Referat bajardi: Ibrahimova Mashhura Qabul qiluvchi: Ro`zimatov Erkinjon Toshkent 2022



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#137174
növüReferat
  1   2
referat ped



O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus ta`lim vazirligi
O`zbekiston milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti
Ijtimoiy psixologiya kafedrasi 5310304-psixologiya(oila psixologiyasi)
Umumiy pedagogikadan fanidan


REFERAT

Bajardi: Ibrahimova Mashhura

Qabul qiluvchi: Ro`zimatov Erkinjon
Toshkent 2022
Mavzu: Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda ta`lim tizimi.
REJA:

  1. Rivojlangan davlatlar ta’lim tizimi.

  2. Yaponiya davlat ta`lim tizimi haqida.

  3. Xulosa.



  1. Rivojlangan davlatlar ta’lim tizimining o’ziga xosligi.

Chet mamlakatlarda o’sayotgan avlodning qay tarzda tarbiyalanishga qiziqish qadim davrlardayoq mavjud edi. Yunon tarixchisi Gerodot Bobil va Misrda yoshlar tarbiyasiga oid hikoyalar aytgan bo’lsa, Rim tarixchisi Tastit qadimgi german qabilalariga oid o’ziga xos xususiyatlarni qayd etib o’tgan edi. O’sha davrlardayoq, mamlakatlarning yosh avlodni tarbiyalash ishlarini yaxshilashda qo’shni mamlakatlar tajribasidan foydalanish maqsadida tez-tez ko’rilib turgan. Masalan: Platon Sparta tarbiyasining ayrim usullari Afinada ham joriy qilinsa yaxshi bo’lishini ta’kidlagan. Ksenafont forslarning zodagon yoshlari tarbiyasi xususiyatlarini tasvirlar ekan, yunon yoshlarini tarbiyalashning o’ziga xos xususiyatlarini shakllantirishda ulardan o’rnak olishni maslaxat beradi. Ammo bular qisqa va unchalik dalillanmagan kuzatishlar bo’lib, etnografik yoki tarixiy xotiralarda izini qoldirgan xolos. Shuning uchun bunday kuzatishlarni o’sha davrga xos bo’lgan ilmiy tasavvurlar doirasiga kiritish qiyin. O’rta asrlarda G’arbiy Yevropadagi madaniy vaziyat ta’lim-tarbiya sohasining xalqaro qiyoslashga qiziqishini muvofiqlashtirmagan edi. Ming yillar davomida ta’limda ham boshqa madaniy sohalar kabi cherkov yakkahokimligi mavjud bo’lib, o’qitishning asosiy tili hisoblangan. Buning natijasida turli mamlakatlarda o’quv muassasalari tashkil qilinishi; ta’lim maqsadi, metod iva mazmuniga ko’ra o’xshash, bir-biridan deyarli farqlanmagan. So’nggi o’rta asrlarda Yevropa millatlar shakllanish jarayonini boshdan kechirdi. XVIII asrga kelib bir qadar rivojlangan mamlakatlarda bu jarayon o’z yakuniga yetdi. Milliy birlik hayotning turli sohalarga va xalqlarning milliy o’zligiga ijobiy ta’sir qildi. O’z navbatida bu ta’sir madaniyat va ta’lim sohasida ham kuchli namoyon bo’ldi. Milliy tillar uzluksiz ravishda lotin tilini siqib chiqara boshladi. Har bir mamlakatning o’quv muassasalari o’zining milliy xususiyatlarini shakllantira boshladi va cherkovga tobeligi ancha susaydi.
Bunday sharoitda Yevropaning ko’plab mamlakatlarida qo’shni mamlakatlarda ta’lim tizimi tashkil qilinishi bilan tanishish ehtiyoji kuchaydi. Bu Yan Amos Komeskiy faoliyatida (1592-1670) yaqqol aks etgan. Boshlang’ich maktabdan universitetgacha bo’lgan ta’lim tizimining uzluksiz strukturasi va tamoyillarini ishlab chiqishda Ya.A.Komenskiy Chexiya, Vengriya, Gollandiya, Shvestiya kabi mamlakatlar tajribasiga ko’p marta murojaat qiladi. Turli shakldagi o’quv muassasalari uchun o’qituvchilar qanday tayyorlanashi kerak? Tabiiyki, hukumat va pedagogik jamiyat xorij tajribasi haqida ishonchli va batafsil ma’lumot olishga qiziqish bildiradi. Fransiyada birinchi va aytish mumkinki, ancha samarador natijaga erishgan “pedagogik sayohatchi” taniqli faylasuf, Sorbonna professori V.Kuzen (1792-1867) bo’ldi. Hukumat topshirig’i bilan 1830 yilda u bir necha bor Prussiyaga sayohat qildi va pruss ta’lim tizimini o’rgandi. Bularning natijasi, pruss ta’lim o’quv muassalari, ularning tuzilishi, faoliyat usullari haqida batafsil ma’ruzalarda aks etdi. Bu ma’ruzalarda keltirilgan dalil va xulosalar hukumat tomonidan maktab islohoti amalga oshirilishiga tayyorgarlik ko’rishda e’tiborga olindi. Keyinchalik, nemis va ingliz tiliga tarjima qilingan Kuzen ma’ruzalari boshqa mamlakatlarning pedagoglari tomonidan yakuniy hisobot tayyorlashda namuna bo’lib xizmat qildi. 
XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Fransiyada xorijiy ta’limni qiyoslab o’rganish davom etdi. 1865 yilda ma’rifatparvar J.N.Boduen Belgiya, Germaniya va Shvetsariyada boshlang’ich ta’limning zamonaviy holati to’g’risida ma’ruza tuzdi. Prussiya bilan bo’lgan urushdagi mag’lubiyatdan so’ng, Fransiya (1870)da nemis maktabi tajribasiga qiziqish tobora ortdi. 1880-1890 yillarda E.Dreyfus-Brissak tomonidan uch tomli “Yangi tarbiya qiyosiy-pedagogik o’rganish” asari nashr qilindi. XX asrda yaratilgan asarlar orasida Fredelning ikki asarini alohida qayd qilish mumkin. “Xorijiy mamlakatlarda muallim tayyorlash” (1903) va “Xorijiy pedagogika”(1910). Keyingi kitobda 9 mamlakatning majburiy ta’lim shakllanishi qiyosiy tavsiflangan. Bu g’arb mamlakatlari (Angliya, Germaniya, Italiya, AQSh) maktablari bilan bir qatorda Yaponiya va Misrda ta’lim shakllanishining xarakterli jixatlarini yoritib bergan Yevropada amalga oshirilgan dastlabki asar hisoblanadi. Nemis adabiyotida pedagogik qiyoslash elementlarini aks ettirgan dastlabki asarlar XVIII asrdayoq paydo bo’ldi. 1784 yilda I.Brinkmanning “Qadimgi va zamonaviy tarbiya’ni qiyoslash va ulardan qaysi biri tabiatga ko’proq muvofiqligini ajratish” asari chop etildi. 1790 yilda Frayburg gimnaziyasi direktori F.Xekt “Angliya va Germaniya maktab tizimlari qiyosi” nomi ostida ma’ruzalar to’plamini lotin tilida e’lon qildi.
XIX asrda Germaniyada eng yirik xorijiy pedagogik muammolar tadqiqotchisi Myunxen universiteti professori F.Tirsh (1774-1860) edi. O’zining xorijiy sayohatlari natijasida maktab rahbariyati topshirig’iga ko’ra, pedagogik hujjatlarni batafsil tahlil qilish asosida 3 tomlik “Germaniya, Gollandiya, Belgiya va Fransiyada zamonaviy umumiy ta’lim holati” asarini yaratdi. Bu asarda qiyoslanayotgan unsurlar juda aniq ifodalangan. Tirsh shunday yozadi. Nemis ta’limiga o’xshash Gollandiya ta’limini tavsiflar ekanmiz, biz uni o’z belgilariga ko’ra qiyoslaymiz. Keyin esa fransuz va golland ta’lim tizimlari mo’tadil bo’lgan Belgiya ta’limini tahlil qilish maqsadga muvofiq bo’ladi. Shu bilan birga, Tirsh fikricha, Fransiya, Angliya yoki Germaniya maktablarining o’ziga xos milliy belgiga egaligiga qaramasdan, xristianlik sivilizatsiyasi va yevromadaniyat tamoyillariga asoslangan “umumiy ruh” ularning barchasiga aloqador. Trish birinchilardan bo’lib “Yevropa tarbiyasi” masalasini ko’tarib chiqdi. Bu Yevropa xalqlari va mamlakatlarining yaqinlashuvida zaruriy manba ekanligi ta’kidlaydi. O’tgan asrda yaratilgan asarlar sirasiga L.Shteynning “Angliya, Germaniya, Fransiya va boshqa mamlakatlarda boshlang’ich va kasbiy ta’lim” (1868) asari va A.Baumeysterning “Yevropa va Shimoliy Amerikada Oliy ta’lim shakillanishi” (1897) kabilarni keltirish mumkin.

AQSHda xorijiy tajribaga qiziqish, Yevropa pedagogik an’analarga tayanuvchi milliy ta’lim tizimi shakllanish davrida kuzatildi. K.Stou o’zining “Yevropada boshlang’ich umumiy ta’lim to’g’risida hisobot” nomli asarida turli mamlakatlarning maktablari rivojlanishi muammosini siyosiy tizim va ijtimoiy strukturaga bog’lab o’rganishga harakat qildi. AQSHda ta’limning xorij tajribasini o’rganishga marifatparvarlardan G.Mann (1796-1859) va G.Bernard (1811-1900) larning hissasi katta. G.Mann AQSHda davlat byudjetidan moliyalashtiruvchi bepul majburiy boshlang’ich ta’lim joriy qilinishi tashabbuskori bo’ldi. Bu masalaning samarali hal qilinishi uchun Yevropa mamlakatlari tajribasidan foydalanish zarurligini ta’kidladi. U nemis maktablarida Pestalotsi metodlarining amaliy qo’llanishiga katta qiziqish bilan qaradi. Yevropaning yetti mamlakatida bo’lib, shu mamlakatlar maktablari bilan batafsil tanishib chiqdi. Keyin esa bir qancha ma’ruza tayyorladi. Bu ma’ruzalar jamiyatda yaxshi qabul qilindi va maktab ta’limining kelgusi istiqboli to’g’risida hukumat qarori qabul qilinishiga muayyan ta’sir ko’rsatdi. Mann Massachusets shtatida ta’lim ishlari bo’yicha kengashni boshqargan. Aynan shu shtatda AQSHda birinchi bo’lib majburiy ta’lim haqida qonun qabul qilindi. 1853 yilda Mann tomonidan «Amerika ta’lim jurnali»ga asos solindi. Bu jurnalda milliy muammolar xorij tajribasiga qiyoslanib talqin qilingan. G.Bernard hali bir qancha Yevropa davlatlariga «pedagogik sayohat» uyushtirib, ta’limning xorijiy tajribalarini ba’tafsil o’rgandi. U maktab siyosati, ta’limning markaziy va mahalliy boshqaruv organlari faoliyati va tashkillashtirilishi kabi masalalarga a’lohida e’tibor qaratdi. Pedagogik doiralarda uning “Turli mamlakatlardagi xalq ta’limi tizimi, statistikasi va ro’yxatga olinishi” nomli ikki tomlik monografiyasi shuhrat qozondi. 1867 yilda AQSHda marifatparvarlik federal byurosi tashkil qilindi. Bernard bu byuroning birinchi rahbari sifatida faoliyat yuritib, amerikalik pedagog marifatparvarlarni Yevropaga ingliz, nemis, fransuz maktablari faoliyati bilan tanishtirish maqsadida safar qilishini tashkillashtirishda faol ish yuritdi. Keyingi o’n yillikda xorij ta’lim tizimini o’rganish AQSHda o’zining yangi qirralarini namoyon qildi. 1898-1899 yilda Dj.Rassel qiyosiy pedagogika bo’yicha Kolumbiya universitetining 1-kurs talabalariga ma’ruzalar o’qidi. Keyinchalik, qilingan qator tadqiqotlarda nafaqat maktab, balki ma’orif tizimining boshqa bo’g’inlari ham tadqiqot ob’ektiga aylandi. Masalan, 1910 yilda Fiksherning “Amerika, Angliya va Germaniya universitetlari dunyo yuzini ko’rdi”, 1911 yilda J.Braunning “AQSH va Germaniyada o’rta maktab o’qituvchisini tayyorlash” kitobi nashr qilindi. Qiyosiy pedagogikadan davlat ahamiyatiga molik masalalarni hal qilishda foydalana boshlandi. 1916 yil, ya’ni AQSHning I jaxon urushiga tortilishi arafasida J.F.Skottning “Amerika vatanparvarlik tarbiyasi borasida Fransiya va Germaniya’ning nimasiga havas qilsa bo’ladi” asari chop etildi.
Angliyada qiyosiy pedagogika sohasida M.Arnold (1822-1888) va M.Sedler (1861-1943) lar faoliyat olib bordi. M.Arnold ingliz madaniyati tarixida sezilarli iz qoldirdi. U shoir va adabiy tanqidchi sifatida shuhrat qozonsa-da, uning uchun pedagogika mas’uliyatli vazifa tusini oldi. Arnold obro’li va o’ta masuliyatli hisoblangan maktab inspektori lavozimida 30 yildan ortiqroq ishladi. Shuningdek, xorijiy pedagogik tajribani o’rganish uchun maxsus tuzilgan komissiya’ning faol a’zosi ham edi. Arnold klassik, zamonaviy oliy maktablarning o’zaro aloqadorligi muammolariga alohida e’tibor qaratdi. Bu muammolar negizida milliy ta’lim tizimini xorijiy tillar bilan qiyosladi.
O’zining “Fransiya xalq ta’limi tizimi” (1861), “Germaniyada Oliy ta’lim” (1874) kabi pedagogik asarlarda dalillarni sharhlash va tizimlashtirish bilangina cheklanib qolmadi. Balki, Angliya kabi boshqa xorijiy mamlakatlarning ta’limini muvofiqlashtiruvchi muayyan sharqiy tizimning omillarini aniqlash va yaratishga harakat qildi. Uning fikricha, ikki omil etakchi o’rin tutadi: tarixiy an’analar va milliy xarakter. Aynan ular u yoki bu mamlakat ta’lim tizimining o’ziga xosligini belgilaydi. Turli mamlakatlarda ta’lim taraqqiyotiga ta’sir qiluvchi omillar tahlilini M.Sedler davom ettirdi va chuqurlashtirdi. U yoki bu mamlakatning ta’lim tizimi xususiyatlari va mohiyatini tavsiflash uchun,- xususiy pedagogika doirasidan chiqish kerak. Biz maktab ta’limining barqaror rivojlanishi uchun maktab tashqarisidagi omillar muhimligini unutmasligimiz kerak, deb hisoblsdi Sedler. Bunday omillar qatoriga Sedler tomonidan iqtisodiyot, davlat tizimi, cherkov va oila kiritiladi. Aynan shu omillar nuqtai nazaridan ingliz grammatik maktabi, frantsuz litseyi va nemis gimnaziyalari o’rtasidagi o’xshash va farqli jihatlarni tavsiflaydi.
Sedler faoliyati ingliz maktabining intensiv islohotida muhim bosqichlar ro’y berayotgan vaqtga to’g’ri keldi. Shuning uchun doimo britan empirizm ruhida xorijiy pedagogik tajriba bilan tanishuvning ahamiyati yuksakligini ta’kidladi. Bunga uning 1900 yilda nashr etilgan kitobnig nomi ham guvohlik beradi: “Xalq ta’limi xorijiy ta’lim tizimi bilan tanishuv qanday amaliy qimatga ega”. Sedler tashabbusi bilan 1894 yili Londonda ingliz va xorijiy maktablar taraqqiyoti to’g’risida axborot to’plash, yangi maqola va kitoblar kattaligini tuzish mos ravishda analitik dokladlar tayyorlash kabi vazifalarni bajaruvchi maxsus muassasa tuzildi. Bu hujjat va materiallar 1902 yilda qabul qilingan va mamlakatning o’rta ta’limining bir necha o’n yillik sturukturasini belgilab bergan Parlament akti mazmuniga sezilarli tasir o’tkazadi. Sedler uzoq umr ko’rdi va 1930 yillar oxirigacha qiyosiy pedagogika taraqqiyotiga salmoqli hissa qo’shdi. Rossiyada xorijiy ta’lim tizimini tizimli o’rganish masalasini Ushinskiy boshlab berdi. Uning qator asarlarida (“Shvestariya bo’ylab pedagogik sayohat”, “Xorijga mehnat safari bo’yicha hisobot”, “Shimoliy Amerikada maktab islohotlari” xususan «Umumiy tarbiyaning xalqchilligi haqida” deb nomlangan mashhur asarlarida Fransiya, Angliya, Germaniya, Shveystariya, Shimoliy Amerikadagi xalq ta’limi, ularning o’quv muassasalari faoliyati va tashkil qilinishi usullarining o’ziga xos jihatlarini batafsil yorituvchi ocherklar mavjud.
Ushinskiy fransuz ta’lim tizimini o’rganar ekan, u uchun markazlashuv va ma’muriy bir xillik xarakteri ekanligini qayd etadi. Fransiya’ning o’quv muassasalari markazlashuvi,- deb yozgan edi u, - eng so’nggi nuqtagacha olib borilgan. Nafaqat bir bilim yurti boshqasini takrorlaydi, balki ularning bari intizomlashgan harbiy qism singari yagona buyruqqa amal qiladi. Fransuz xalq ta’limi vazirligi har yili tasarrufida bo’lgan o’quv muassalariga o’quv fanlari dasturi taqdim qiladi. Unda nafaqat joriy yil o’qilishi lozim bo’lgan yozuv belgilanadi, balki qaysi betlar tarjima qilinishi, qaysisi yod olinishigacha qayd etiladi…Vazirlikning ixtiyoriy amaldori soatiga qarab aynan shu soatda Fransiyaning barcha gimnaziyalarida Stesteron asarining aynan shu betlari tarjima qilinadi yoki aynan bir xil sharh asosida o’qilatiladi (sharhar ham vazirlik tomonidan tasdiqlanadi ). Yoyinki, o’n minglab o’quvchi aynan shu mavzuda insho yozyapti deb ishonch bilan aytishi mumkin. Bu Fransiyada tarixiy merosga aylangan xalq ta’limi tizimiga Ushinskiy tomonidan berilgan baho edi. Ushinskiy Fransuz pedagogikasining ma’naviy tarbiyaga daxldor jihatlarini tanqidiy baholaydi. Maktab hayotini tashkil qilishda shuhratparastlik qo’llab quvvatlanadi. O’quvchilar orasida nosog’lom raqobatga ishonch bildiriladi. Manmanlikni frantsuz pedagogikasi kuchli richag deb bildi va u bilan birga faoliyat yuritdi. Bu maqsadda fransuz allomalari ko’plab qoyilmaqom vositalar o’ylab topdilar:
Tarbiyalanuvchilarga orden taqdim qiladi, ularga mansab beradi, ularning ismini gazetada chop etadi.
Fransuzcha tarbiya tizimida imtiyozli oilaning farzandlariga ko’rsatilgan bu xususiyatga V. G. Belinskiy ham e’tibor qaratgan. Tasavvur qiling, - deb yozadi u,- Fransiyada ommaviy imtihonlarda o’quvchilar va muvaffaqiyati uchun kitob bilan emas, boshiga gulchanbar taqish bilan taqdirlanadi. Bu lauriyatning ota-onasi esa teatrga, ommaga ko’z-ko’z qilgani olib keladi, natijada esa,- Belinskiy davom etadi,- fanga, san’atga emas, balki gulchanbarga- haqiqiy munosib ichki qoniqishni emas, tashqi bezashni baholovchi kichik manmanlik g’alabasiga ishtiyoqni kuchaytiradi. Bu tavsiflar hali ham o’z dolzarbligini yo’qotmagan. Angliya ta’lim tizimiga ham murojaat qilgan Ushinskiy, aholining imtiyozli qatlamiga mansub yosh avlod uchun mo’ljallangan o’quv muassalari faoliyati va maqsadga yo’naltirilganligida xarakter shakllanishiga o’zgacha e’tibor berilishini qayd qiladi: “Ingliz tarbiyasida asosiysi – bu xarakter, o’zini tuta bilish qobiliyati (self-government) Ingliz tarbiyasida ta’lim va xarakter mustahkamlanishga asosiy e’tibor qaratiladi. Angliya’ni qadimiy unversitetlari mashhur maktablar singari ta’limdan ko’ra, tarbiya maskaniga yaqinroq hisoblanadi.”
Shu bilan birga, asr o’rtalarida mehnatkashlar farzandlarining savodxonligini oshirish to’g’risidagi farmon qabul qilinishiga oid sabab haqida fikrlar ekan, Ushinskiy unda katta ijtimoiy tafavvutni ko’radi. “Angliyada katta e’tibor qaratila boshlangan kambag’al qatlam ta’lim-tarbiyasi ingliz ta’lim-tarbiyasining zodagonlik xarakterini o’zgartirmaydi. Ushinskiy Shimoliy Amerikada maktab ishlari tashkil qilishini batafsil tasvirlagan. Uning Yevropa maktablaridan farqini tasvirlab, Oliy o’quv yurtlari dasturlarining yuqori darajada xilma-xilligini ko’rsatib o’tgan. Ayollar ta’limi kengayishi xususan, boshlang’ich ta’lim rivojlanishidagi muvaffaqiyatlarini alohida takidlagan. O’zining tabiiy g’ayrati va tezkorligi bilan xalq maktablari uchun o’n yil ichida, qadimiy davlatlar yuz yilda ham qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi. Ushinskiy o’zining xorijiy pedagogika muammolariga bag’ishlagan tatqiqotlarida turli mamlakatlar ta’lim-tarbiya tizimini tasvirlash bilangina cheklanib qolmagan. U xorijiy tajriba o’zlashtirilishi muammosiga ham to’xtalib o’tgan. Rossiya tarixining turli bosqichlari va jamiyatning turli qarorlarida bu muammoning ulkan ahamiyati hammaga ma’lum.
Ushinskiy fikricha, xorijiy tajribaning o’zlashtirish imkoniyatlari fan yoki tarbiya tizimi haqida so’z borishiga bog’liq holda farqlanadi. Fanning milliy belgilariga ko’ra ajratilishini Ushinskiy inkor qildi. Fan umuminsoniy tafakkur qonuniyatlariga ko’ra adolatli xulosalarni qabul qilganligi bilan fandir, - deb yozadi u, - olam qonuniyatlarini ochuvchi fanning o’zi ham umuminsoniy yutuqlar vositasida anglashiluvchi bir olam va ongdir. Har bir bilimli xalq fanda ahamiyatga ega bo’lishi uchun, uni barcha xalqlar uchun namuna bo’lib qoluvchi haqiqatlar bilan boyitish lozim. Aksincha, o’zining fanini yaratib olgan xalq, boshqa xalqlarga tushunarsiz bu xususiy fani bilan fanga qanday foyda keltirishi mumkin. Va nihoyat, har bir xalq o’zi uchun maxsus fanlar yaratib, ajdodlari va zamondoshlari erishgan natijalarni o’zlashtirmasa, fanda olg’a siljish bo’larmidi? Frantsuz matematikasi, ingliz olam tortishish qonuni, nemis kimyoviy xususiyatlari qonuni kabi iboralar tushunarsiz bo’lgani kabi Rus fani tushunchasi ham mazmunga ega emas. Bu iborani faqatgina fanning predmeti Rossiya, uning tabiati yoki tarkibi bo’lgan fan qismigagina tatbiq qilish mumkin. Shunday qilib, Ushinskiy ilmiy bilimlar rivojlanishida qat’iy milliy chegara bergilanishiga qarshi bo’lgan. U olimlar tomonidan xorijiy hamkasblari tomonidan erishilgan ilmiy yutuqlardan foydalanish, doimiy hamkorlik va o’zaro tajriba almashish kabi ilmlar amalga oshirilishini juda zarur deb hisoblaydi. Ushinskiy qo’llanilayotgan tarbiya tizimining o’zlashtirilishi muammosiga boshqacha yondashgan. Uning fikriga ko’ra, har bir mamlakatda tarbiya tizimi muammosi shunchalik o’ziga xos xarakter kasb etganki, xorij tajribasini o’zlashtirishning deyarli imkoni yo’q. Bunday g’oya Ushinskiy asarlarida aniq ifodasini topgan. Nemis, ingliz, fransuz, amerikalik tarbiya tizimidan aynan bir xil narsa talab qilmaydi. Tarbiya nomi ostida har bir xalq turlicha tushunchani qo’llaydi. Har bir xalqda o’ziga xos komil inson timsoli mavjud va ular tarbiyasidan yosh avloddan ana shunday komil inson yaratishni talab qiladi.
Har bir xalqqa birdek tegishli umumiy tarbiya tizimi amaliyotda ham, nazariyada ham mavjud emas. Har bir xalqda o’zining maxsus tarbiya tizimi mavjud. Shuning uchun bir xalqning boshqasidan tarbiya tizimini o’zlashtirishining iloji yo’q. Ushbu xolatda Ushinskiy turli xalqlarning o’ziga xos milliyligini mutloqlashtirgan deb tushunish mumkin. U yoki bu shaklda barcha xalqlarda mavjud; tarbiya usullari, mazmuni va maqsadiga qat’iy kiritiluvchi umuminsoniy qadriyat va g’oyalarni umumlashma sifatida talqin qilib, asosiy o’rinda muhokama qilmaydi. Ushinskiyning xorijiy pedagogika tajribasini o’zlashtirish muammosiga oid qarashlarini mavhum ko’rinishda, Rossiyada bir necha o’n yillar davom etgan taraqqiyot yo’lini belgilashga oid munozoralarni e’tiborga olmay ko’rib chiqilsa, tushunish mushkullashadi. Milliy o’ziga xoslikni Rossiya ta’limi rivojlanish shartlariga nomuvofiq g’arb stereotiplarining mexanik ravishda o’zlashtirilishiga qarshilik qiluvchi maxsus tayanch sifatida ko’rish mumkin.


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə