ball)



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix19.06.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#117877
  1   2   3
12-variant 11-sinf fizika



11-sinf fizika 12-variant 
I. Yopiq test
1. 
(B 4 ball)
Aylana bo‘ylab tekis harakatda chizig‘iy tezlik vektorining ...
A) moduli o‘zgarmas bo‘lib, yo‘nalishi uzluksiz o‘zgarib turadi 
B) moduli tekis oshib, yo‘nalishi o‘zgarmas qoladi 
C) moduli tekis kamayib, yo‘nalishi o‘zgarmaydi 
D) moduli va yo‘nalishi uzluksiz o‘zgarib turadi 
2. 
(Q 8 ball)
Dielektrik muhitda bir-biridan 1 cm masofada turgan 6 va 0,8 µC nuqtaviy 
zaryadlar o‘zaro 16 N kuch bilan ta’sirlashadilar. Muhitning dielektrik singdiruvchanligini 
toping. k=9∙10

N·m
2
/C
2

A) 12 
B) 18 
C) 26 
D) 27 
II. Ochiq test 
3. 
(Q 8 ball)
Tezlanish beruvchi kuch 1,6 kN bo‘lsa, massasi 20 t bo‘lgan vagon qanday 
tezlanish bilan harakat qiladi? Qarshilik kuchi 600 N. 
Javob:___________________________________________ 
4. 
(Q 8 ball)
Silindrdagi gazning qisilish jarayoni qanday jarayon deb ataladi? Gazning hajmi 
va haroratining o‘zgarishi grafikda berilgan. 
Javob:___________________________________________ 
5. 
(Q 8 ball)
Elektron induksiyasi 5 mT bo‘lgan magnit maydonga uchib kirib, 4 cm radiusli 
aylana bo‘ylab harakatlana boshlasa, uning tezligi qanday (m/s)? 
Javob:___________________________________________ 
6. 
(Q 8 ball)
Nikel uchun fotoeffektning qizil chegarasi qanday (m)? Chiqish ishi 5 eV. 
Javob:___________________________________________ 
III. Bir nechta javobli test 
7. 
(B 4 ball)
Mexanik to‘lqinning quyidagi parametrlaridan qaysilari havodan suvga o‘tganda 
o‘zgaradi

1) tezligi; 2) to‘lqin uzunligi; 3) chastotasi 4) davri 
8. 
(B 4 ball)
Gazni ideal deb hisoblash uchun u quyidagi qaysi shartlarni qanoatlantirishi kerak? 


1) molekulalar to‘qnashuvi hisobga olinmaydi 
2) molekulalarning to‘qnashuvi absolyut elastik deb qaraladi 
3) molekulalarning to‘qnashgandagi o‘zaro ta’siri hisobga olinmaydi 
4) molekulalarning masofadan ta’sirlashishi hisobga olinmaydi 
5) molekulalarning harakati hisobga olinmaydi 
6) molekulalar idishga nisbatan moddiy nuqta deb qaraladi 
9. 
(B 4 ball)
Quyida bayon qilingan fikrlarning qaysilari to‘g‘ri: 
1) elektrolitlarda tok erkin elektronlar oqimidan iborat bo‘ladi; 
2) distillangan suv elektrolit emas; 
3) turli ishorali zaryadlangan ionlarning birlashuvi natijasida zaryadsiz zarra hosil bo‘lishi 
molizatsiya deyiladi; 
4) ionlarga ajralgan molekulalar sonining erigan moddaning barcha molekulalari soniga nisbati 
dissosiatsiya koeffitsienti deb ataladi; 
5) elektr tokini o‘tkazuvchi suyuqliklar elektrolitlar deb ataladi? 
10. 
(B 4 ball)
Quyida keltirilgan nurlarning qaysilari difraksiyalanish xossasiga ega? 
1) ko‘zga ko‘rinadigan yorug‘lik; 
2) radioto‘lqinlar; 
3) rentgen nurlari; 
4) infraqizil nurlar? 



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə